--- «Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari «Ijodkorlik»
sohasidagi
o‘quv-tarbiyaviy
faoliyat
yakuniga
yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
-
san‘at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
-
milliy an‘analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi
sifatida idrok etadi;
-
san‘atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda
ifodalaydi;
-
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z
ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
21
-
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini
tushunadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va
maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida
amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta‘lim muassasasi o‘quv va tarbiyaviy faoliyatni
o‘quv yillari bo‘yicha tashkil qiladi.
O‘quv yili 2 sentyabrda boshlanadi va 31 maygacha davom etadi.
1 iyundan 31 avgustgacha MTMda yozgi sog‘lomlashtirish davri
tashkil etiladi.
--- O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish O‘quv-tarbiyaviy faoliyat guruhning kundalik ish tartibiga
tayanadi va unda pedagog tomonidan rejalashtirilgan kundalik
harakatlar, bolalar o‘yinlari, bo‘sh vaqt va o‘quv-tarbiyaviy faoliyat
turlari navbatma-navbat amalga oshiriladi
2
.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat ta‘lim va ijtimoiy ehtiyojlar (salomatlik,
ovqatlanish va xavfsizlik)ni qondirish maqsadida bolaning yoshi va
individual rivojiga asoslanuvchi o‘quv rejasiga muvofiq olib boriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bola hayoti va uning atrofidagi muhitdan kelib
chiquvchi yagona bir butun mavzuga birlashtiriladi
3
.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish ta‘lim sharoitlariga bog‘liq
holda integrasiya, xilma-xillik va moslashuvchanlik tamoyillaridan
tarkib topadi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyatda quyidagi rejalashtirish turlari mavjud:
-
yillik mavzuviy;
-
haftalik.
Rejalashtirishda faoliyatning maqsadlari, mavzusi, mazmuni va
turlari ifodalanadi. Faoliyat turini tanlashda nafaqat o‘quv-tarbiyaviy
faoliyatning umumiy maqsadlari, balki rivojlanish sohalari bo‘yicha
maqsadlar, faoliyat mazmuni va turlarini integrasiyalash ham hisobga
olinadi.
Rejalashtirishda kun tartibini hisobga olish zarur. Kun tartibi ish
sur‘atini belgilaydi va bolaga bir faoliyatdan boshqasiga oson o‘tishda
2
Дастурга 2-илова
3
Дастурга 3-илова
22
yordam berishi lozim. Shuni yodda tutish joizki, o‘yin maktabgacha
yoshdagi bolalarning asosiy faoliyati hisoblanadi. Kun tartibini tuzishda
kunduzgi uyqu, dam olish vaqti va sayrga chiqish vaqti hisobga olinadi.