O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


--- O‘rta yoshdagi asosiy ish reja -



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

--- O‘rta yoshdagi asosiy ish reja - 
O‘RTA YOSh (4-5 yosh) 
Musiqa tinglash:
Bolalarning musiqa tinglashga bo‘lgan 
ishtiyoqlarini qo‘llab quvatlash va rivojlantirish. Tinglangan asarninig 
mazmuni va harakterini ajrata olish, bu haqida suhbat qurish va o‘z 
ta‘surotlari bilan o‘rtoqlashishga o‘rgatish. Kuy tovush va ohanglardan 
tuzilishi haqida tasavurga ega bo‘lish. Bolalarni musiqiy asarning 2 va 3 
qismli shakli bilan tanishtirish, qismlar o‘zgarishini farqlashga o‘rgatish,
fortepiano, g‘ijjak, chang, qonun kabi cholg‘ular bilan tanishtirish, ular 
ijrosidagi kuylardan bahramand qilish. 
Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish:
Musiqa asarlarining 
qismlar o‘zgarishiga mos harakatlarni o‘zgartirish, marsh, qo‘shiq, 
raqs kuylariga mos harakatlarni mustaqil bajarish, boshlovchining 
ketidan musiqaga mos yurish, yugurish va sakrash. Raqs haraktlarini 
mustaqil ravishda aniq bajarish, qo‘l harakatlarini erkin va mayin 
bajarishga o‘rgatish. Gurux bo‘lib, kichik guruxlarga bo‘linib, yakka 
holda harakatlanishga o‘rgatish, xonaning bir qismidan ikkinchi qismiga 
(markazdan burchakka, o‘ngdan chapga va h.k.) o‘tishda o‘z 
harakatlarini boshqara olish, raqs harakatlarining nomlarini bilish va 
aniq bajarish.
4-5 harakatni ketma-ket, o‘zaro bir biriga bog‘lab hamda musiqaga 
moslab ijro eta olish. Raqslarda kayfiyatlarni bildiruvchi harakatlardan 
«yo‘q», «arazlash», «yarashish» va h.k. ifoda etish, yuz, ko‘z imo-
ishorasining berilgan kayfiyatga mos bo‘lishiga o‘rgatish. 


35 
Qo‘shiq aytish:
Qo‘shiqning so‘zlarini aniq va dona-dona talaffuz 
etish, ijrochilik ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish, gurux bilan 
birgalikda kuylash, ansambl bo‘lib kuylash va yakka kuylash 
ko‘nikmalarini hosil qilish. Kuylash vaqtida yelka, bosh va oyoqlarni 
to‘g‘ri tutish va to‘g‘ri nafas olishga o‘rgatish. Bolalarning ovozlariga 
shikast yetkazmay, sekin-asta rivojlantirish. Qo‘shiq repertuarini 
bolalarning yoshiga mos turli mavzudagi qo‘shiqlar bilan boyitib
ularning nutq va tafakur, tevarak atrof, bayram va sayllar, urf-odatlar 
haqidagi bilimlarini boyitib borish.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin