O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Musiqiy o‘yinlarni o‘tkazish metodikasi
2.Bolalarda musiqiy-ta‘limiy o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishni orttirish 
metodikasi; 
3. 7 yoshli bolalarni kuylash ko‘nikmasi qanday talabga javob 
berishi lozim: 
4.Kichik yoshdagi asosiy ish reja 
5.O‘rta yoshdagi asosiy ish reja 
6.Katta yoshdagi asosiy ish reja 
7.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish 
8.Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish 
9.Qo‘shiqlarni sahnalashtirish 
10. 6 yoshli bola bilishi lozim bo‘lgan bilimlar:
11.Maktabga tayyorlov yoshdagi asosiy ish reja 
12.Musiqa tinglash: 
 
13.Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish metodikasi 
14.Bolalar ovozini shikastlanishdan asrab rivojlantirish; 
15.Bolalar cholg‘ularida chalishga o‘rgatish; 
1.5. Musiqa mashg‘ulotlarida integrallashgan mashg‘ulotlarni 
tashkil etish metodikasi
 ---Integrallashtirilgan ta‘lim-tarbiya jarayonida ta‘lim 
maqsadi va vazifasi. 
Shaxsga xos asosiy fazilatlar bolaning ilk yoshlaridan boshlab 
shakllanishini inobatga olgan holda hozirgi zamon maktabgacha ta‘lim 
muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoni ma‘nan boy va har tomonlama 
barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ilg‘or pedagogik 


40 
texnologiyalarni izlab topish va amaliyotga tatbiq qilish borasida 
to‘xtovsiz takomillashib borayotganligi bilan xarakterlanadi. E‘tirof 
etilayotgan jihatlar pedagogning, ayniqsa bolalarda ijodiy qobiliyatlarni
tarbiyalashda o‘ta muhim ahamiyat kasb etadigan musiqa rahbarining 
faoliyati samaradorligiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatadi. Mamlakatimiz 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta‘kidlaganidek: «Ishning natijaviyligini 
ta‘minlash–bu har bir rahbar xodimning burchi va majburiyatidir». Bu 
so‘zlarni maktabgacha ta‘lim muassasalari barcha bosqich xodimlari 
faoliyatiga taalluqli ekanligini to‘la asos bilan aytish mumkin. 
Maktabgacha 
ta‘lim 
muasssalari 
ta‘lim-tarbiya 
jarayoni 
samaradorligini oshirishni ta‘minlashning muxim yo‘nalishlaridan biri 
globallashgan davr axborot oqimlarini faol o‘zlashtirish sharoitda 
xilma-xil san‘at turlari asosida bolalar ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishda
integrallashgan mashg‘ulotlarni o‘tkazish hisoblanadi. Amaliyot 
bolalarga berilayotgan ma‘lumotlar har doim ham sifatli qabul 
qilinmayotganligini ko‘rsatmoqda va o‘z-o‘zidan maktabgacha ta‘lim 
muassasalari ta‘lim-tarbiya jarayoniga nisbatan innovasion metod va 
yondashuvlarni ishlab chiqishni dolzarb muammo sifatida kun tartibiga 
qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 
yillarda maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori MTM o‘qituvchi va 
tarbiyachilarini mazkur muammoni bartaraf etish, maktabgacha ta‘lim 
sifatini ko‘tarishda yanada faol bo‘lishida huquqiy asos bo‘lib xizmat 
qilmoqda. 
Integralashgan musiqa mashg‘ulotlarida fanlararo aloqalardan 
maqsadli foydalanish bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda 
ulkan imkoniyatlar yaratadi. Yana shuni ta‘kidlash kerakki,dunyo 
ta‘lim-tarbiya amaliyotidaintegrallashgan mashg‘ulotlarda fanlararo 
aloqalardan maqsadli foydalanish juda keng yoyilgan. Tabiiy tarzda har 
bir pedagog o‘z xususiy metodikasini ishlab chiqish asnosida 
integrallashgan mashg‘ulotlarga kichik bo‘lsa ham qandaydir yangilik 
kiritishga harakat qiladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarda bolalarning 
ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish va o‘stirishda quyidagi vositalardan 
foydalananish tavsiya etiladi: 
Integrallashgan mashg‘ulotlar maktabgacha ta‘lim muassasalarida 
bola ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga qaratilgan zamonaviy ta‘lim-
tarbiyaning o‘ta muhim va istiqbolli metodologik yo‘nalishlaridan biri 
sanaladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarning bosh maqsadi rang-barang 
san‘at turlari vositasida bola ongi va shu urida dunyoning go‘zal va 


41 
betakror yaxlit obrazini shakllantirish bilan belgilanadi. Yuksak ijodiy 
natija beradigan integrallashgan musiqa mashg‘ulotlarini o‘tkazish 
ularni samarali qo‘llash uchun quyidagi vositalardan maqsadli 
foydalanishni tashkil qila bilish talab qilinadi. 


42 


43 
Turli yosh guruhlarida tashkil qilinadigan integrallashgan 
mashg‘ulotlarda amalga oshiriladigan ijodiy faoliyat turlari bolalarning 
psixologik, yosh va fiziologik xususiyatlarini to‘la mos bo‘lishi inobatga 


44 
olinishi o‘ta muhim.Masalan, kichik yoshidagi bolalar bilan 
o‘tkazadigan integrallashgan mashg‘ulotlarimda quyidagi faoliyat 
turlaridan kompleks tarzda qo‘llashda: 

nutq o‘stirish - ertak, she‘r, qo‘shiq 

jismoniy tarbiya-musiqiy – ritmik harakatlar, mashqlar 
O‘rta yoshdagi MTM guruhlarida e‘tirof etilayotgan talablar 
musiqa ham teatrlashtirish hisobiga yanada boyitiladi: 

musiqa – ohang, ritm, uyg‘unlik -garmoniya, dinamika, intonasiya

teatrlashtirish -dramalashtirishning ifodali vositalari: harakatlar, 
jestlar, imo-ishoralar, ovoz, intonasiya, holatlar; 
Katta yoshdagi MTM guruhlarida o‘tkazadigan integrallashgan 
mashg‘ulotlarimda e‘tirof etilayotgan talablar musiqa, tasviriy san‘at, 
nutq o‘stirish, jismoniy tarbiya hamda teatrlashtirish vositalaridan 
foydalaniladi. Integrallashgan mashg‘ulotlarni katta guruhlarda amalga 
oshirishda «Moychechak» metodini qo‘llashni tavsiya qilaman. Bu
metodni men bolalarni o‘zbek milliy cholg‘ularida ixro etishda 
individual tarzda talqin qilaman. masalan, moychechak gulining har bir 
yaprog‘i bilan biror o‘zbek milliy cholg‘usini belgilayman. 
Yaproqlardan birini tanlagan bola belgilangan xalq cholg‘uning nomi, 
uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma‘lumot berish bilan birga o‘sha 
cholg‘uda ijro mahoratini ham namoyish etishga, ya‘ni uni chalishga
harakat qiladi. 
Tayyorlov guruhlarida sanab o‘tilgan faoliyatlarning barchasidan 
to‘laqonli foydalaniladi, masalan, «Flomasterlar» metodiga murojat 
qilamiz. MTMda bolalari musiqa eshitish asnosida qo‘llaridagi 
flomasterlari bilan doska yoki daftarlarida musiqa xarakteriga mos 
tuyg‘ularini ranglar vositasida ifodalashga harakat qiladilar. Bunda 
mayin va mahzun ohanglarni to‘lqinli chiziqlar, o‘ynoqi ritmlarni esa
qisqa yoki uzun to‘g‘ri chiziqlar bilan chizishadi, shuningdek, jamoaviy 
tarzda musiqa xarakteriga mos ertak aytishlari, qo‘shiq kuylashlari 
hamda turli jismoniy mashqlarni bajarishlari mumkin bo‘ladi. 
«Flomasterlar» metodi bolalarning tassavur va obrazli tafakkurlarini 
rivojlantirishda katta samara beradi. 
Maktabgacha ta‘lim muassasasi barcha yosh guruhlaridagi 
integrasilashgan mashg‘ulotlar samarali hisoblanadi va yuqori natijalar 
beradi hamda bolalarning mahsuldor faoliyatini ta‘minlashga xizmat 
qiladi. Ular yordamida maktabgacha ta‘lim yoshidagi bolalar musiqiy-
ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish bilan bog‘liq quyidagi vazifalar ijobiy 
yoki samarali hal etiladi
:


45 
1.
Musiqani tushunish-anglash, ritmni his qilish qobiliyatlarini 
rivojlantirish, atrofdagi hodisalar mohiyatini teran idrok etish, go‘zal 
tasavvurlarni tuyishlarini ta‘minlash orqali bolaning musiqaga bo‘lgan 
qiziqishini o‘stirish. 
2.
Emosional hozirjavoblik va harakatlar ifodaliligini o‘stirish. 
3.
Bolalarga mos ijodiy faoliyat turlarida ularning ijodiy faolligini
rivojlantirish: ijro orqali obrazlar xarakterini yaratib bera olish;
o‘zlashtirgan raqs harakatlarini ifodalay bilish, o‘zi mutaqil tarzda yangi 
harakatlar uyg‘unligini kashf etish, kichik hajmdagi qo‘shiq yoki
naqoratlarni improvizasiya qilish. 
4.
Mustaqilligini 
shakllantirish, 
tashabbuskorlik, 
kundalik 
hayotlarida o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, kuy ijro 
etish, raqsga tushish, hisoblash va ijodiy tafakkur yuritish.
Integrallashgan jarayon shakllari pedagog, tarbiyalanuvchilar hamda 
ota-onalar o‘zaro yangi munosabatlari va vazifalarida aks etadigan
yakuniy mahsulot bilan xarakterlanadi. MTMdagi bunday integrativ 
shakllar sifatida hamkorlikdagi ijodiy loyihalar, eksperimentlar, 
ekskursiyalar, syujetli-rolli o‘yinlarni sanab o‘tish joiz. Ularni amalga 
oshirish bir qator muammolarni hal qilish g‘oyasini ilgari suradi: 

uzluksiz ta‘lim tizimidaga barcha umumiy o‘rta ta‘lim maktab 
o‘qituvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan hamkorlikdagi innovasion 
ijodiy loyihalarni ishlab chiqish; 

metodik qo‘llanmalar va yo‘riqnomalar majmuasini ishlab chiqish; 

yetakchi mutaxassislarning o‘zaro tajriba almashishlarini tashkil 
qilish. 
Musiqa ta‘limida tashkil etilgan integrallashgan mashg‘ulotlar 
bolalarning 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishning 
istiqbolli 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ularni samarali tashkil qilish esa ko‘p 
jihatdan maktagacha ta‘lim jarayonida ishtirok etadigan pedagog, 
musiqa rahbarining bilimi, tajribasi, talanti, jonbozligi, tashabbuskorligi, 
qobiliyati va bolajonligiga bog‘liq. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin