105
O‗rtaga tush Mayjuda,
Laylum, lalalum.
Bizlarga jo‗r bo‗linglar,
Laylum, lalalum.
She‘r: «Chuchmoma».
Bola:
Xipcha belli ey, ko‗kat,
Qaysi bog‗ning gulisan?
Ochig‗ini bizga ayt,
Qaysi fasl sunbulisan?
Men o‗tloqning qiziman,
Onam bahor, chuchmoma.
Men bahor, yulduziman,
Men
chuchmoma, chuchmoma!
«Baxtiy erkatoy» hazil qo‗shig‗ini kuylaydilar (T.Toshmatov
musiqasi).
Boshlovchi;
Bolalar, endi musobaqa o‗ynaymiz.
Avval qizlar,
so‗ngra o‗g‗il bolalar musiqaga mos raqsga tushadilar.
Marhamat,
qizlar! Qizlar «Asp bo‗laman» o‗zbek xalq musiqasiga, o‗g‗il bolalar esa
«Chertmak» o‗zbek xalq musiqasiga raqsga tushadilar.
Boshlovchi:
Qani kamalak, ayt-chi, kim raqsga yaxshi tushdi?
Qizlarmi yoki o‗g‗il bolalar?
Kamalak:
Qizlar ham, o‗g‗il bolalar
ham musiqaga mos raqsga
tushdilar. Rahmat, do‗stlarim. Endi men boray. Shu payt patnisda ko‗k
somsalar ko‗tarib, «Cho‗pon bola» kiradi.
Dostları ilə paylaş: