O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

NAZORAT SAVOLLARI 
1. Musiqiy qobiliyatni rivojlantirishning shart – sharoitlari. 
2. Mashg‘ulotni rejalashtirish.
3. Musiqa mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilarning ijodkorlik 
qobiliyatini rejalashtirish, loyihalashtirish 
4. Qobiliyat – ko‘nikma, malaka va bilim emas, balki ularni
o‘zlashtirish dinamikasi 
5. Musiqa tinglashda rasmlardan, bastakor va kompazitor 
portretlaridan, xilma-xil rangdagi shakllardan foydalanish 
6. Ovoz sozlash mashqlarida musiqali zinacha ko‘rgazmali 
qurollardan, tarqatma test banklaridan va rasmlardan foydalanish; 
7. Qo‘shiq aytishda rasmlarga qarab qo‘shiq nomini topish; 
8. 
Musiqaviylikning 
rivojlanishi tufayli 
bolalar 
musiqa 
obrazlarini yaratish
 
1.8.Musiqa mashg‗ulotlarida qo‗shiq o‗rgatish metodikasi, 
yangi ashulani o‗rgatishdagi asosiy jarayonlar (vokal, jamoa 
bo‗lib ijro malakalarini o‗stirish) 
Qo‘shiq har tomonlama bolani kamolga yetaklaydi. 
Bolalardagi musiqiy qobilyatni rivojlantirishga hamda bolaning 
barkamol yetuk avlod kishisi sifatida o‘sishiga yordam beradi. 
Bolalar bog‘chasida o‘rgatiladigan har bir qo‘shiq mazmuni va 
xarakterini 
ongli 
tushunishga 
o‘rgatish 
kerak 
bo‘ladi. 
Avvalambor tarbiyachi biror bir she’rni yod olishni dasturdan 
foydalangan holda o‘rganadi. Har bir tanlangan she’r bolaning 
qiziqishlari, bolaning ishlari,guruhlari hamda fasllarga qarab 
bayramlarning turlariga qarab o‘rgatiladi. Qo‘shiq bolaning 
hayotida muhim rol o‘ynaydi.Qo‘shiq inson tafakkurini va 
ongini rivojlantiradi. Biz qo‘shiqni bolalarga o‘rgatayotganda 
avval qo‘shiq kuyini, keyin she’rini misrama-misra o‘rgatamiz. 
Qo‘shiq kuyini o‘rgatganda to‘rt xil musiqa asboblari orqali 
chalib yoki bo‘lmasa, biror-bir jonivorning ovozlarini berib, 
o‘rgatishimiz mumkin. She’rni esa bo‘g‘inlarga ajratib yoki 
chapaklar 
orqali 
yod 
oldiradi.
Bolalar she’rlarni tezroq yod olishlari uchun she’r matnlarini 


62 
takror aytishimiz kerak. Agar bolaning xayoli bir joyda bo‘lmasa, 
musiqa tovushlarini va she’rni tez yod olishlari murakkab 
bo‘ladi. MTM yoshidagi bolalarning ongi, hali rivojlanmagan 
bo‘ladi. Shuning uchun ular kuyni sekin va uzoq muddatda yod 
olishadi. Bolalarga musiqa tovushlarini tushuntirib o‘rgatish 
zarur.Bolalar tarbiyasida qo‘shiqning roli katta. Qo‘shiq 
lirikaning eng qadimgi turlaridan bo‘lib, kuylashga mo‘ljallangan 
bir necha modeli she’rdir. Qo‘shiqlar kuy va ohang bilan 
aytiladi. Ba’zan qo‘shiq o‘yin bilan birga ijro etiladi. Demak 
qo‘shiq uchun she’r va kuy kerak. Qo‘shiq xalq og‘zaki ijodining 
eng ko‘p tarqalgan va ommalashib ketgan janrlaridan biridir. 
Qo‘shiqlar xalq turmushi va mehnatning ijodiy mahsuli bo‘lib, 
unda xalqning orzu tilaklari qalb sadolari turli-tuman hayotiy 
tuyg‘ulari ifodalangan. Qo‘shiqlar o‘quvchilarning nafosatini 
o‘rgatishga, 
ularni 
hayot 
va 
mehnatga, 
muhabbat, 
vatanparvarlik, 
do‘stlik, 
qahramonlik, 
baynalminallik, 
insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar ruhida tarbiyalshga 
yordam beradi. Qo‘shiq hayot mohiyati va mazmuniga mos 
shakllarda tuziladi. Masalan: bolalar bog‘chalarida tarixiy 
qo‘shiqlardan foydalansak bo‘ladi. Yana o‘zimizning milliy 
musiqalarimizni aytishni ham bolalarga o‘rgatishimiz mumkin 
ekan. Masalan: «Chitti gul»,«Boychechak», «Laylak keldi» va 
hokazolar.Bu musiqalar mavzu jihatdan mehnat, ishqiy, lirik 
qahramonlik qo‘shiqlariga va shu kabi boshqa turlarga 
bo‘lishimiz mumkin. Hayot tajribalariga asoslanmagan rang-
barang qo‘shiqlar orqali xalqning g‘am-hasrat, dushmanga 
nisbatan 
ga’zab 
va 
nafrati 
kabi 
his-tuyg‘ulari 
izhor 
etiladi.Qo‘shiq bolani erkalatadi, o‘yinga boshlaydi, uni his 
qilish qobilyatini o‘stiradi, fikrlashga o‘rgatadi.Bola tug‘ilgan 
kunidanoq onaning mehr to‘la allasini tinglaydi. Bunda onaning 
bolaga bo‘lgan samimiy chuqur muhabbati bilan birga, 
farzandning jamiyatga mos, yaxshi farzandlar egasi bo‘lib 
tarbiyalanishini ta’sirli, ohangdor qo‘shiq orqali ifodalaydi: 
Alla, bolam, alla, 
Jonim bolam, alla. 
Ikki ko‘zim, alla, 
Shirin so‘zim, alla. 
Alla bolam, baxti bor, 


63 
Har narsaning vaqti bor. 
Jonim bolam, alla, 
Shirin so‘zim, alla. 
Ikki ko‘zim, alla, 
Jonim bolam, alla, 
Allada yaxshi tarbiya ko‘rgan bola jamoa o‘rtasida, to‘y 
tomoshalarda, ota-onaning obro‘si uning shuhrati sifatida
ta’riflanadi. Alla bolani chaqaloqlik davridanoq ohanglar 
vositasida ezgulikka chorlaydi. 
Har bir qo‗shiq pedagogik maqsadlarni amalga oshirishni ko‗zda 
tutib tanlanadi. Qo‗shiqlarni tanlashda davomiylik, izchillik, ilmiylik va 
oddiylikdan murakkabga qarab borish tamoyiliga rioya qilinadi. Unda 
har bir yangi qo‗shiq oldingisidan hosil etilgan vokal xor malakalarini 
mustahkamlaydi va ularni rivojlantiradi. Qo‗shiq o‗quvchilar ruhiyatiga, 
badiiy-g‗oyaviy mazmuni, yil, chorak mavzulari, yil fasllari, bayramlari, 
tarbiyalanuvchilari yoshiga mos bo‗lishi kerak. 
Qo‗shiqlarni quyidagi talablarga ko‗ra tanlash tavsiya etiladi: 
-qo‗shiqlarning tarbiyaviy ahamiyati, siyosiy g‗oyaviy mazmuni, 
musiqiy tuzilishi va xarakterining bolalar yoshiga mosligi; 
-qo‗shiq matnining osonligi, badiiy yuksakligi bolalarning lug‗at 
boyligi va ularning nutqini o‗stirish uchun xizmat qilishi; 
-qo‗shiq ohangi, uning xarakteri, lad va tessiturasi, ovoz diapazoni 
o‗quvchilar yoshiga mos bo‗lishi; 
-qo‗shiqning badiiy xususiyati va ifodaviyligi, bolalar idrokiga 
mosligi, garmonik tuzilishi va ohangdoshligi; 
Cha-man, cha-man o-chi-lar ba-hor cho-g‗i gul-lo-la 
Gul-ni yax-shi ko‗-ra-di kat - ta ki-chik har bo - la 
Ket-gan qush - lar u-zoq-dan ya-na biz - ga qay-ta-di 
Kur-tak och-gan shox-lar-da say-rab qo‗-shiq ay-ta-di. 
Musiqa bolaga har tomonlama yordam berib, tevarak-atrofni 
obrazli, emotsional idrok etish va bola xarakterining shakllanishiga ta‘sir 
ko‗rsatish uchun musiqa tarbiyasining maqsadidan kelib chiqib, 
quyidagi vazifalar qo‗yiladi: 
1. Bolada musiqiy qobilyatni rivojlantirish. 
2. Bolalarni ashula aytish va musiqaviy ritmik malakalarga o‗rga-
tilib, ularda musiqani qabul qilishni his etish va tushinish qobilyatlarini 
tarbiyalash.
3. Bol ada badiiy ijodiy qobilyatlarni rivojlantirish. 


64 
Musiqiylikning rivojlanishi tufayli bolalar musiqa obrazlarini, 
ularning atrofidagi qo‗shimcha obrazlarni yorqin his eta boshlaydilar. 
Bu esa, o‗z navbatida ularning tevarak-atrofni bilishida, estetik 
baholanishni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Bolalarni musiqa bilan 
shug‗ullantirishning sababi bola musiqa bilan shug‗ullanmasdan, 
qo‗shiq aytish va musiqa – ritmik harakatlar qilish ko‗nikmalarini 
yuzaga keltirib, shu soha bilan bog‗liq bilimlarni o‗zlashtirishi mumkin. 
MTMgacha yoshdagi bolalarga tarbiya berishning o‗zaro uzviy 
bog‗langan uchta metodi bor: 
1. Ko‗rgazmali metod. 
2. So‗zlab berish metodi. 
3. Amaliy faoliyat metodi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin