71
-musiqiy asarlar o‗quvchilarda turlicha emotsional hislar uyg‗otib,
turlicha kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o‗ziga xos obrazlar
yaratadiki, bolalar asar mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan
ifodalashga harakat qiladilar.
Demak, musiqaga mos harakatlar o‗quvchilarning aqliy va nafosat
qobilyatini rivojlantirish bilan birgalikda irodasini ham rivojlantiradi.
Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o‗yinlar o‗quvchilarga tez ta‘sir
etadi, shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o‗yinlar har
bir bolaning e‘tiborini o‗ziga tortadi.
Ritmika bolalarda musiqiy harakatlarni, estetik tarbiyani oshirishda
katta ro‗l o‗ynaydi. Bog‗cha yoshidagi bolalar ilk yoshdan boshlab
sakraydi, o‗ynaydi, lekin bu bolaning ritmik harakatlandi, degani emas.
Bu davrda bolalar musiqa ostida emotsional harakatlanadi, eshitish
qobiliyati o‗sadi. Musiqa ostida harakatlanib, tarbiyachilar bilan
birgalikda kichik-kichik qo‗shiqlar ham kuylanadi.
Harakat turlari uchga bo‗linadi.
1. Asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash.
2. Gimnastik harakatlar: predmetlar bilan, ya‘ni lenta, obruch,
bayroqchalar va koptok bilan.
3. Raqs harakatlari: musiqa ostida ritmik harakatlar haqida nazariy
bilimga ega bo‗lish mumkin.
Maktabda va bog‗chada o‗tkaziladigan har bir ertalikni, turli
tadbirlarni musiqasiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Jumladan, musiqali ritmik
harakatlarning ham o‗z o‗rni bor. Bunda bola ritmni his qiladi, qomatlari
chiroyli bo‗lib, to‗g‗ri yurushni, musiqa ostida harakat qilishni o‗rganib
boradilar.
Hozirgi
milliy
qadriyatlarimiz,
urf-odatlarimiz,
o‗zbekchiligimiz o‗z o‗rnini topayotgan bir vaqtda bolalarga o‗zbek
milliy musiqasi, qo‗shiqlari, ritm harakatlarini o‗rgatish juda muhimdir.
Dostları ilə paylaş: