O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


---- Bolalar repertuarini tanlashda qo‘yiladigan zamonaviy talablar



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

---- Bolalar repertuarini tanlashda qo‘yiladigan zamonaviy talablar 
Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O‘zbekistonga xos 
milliy qadriyatlar, an‘analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalarni idrok 
etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda 
tutiladi. 
Ertalabki badan tarbiya, turli shakldagi mashg‘ulotlar, mehnat, sayr, 
nafosat soatlari, o‘yin kulgi, bayramlarga oid asarlarni aniq rejalashtirib, 
o‘z o‘rnida va me‘yorida qo‘llash «Milliy tafakkur» muammosining 
yechimiga erishishda muhim omil bo‘ladi. 
Avalam bor musiqa repertuarlari bolajonlarda jonajon Vatanga 
muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e‘ozlaщ, do‘stlik, hamjihatlik, rahm 
– shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga 
qaratilgan. Bunda Respublika miqyosidagi ijodkor tarbiyachilarning 
ilg‘or tajribalari natijasi, yangicha ishlash metodikasiga asoslangan 
musiqiy repertuarlari bolalarning yoshiga mos bo‘lgan (bilim va 
malakalar darajasi, musiqaga munosabati, qiziqishi, qobilyati, sog‘lig‘i, 
kayfiyati, bogchadagi muhit va boshqalar)holatlarni musiqiy faoliyat 
turlarini hisobga olgan holda besh qismga bo‘linadi. o‘quv materiallari 
choraklarga taqsimlangan bo‘lib, bolalarning mehr faoliyat turlariga 
muofiq tanlanishi dastlabki bilim va ko‘nikmalarni egallashda, ta‘lim 
maqsadlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotning 
tuzilishi o‘quv materialllarining mazmunidan kelib chiqish lozim. Bunda 
asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy g‘oyaviy saviyasi, bolalar 
yoshiga mosligi, asar mavzusining xilma – xilligi hisobga olinadi. 
Ma‘lumki, musiqiy faoliyat musiqa tinglash, qo‘shiq aytish, musiqiy 
ritmik harakat, bolalar cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganish kabi 
turlarga bo‘linadi. Har bir faoliyat turi bolaning musiqiy didini 
rivojlantirishga yordam berib, ma‘lum malakani shakllantiradi. 
Maktabgacha ta‘lim muassasalarida musiqa ta‘limi va tarbiyasi 
musiqa rahbari tomonidan olib boriladi. Uning asosiy maqsadi 
maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarni yoshligidan boshlab 
ularning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didini o‘stirib 
borish, bolalarga musiqani o‘rgatish jarayonida unlarga tabiat, jamiyat, 


30 
mahalla, ota-ona, ta‘lim muassasasi va umuman olganda hayotda o‘z 
o‘rnini topishida ilk musiqiy tushunchalarni berishdan iboratdi. Musiqa 
tarbiyachisi musiqa mashg‘ulotlari asosida bolalarga ta‘lim va tarbiya 
berish borasida oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni 
amalga oshirish uchun eng avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va 
qobiliyatlarini muntazam ravishda o‘stirib borish uchun harakat qilishi 
lozim.
Mutaxassislar tomonidan maktabgacha ta‘lim muassasalari 
tarbiyalanuvchilarining musiqiy uquv va qobiliyatlarini quyidagi faoliyat 
turlarida ajratgan holda tasnif etadilar. Jumladan, tarbiyalanuvchilarning 
musiqiy tovushlarni baland-pastligini his etish qobiliyati; 
- musiqiy tovushlar rangini bir-biridan farqlanishini bilish; 

bolalarni musiqaga mos harakat bajarishlarini xis etishlariga 
o‘rgatish, qadam tashlab, chapak chalib musiqani xotirada saqlash, his 
etish va ifodalash; 
- musiqa tinglash qobiliyatini o‘stirish; 
- jamoa bo‘lib kuylash; 
- aytim so‘zlarini ma‘no va mazmunini o‘rganish uchun ularni 
mushohada qilish qobiliyatini o‘stirish.
Maktabgacha 
ta‘lim 
muassasalarida 
tarbiyalanuvchilarning 
musiqiy qobiliyatlarini shakllantirishning yana bir o‘ziga xos shakli 
sifatida mashg‘ulotlarda musiqiy faoliyaning barcha shakllarini musiqa 
rahari tomonidan ishlatish talab etiladi. Garcha, tarbiyalanuvchida 
musiqa mashg‘ulotiga nisbatan qiziqish ortsin. Shuningdek, musiqa 
rahbari tomonidan amalga oshirilgan ishlar musiqa mashg‘uloti 
jarayonida rivojlanib borsin. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan maqsadlardan kelib chiqqan holda 
maktabgacha ta‘lim muassasalarida olib boriladigan musiqa ta‘lim-
tarbiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilarni tavsiya etish mumkin: 
Birinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqaga bo‘lgan qiziqishlarini 
oshirish borasida o‘quv dasturda repertuar tanlashda ularning yoshiga 
xos jihatlarini e‘tiboga olish; 
Ikkinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlar bilan tanishtirish 
jarayonida ularda musiqiy ohangga bo‘lgan his-tuyg‘ularni hosil qilish 
yo‘li bilan Ona-Vatan, xalq, millatga nisbatan mehr-muhabbatni 
tarbiyalash, shu orqali ularning musiqa haqidagi tasavvurlarini boyitish; 
Uchinchidan, bolalarni musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqa 
ostida ritmik harakatlarni bajarish, bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r 
bo‘lish faoliyatlari yordamida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirib borish; 


31 
To‘rtinchidan, bolalar ovozini asrab tarbiyalash, qo‘shiqlarni 
sodda, ravon, erkin, tabiiy va ifodali kuylashga o‘rgatish hamda unga 
odatlantirish; 
Beshinchidan, tarbiyalanuvchilarni musiqiy asarlardan zavq 
olishlari, shu asosda ularning musiqiy did va badiiy fikr yuritishlarini 
rivojlantirish; 
Oltinchidan, musiqa mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy asardagi 
badiiy obrazlarni o‘yin va raqs ifoda etishga o‘rgatish; 
Yettinchidan, 
musiqa 
mashg‘ulotlarida 
bolalarni 
milliy 
qadriyatlarimiz bilan tanishtirish, milliy cholg‘u sozlar jo‘rligida milliy 
ohang-kuy va musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishga o‘rgatish; 
Sakkizinchidan, musiqa mashg‘ulotlari mazmunini maktabgacha 
ta‘lim muassasasi, Vatan, shahar, mahalla, tabiat, jamiyat hayoti bilan 
bog‘lash, ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan tadbirlarda o‘rganilgan 
kuy va qo‘shiqlar bilan ishtirok etish. Turli ertaliklar, konsertlar tashkil 
etish kabi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi. 
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maktabgacha ta‘lim muassasalari 
musiqa mashg‘ulotlarida bola hayotini, tevarak-atrofni musiqiy obrazlar 
orqali idrok etish uchun repertuar tanlash lozim bo‘ladi. Olib boriladigan
musiqiy tarbiya ishlarini badiiy adabiyot va tasviriy san‘at bilan uzviy 
ravishda bog‘langan holda amalga oshirish, musiqiy tarbiyaning ilg‘or 
tajriba va turli metodlaridan foydalanib o‘tkaziladigan har bir musiqa 
mashg‘ulotini bolalarga badiiy-estetik zavq uyg‘otishini, ularning his-
tuyg‘ularini shakllantirishda, ijodiy fikrlash qobiyati va nutqini 
o‘stirishda xizmat qilishni ta‘minlash lozim. Bundan tashqari musiqiy 
o‘yinlar va raqslardan ham foydalanish bolalarda ritm tuyg‘usi, 
chaqqonlik va harakatchanlikni shakllantirib, qomatning to‘g‘ri 
o‘sishiga yordam beradi. Bu jarayon bolalarning aqliy va jismoniy 
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Anashu ishlar maktabgacha 
ta‘lim muassasalarida olib boriladigan barcha musiqiy ta‘limni va 
tarbiyani ishlar yosh avlodda olijanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan 
shakllantirishda nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo‘lib xizmat qiladi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin