67
Yangi asar bilan ilk bor tanishtirishga tarbiyachining qisqa va qiziqarli
tushuntiruv so‗zi katta rol o‗ynaydi. Cholg‗u kuylari xarakteri va badiiy
mazmuni haqida bolalarga tushuncha berilsa, ular asarni yaxshi idrok
etadilar. Asarni 2– 3 mashg‗ulot davomida takroran tinglashi shart.
Chunki, har bir tinglashda bola uchun asarning yangi-yangi qirralari
namoyon bo‗ladi va asarga nisbatan ularning muhabbati oshib boradi.
Bog‗chaning tayyorlov guruhlarida bola o‗z yoshiga muvofiq musiqa
asarini to‗la idrok etishga qodir bo‗ladi. Bog‗chada olingan bilim
zaxirasida malaka va ko‗nikmasi, musiqa turlari va uning xarakteri
farqiga borishga yordam beradi. Shunday qilib, dasturda ko‗zda tutilgan
va bolaning musiqa madaniyati rivojlanishida kelajakda asosiy rol
o‗ynaydigan uch faktor amalga oshadi.
1. Musiqaga qiziqish musiqa asarlarini ishtiyoq bilan tinglash va
ularni eslash, olingan taassurotlarni o‗ylash.
2. Musiqa tinglashga turg‗un diqqat-e‘tiborni va tinglash madani-
yati boshlang‗ich elementlarining shakllanishi.
3. Musiqiy didining shakllanishi, musiqa asarlariga badiiy baho
bera olish. Turli guruhlarda musiqa tinglashning nazariy uslubiy
vazifalari:
1. Musiqa tinglash orqali bolalarda his-tuyg‗ularini rivojlantirish.
2. Boshlang‗ich musiqa tinglash tushunchalarini rivojlantirish.
Musiqa tinglash alohida metodlar orqali o‗tkaziladi.
Musiqa orqali
bog‗lash
Musiqa jarayonini
mustahkamlash
Dostları ilə paylaş: