60
1. Qo‘shiq kuylash faoliyatida musiqiy dunyoqarash,
musiqiy did shakllanadi. Bu faoliyat turida bolalar musiqiy
bilimlarga
asoslangan holda qo‘shiq kuylaydilar. Buning uchun ular musiqiy
asarga taaluqli bo‘lgan ma‘lumotlarni o‘zlashtiradilar. Shu jarayonda
ularda musiqiy dunyoqarash va musiqiy did shakllanadi.
Musiqa savodi faoliyatida
musiqiy tafakkur, tasavvur va
musiqiy dunyoqarash shakllanadi.
Bu faoliyat turida bolalar
musiqaning yaratilish tarixi, musiqaning ifoda vositalari – ritm, metr,
registr, o‘lchov, lad, temp, nota yo‘li va yozuvi, tovushlar uzunligi va
balandligi, musiqa ijodkorlari, ijrochilari haqida bilimga ega bo‘lish
bilan birga, ularning musiqiy tafakkurlari shakllana boradi. Bu o‘z
navbatida bolalarni musiqa olamiga
olib kiradi va musiqiy
dunyoqarashlirini shakllantiradi.
2.
Musiqa tinglash faoliyatida
musiqiy idrok, musiqiy
dunyoqarash shakllanadi. Bu faoliyatda bolalar musiqa tinglab, uni
bevosita idrok eta boshlaydilar. Bu esa ularning musiqiy
tafakkurlarini
shakllantiradi, shuningdek, ularda musiqiy dunyoqarash
ham shakllanib boradi. Tinglangan musiqiy asar haqida mulohaza
yurita boshlaydilar.
3.
Musiqa ostida ritmik harakat bajarish
faoliyatida musiqiy
dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy
ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Bu faoliyat turida
bolalarda deyarli barcha musiqiy psixologik xususiyatlar
shakllanadi. Chunki bu faoliyatda ular o‘zlari
bevosita musiqiy
asarga jo‘r bo‘ladilar. Avval ular musiqiy asarni tinglab ko‘radilar (
musiqiy idrok), bu esa musiqaning ritmik ko‘rinishini eslab qolishni
( musiqiy xotira), qaysi asbobda jo‘r bo‘lsa yaxshiroq jaranglashini
(musiqiy did) tanlashni taqozo etadi. Tarbiyalanuvchi bu faoliyatda
mustaqil fikrlashni ( musiqiy tafakkur), natijada uning musiqiy
dunyoqarashi shakllanib boradi.
4.
Bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘lish faoliyatida musiqiy
dunyoqarash, musiqiy did, musiqiy tafakkur, musiqiy idrok, musiqiy
ritm hissi va musiqiy xotira shakllanadi. Ayni vaqtda
shuni aytish
joizki, musiqaning qanday faoliyat turi bo‘lmasin, u shaxsning barcha
psixologik jihatlari shakllanishiga yordam beradi. Shuni
ta‘kidlashimiz kerakki, musiqiy faoliyatlarning har biri barcha sanab
o‘tilgan psixologik xususiyatlarni shakllanishiga qisman bo‘lsa ham
o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Jumladan, musiqiy his – tuyg‘ular,
musiqiy dunyoqarash, musiqiy idrok, musiqiy tafakkur, musiqiy
61
tasavvur va musiqiy qobiliyatni shakllantiradi. Demak, ular
bolalarning umumiy musiqiy madaniyati, estetik dunyoqarashining
shakllanishiga ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: