O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

O‗rgatish vazifalari. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya dasturiga ko‗ra cholg‗ularda 
ijrochilikka o‗rgatish ishlarini katta, o‗rta va maktabgacha tayyorlov 
guruhlarida olib borish ko‗zda tutiladi. Dastur mazmuniga ko‗ra 
quyidagi vazifalar belgilangan: 
1. Bolalarda kattalar ijro etgan asarlarni idrok etishi; 
2.Bolalarda cholg‗u malakalarini oshirish.Bolalar quyidagilarni 
bilishlari lozim. 
1. Cholg‗ular nom iva ularning ko‗rinishlari. 
2. Cholg‗ularning jaranglash xarakteri. 
3. Cholg‗ulardan foydalanish yo‗llari. 
4. Turli cholg‗ularda baland va past joylashuvi. 
5. Notalar nomlarini va ularni asboblarda joylashuvini. 
Bolalar quyidagilarni o‗rganishlari lozim: 
a) Turli cholg‗u asboblarida ijro etishning oddiy usullarini; 
b) Puflab chalinadigan asboblarda nafasni to‗g‗ri sarflash; 
v) Uchburchak va tarelkalar (shu jumladan barcha urma -zarbli 
cholg‗ular)ni
chalganda tovushni pasaytira olish; 
g) Ansamblni his qilish, ansambl tempiga e‘tibor berish va shu 
tempda
ijro eta olish;
d)Ritmik va melodik mashqlarni erkin ijro etish va improvizatsiya 
qila olish. Bolalarga cholg‗u asboblarida ijro etishga o‗rgatishda bir 
qancha bosqichlardan olib boriladi. Bulardan: 1)cholg‗u asbobini tashki 
ko‗rinishi bilan tanishtirish; 2)bir necha mashg‗ulotlar davomida ijro 
asari bolalarga tanishtiriladi; 3)cholg‗u guruhlarga bo‗lib o‗rgatiladi; 
4)umumiy mashg‗ulotlarda boshqa cholg‗ular bilan tanishtiriladi. 5)urib 
chalinadigan cholg‗ularga kamroq mehnat talab etiladi. SHuning uchun 
1-mashg‗ulotda 2-3 ta cholg‗u asbobini tanishtirish kerak. Bolalar 
cholg‗ularida ijroga o‗rgatish metodlari Asboblar turli guruhlarga
bo‗linganligi uchun ularning har biriga individual yondoshmoq 


82 
lozimdir. Musiqa cholg‗ularida ijro etish metodikasida puxta o‗ylab 
chiqilgan dastur asosida olib boriladi. Ulardan: 
-asarning ifodali ijrosi, ijro usullarini ko‗rsatish va tushuntirish; 
-bolalarga asboblarni mustaqil ushlab ko‗rish, uni ko‗zdan 
kechirishga berish; 
-ular oldiga murakkab bo‗lmagan ijro vazifalarini ko‗yish; 
Bu metodlarni uyg‗unlikda qo‗llash maqsadga muvofiqdir. 
Asarga qo‗yilaligan talablar. 
1. Bolalar yoshiga va bilim darajasiga mosligi. 
2. Badiiy va tasavvurga boyligi. 
3. Tarbiyaviy ahamiyatga egaligi. 
4. Ijroning qulayligi, yengilligi va ravonligi. 
5. Ritm jihatdan aniqligi. 
Endi 2ta asarni ijrometodini ko‗rib chiqamiz. 
1. N.Norxo‗jaevning «Navro‗zim – sho‗x sozim» 
2. O‗zbek xalq kuyi «Yallama-yorim» 
«Navro‗zim – sho‗x sozim» 
X.Raxmat she‘ri N.Norxo‗jayev musiqasi 
Asar qo‗shiq bo‗lib, katta guruhbolalariga mo‗ljallangan. 
Asarda barcha asboblar (rubob, soz, tanbur, qonun, doyra, nog‗ora, 
safoyil, quticha) ishtirok etadi.
1. Asarning kirish qismini fortepiano jo‗rligida doyrava nog‗ora 
ijro etishadi. Qolgan asboblar ijro etishmaydi. Bunda bolalarga o‗zlari 
ijro etgunlariga qadar do‗stlarini ijrosini diqqat bilan tinglashga undaydi. 
2. Asosiy qismda barcha cholg‗ular o‗z partiyalarini ijro etishadi. 
Bu jarayonda bolalarda birga boshlashni va tempdan oldin shoshib yoqi 
orqaga cho‗zib qolishni bartaraf etishga qaratilshgan, ya‘ni bolalar 
o‗zlari ijro etatgan asbobdan tashqari yonida turgan o‗rtog‗ining 
chalishini eshita olishi va kamchiliklarini ayta olishga erishish kerak.
3. Asarda berilgan uzun va qisqa cho‗zimli notalarni tekis ijro 
etishlari. 
4. Bu asarada safoyil va quticha fundament, ya‘ni asos vazifasini 
bajaradi. 
5. Asar qo‗shiq bo‗lganligi uchun guruhning bir qism bolalari 
cholg‗ularda ijro etishsa, bir qismi esa ko‗ylashlari mumkin. Bu qo‗shiq 
bayram tadbirlari repertuaridan keng joy olishi mumkin. «Yallama 
yorim»(O‗zbek xalq kuyi) Kuy maktabga tayyorlov guruhi bolalari 
ijrosiga mo‗ljallangan. Asarni faktura jihatdan murakkabligi uchun 4-5 
mashg‗ulot darayonida o‗rganiladi. Asarni o‗rganish jarayonida musiqa 


83 
rahbari asboblarni guruhlarini mashg‗ulotdan tashqarii yig‗ib tayyorlashi 
kerak, chunki mashg‗ulot davomida bolalar bilan ijro ustida ishlasa 
qolganlari zerikadi va kutishdan charchashadi. Bu o‗rganish jarayonini 
va bolalar qiziqishini sustlashtiradi. Asarni o‗rganishda mashg‗ulotlarni 
aniqvazifalarga yo‗naltirib o‗tiladi: 
1-mashg‗ulot. Musiqa rahbari asarni ifodali va qiziqarli qilib ijro 
etadi. Musiqa rahbari bolalardan: «Bu asarni ijro etishda qanday 
asboblardan foydalansa bo‗ladi yoki «Bu asar qanday janrga mansub?» - 
degan savolni o‗rtaga tashlaydi. Bu bolalarda raqs janri haqida ham 
ma‘lumotga ega bo‗lishlari mumkin. 2-mashg‗ulot. Musiqani yana bir 
bor ijro etgandan keyin baxs boshlanadi. Bolalar o‗z tasavvurlari va 
fikrlash qobiliyatlaridan va dunyoqarashlaridan kelib chiqib turli 
javoblarni berishlari mumkin. Shunda musiqa rahbari bolalar fikrini 
jamlab yakuniy bir fikrga, ya‘ni bu «xalq» kuyi ekanligiga keltiradi. 3-
mashg‗ulot. Musiqa rahbari fortepiano jo‗rligida doyrada ijro etishga 
harakat qiladi. Unda usul hissi kuchli bo‗lgan bolani ijroga taklif qiladi. 
Asar 2-3 marta ijro etilgandan keyin bolalar xotirasida qoladi. Kuyni 
ovozda taxminiy ijro eta olganlaridan keyin qolgan zarbli urma 
cholg‗ularni ijroga qo‗shsa bo‗ladi. 4-mashg‗ulot. Mashg‗ulotdan oldin 
asboblarni sozlab bolalarga o‗rgatish kerak. Chunki bolalar 
hayajonlanib, ijro etishlari qiyinlashadi. 2-3 marta orkestr cholg‗ulari 
(rubob, soz tanbir, dutor, tanbur, qonun) birgalikda ijro etishlari 
yaxshilangandan keyingina urma zarbli cholg‗ularni birlashtirsa 
bo‗ladi.Mashg‗ulot davomida yaxshi ijro etishganidan so‗ng biror bir 
cholg‗uga boshqa bolalarni ishtirok ettirsa bo‗ladi. Chunki har bir bola 
ijro etib ko‗rishga o‗zini orkestr cholg‗uchisi sifatida ko‗rishni 
xoxlaydi.5-mashg‗ulot. Orkestr jo‗rligida qolgan bolalarga raqs 
elementlarini o‗rgatilsa, ular raqsga tushishadi, ya‘ni bayram tadbirida 
bir guruh bolalar ijro etishsa, ikkinchi guruhbolalari raqsga tushishadi. 
Bunda bolalar bayram vaqtida zerikishni his qilishmaydi va hammalari 
ishtirok etadilar. Xulosa qilib aytganda, bolalar cholg‗ularida ijro etishga 
o‗rgatish va uni hayoti davomida qo‗llash bolalarga katta zavq ulashadi. 
Ular o‗zlarini sozanda sifatida ko‗radilar. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin