18
-
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb
etish;
-
ota-onalarning muassasa hayotida
ishtirok etish borasidagi
tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarga
ta‘lim
berishda
kompetensiyaviy yondashuv
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta‘lim berishda kompetensiyaviy
yondashuv o‘sib borayotgan bola
shaxsini hayotga tayyorlash, unda
hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy
me‘yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa
insonlar bilan muloqot
qilish, «Men» obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini
shakllantirishga tayyorgarlikni ko‘zda tutadi.
Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar
bolaning faoliyat va axloq
subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi.
Kompetensiya
bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari
majmuidir. Boshlang‘ich
kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat‘i
nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: