O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


--- Maktabga tayyorlov yoshdagi asosiy ish reja



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

--- Maktabga tayyorlov yoshdagi asosiy ish reja 
Maktabga tayyorlov davri (6- 7 yosh) 
Musiqa tinglash:
Musiqa asarining go‘zalligini idrok etish
mazmunini tushunish, yorqin ifoda vositalarini farqlash, musiqaning 2-3 
qismli shaklini mustaqil farqlay olishga, asarning kirish qismi, band va 
naqorat qismi, shuningdek xotimasini farqlashga o‘rgatish. Musiqa 
vositasida bolalarning ichki dunyosini boyitish, ularda estetik didni 
shakllantirish. O‘zbek mumtoz va zamonaviy shuningdek, jahon 
mumtoz musiqasi na‘munalaridan bolalarni bahramand qilish. Marsh, 
qo‘shiq, raqs janridagi asarlarni mustaqil farqlash. Asarda berilgan 
obrazni musiqiy-intonasion rivojlanishini kuzata olishga o‘rgatish. 
Dutor, rubob, qonun, tanbur kabi cholg‘u asboblari ijrosida kuylarni 
tinglash va ovozidan farqlashga o‘rgatish. Bolalarni jonli ijro bilan bir 
qatorda audio va video tasmalarga yozilgan kuy va qo‘shiqlar, diafilm, 
she‘riyat na‘munalari, badiiy so‘zdan bahramand qilish. Bolalarning 
yoshiga mos va ularga tushunarli mazmundagi opera va balet asarlari,
xalq cholg‘ulari orkestri va ansambli ishtirokidagi konsertlar, san‘at 
muzeylariga olib borish.
Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish:
Raqs harakatlarini aniq 
va musiqaga mos bajarish. Raqslardagi bezak elementlari bilan 
tanishtirish va ularni bajarishga o‘rgatish: yurish, yugurish, sakrash, 
oldinga va yonga hakkalash kabi harakatlarga oyoq to‘pillatish, chapak 
chalish kabi bezak elementlarini qo‘shib bajarishga o‘rgatish. Musiqa 
ostida qatorlarga saflanish, bir qator bo‘lib yurish va yugurish, katta va 
kichik doira qurish kabi harakatlarni mustaqil bajarish. Davra 
qo‘shiqlarining matniga mos harakatlarni musiqaga holda mustaqil 
bajarish va faol bo‘lish. 
Qo‘shiq kuylash: 
Bolalar ovozini shikastlanishdan asrab
rivojlantirish. To‘g‘ri nafas va to‘qri kuylash malakalarini 
shakllantirish. Bolalarning yoshhususiyatlari va ovoz diapazonlarini 


38 
hisobga olib repertuar 
tanlash, qo‘shiq matni va 
ohangini 
asniq 
ifoda
etish. Cholg‘u asbobi 
jo‘rligisiz kuylay olish. 
Qo‘shiqning band va 
naqorot 
qismlarini 
farqlay olishga o‘rgatish. 
Bolalarda 
qo‘shiq 
ijrochiligi, cholg‘uchilik 
va 
aktyorlik 
qobiliyatlarini mujassam
rivojlantirish.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin