O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti


Bola: Bugun bayram tantana,  Bayramingiz muborak.  Aziz ustoz, murabbiy,  Ayyomingiz muborak!  Bola



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Bola:
Bugun bayram tantana, 
Bayramingiz muborak. 
Aziz ustoz, murabbiy, 
Ayyomingiz muborak! 
Bola:
Tongda turib opajon, 
Bizni deya shoshasiz, 
Bizni ko‗rib uzoqdan, 
Qaynoq quchoq ochasiz. 
Bola:
Sizdan oldik ko‗p bilim, 
O‗rgatingiz tolmasdan. 
Onalarni sevishni, 
Unga ko‗mak berishni. 
Bola: 
Bu olamni asrashni, 
Odam bo‗lib yashashni. 
Bog‗da gulzor yaratib, 
O‗rgandik bog‗bon bo‗lishni. 
Bola:
Bog‗larimiz oralab, 
Gullar terdik saralab. 
Gullarning eng sarasin, 
Sizga berdik dastalab. 
«Qari navo» o‗zbek xalq kuyiga raqs ijro etadilar. 
 
Boshlovchi:
Aziz bolajonlar, ustozlarning burch va vazifalari 
sizlarga ta‘lim-tarbiya berish bo‗lganidek, shogirdlarning ham o‗z 
ustozlari oldida burch va vazifalari bor. Qani, ana shu burch haqida kin 
aytadi? 
Bola:
Ustozlarga itoatli bo‗lish, nasihatlariga rioya qilish. 
Bola: 
Ustozning dushmani bilan do‗st tutinmaslik. 
Bola: 
Ustozning qarindosh-urug‗larini hurmat qilish. 
Bola: 
Ustozning quvonch va qayg‗usiga sherik bo‗lish. 
Bola:
Ustoziga hamisha rost so‗zlash. 


95 
Bola: 
Ustozini xafa qilmaslik, uning sirlarini saqlay bilish. 
Bola: 
Ustozi oldida xokisor bo‗lish. 
Bola:
O‗zining yomon odatlarini tark etish. 
Boshlovchi: 
Barakalla, bolajonlar, javoblaringiz meni mamnun 
etdi. Men buvijonimdan eshitgan bir rivoyatni aytib beraman. (Rivoyat 
aytadi.) 
Boshlovchi: 
Aziz ustozlarni ulug‗lovchi qanday maqollarni 
bilasiz? 
Bola:
Ustoz – otangday ulug‗. 
Bola:
Ustoz ko‗rmagan shogird, olam sirini bilmaydi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin