O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Bola: Ustozlar aqli – donolar naqli.  Bolalar «Yurtim» qo‗shig‗ini kuylaydilar (G.Qo‗chqorova  musiqasi).  Boshlovchi



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Bola:
Ustozlar aqli – donolar naqli. 
Bolalar «Yurtim» qo‗shig‗ini kuylaydilar (G.Qo‗chqorova 
musiqasi). 
Boshlovchi:
Mana shunday mashuliyatli kasb egalari bo‗lmish 
ustoz murabbiylar, jajji bolajonlarga bor mehrini berib, sabr-toqat bilan 
mehnat qilayotgan tarbiyachilar, butun xalqimizning har bir kuni bayram 
bo‗lsin! 
 
Mehrjon – bayram sayli 
Zal bayram ko‗rinishida bezatilgan. Bolalar musiqa sadolari ostida 
zalga kirib keladilar. 
1-boshlovchi: 
– Kuz keldi o‗lkam bo‗ylab, 
Mardlik qo‗shig‗in kuylab, 
Bizning go‗zal yurtimizda, 
To‗kin-sochin yo‗lida. 
Kuz bizga keldi. 
Shirin-shakar mevalar. 
Sabzavot, qovun, tarvuz, 
Oppoq paxta, bug‗doy kon. 
Hadya qildi bizlarga, 
To‗kin-sochin dasturxon. 
2-boshlovchi:— Aziz mehmonlar va qadrli bolajonlar, sizlarni Mehrjon 
– hosil bayrami bilan tabriklaymiz! Mehrjonning fasllar orasida alohida 
o‗rni bor. Yurtimiz noz-n‘matlarga mo‗l-ko‗lligi paytida, ayni 
pishiqchilik pallasida bayram qilinadi. Bahorda Navro‗z bayramini keng 
nishonladik. Bugun esa, Navro‗zning birodar ukasi, Mehrjon bayramini 
nishonlayapmiz. Ular zaminning ikki ko‗zidir. 
Bola:
– Bugun, Navro‗zga esh to‗y, 


96 
Hosil to‗ydir, Mehrjon. 
Mehrdan turilgandir, 
Hosil to‗yim, Mehrjon.
 Bola:–
Navro‗z ila Mehrjon 
Yetsin mangulik davom. 
Zamin qosh-ko‗zi ular, 
E‘tiqod shudir mudom. 
Bola:
– Salom, sayri kuzimiz, 
Chetda qolmang odamlar. 
Bugun Navro‗zga esh to‗y, 
Hosil to‗yim, Mehrjon. 
Bolalar «Vatanim» qo‗shig‗ini kuylaydilar. (F.Nazarov musiqasi). 
Chaman-chaman bog‗larga, 
Sayroqi bulbullarga, 
Toshqin daryo ko‗llarga, 
Joydir go‗zal Vatanim. 
Ko‗kni quchgan kuylarga, 
Boydir go‗zal Vatanim. 
Yagonadir chiroying, 
El bag‗ridk bag‗ring kng, 
Sen hayot, ilxom berding, 
Yor bo‗l, go‗zal Vatanim. 
Porlar g‗olib bayrog‗ing, 
Kundik yorug‗ chirog‗ing, 
Boylikka kon har yog‗ing, 
Bor bo‗l, go‗zal Vatanim. 
Katta guruh bolalari qo‗llarida barglar bilan doira bo‗lib turadilar. 
«Oltin barglar» qo‗shig‗ini kuylaydilar. Qo‗shiqning so‗z va musiqasiga 
mos harakatlar bajaradilar. 
Boshlovchi:
– Bolalar, men sizlarga topishmoq aytaman, sizlar esa 
topishmoqni qunt bilan tinglab, o‗ylab topishingiz kerak. 
Topishmoqning nomi, «Bu qanday fasl?» db nomlanadi. Kunlar borgan 
sari qisqaradi. Dehqonlar yrga ekkan sabzi, piyoz, kartoshka, karam va 
paxtalarni yig‗ib-terib oladilar. Qaldirg‗och, turna, mayna va boshqa 
qushlar issiq o‗lkalarga uchib ketadilar. 
Olmaxonlar yong‗oq yig‗adilar. Qani, aytinglar-chi, bu o‗zgarishlar 
qaysi faslda ro‗y bradi? 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin