O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Boshlovchi: 
Voy, qanday yaxshi bolalar. Mana, biz ham saylda 
qatnashadigan bo‗ldik. Endi navbat, sizlarga. Marhamat bolalar! 
1-bola: 
Biz bahorda chiqamiz, 
Dalalarga, bog‗larga.
Gul-lolalar ochilgan 
Ko‗m-ko‗k maysazorlarga. 
2-bola: 
Bir tomonda qizchalar 
Gullar terib o‗ynashar.
Bir tomonda qushchalar
Bizni qutlab sayrashar. 
3-bola: 
Dalalarda ochildi 
Gunafshalar, lolalar.
Bizga uchib kelishdi
Mayna, bulbul, sahvalar. 
4-bola: 
Qo‗llarida soz bilan, 
Gul-g‗uncha pardoz bilan.
Uchib turna g‗oz bilan,


104 
O‗kamizga bahor keldi. 
Bahorni kuting bog‗da, 
Bog‗ emas, dala joyda.
Qushlar sayragan chog‗da 
Sevimli bahor keldi. 
Bolalar «Gullar» qo‗shig‗ini kuylaydilar (J.Najmiddinov musiqasi) 
qizlar gullar bilan raqsga tushadilar. 
Boshlovchi: 
Rahmat, qizlar, juda chiroyli raqsga tushdingiz. 
1-bola: 
Bahor keldi.Gul bahor, Etagida gul tutib. 
Bizga intiq lolazor, Qirlar bag‗rida kutib. 
2-bola: 
Atrof to‗la har xil gul, Chuchmoma-yu, binafsha. 
Bizning ko‗klamlar butkul Chiroylidir hamisha. 
3-bola: 
Binafshaxon, binafsha,kulishlaring chiroyli.
Bog‗imizda ochilib, turishlaring chiroyli.
Bolalar tarafma-taraf bo‗lib, «Bizdan sizga kim kerak?» aytim 
o‗yinini aytishuv tarzida qo‗llaydilar. (Y.Qurbonov she‘ri, M.Nasimov 
musiqasi). 
Shu payt momoqaldiroq gumburlaydi. 
Boshlovchi: 
Bolajonlar, eshityapsizmi, momoqaldiroq gumburla-
yapti. Hozir yomg‗ir quyadi. Tezroq panaga o‗tamiz. 
«Yomg‗ir yog‗aloq» o‗zbek xalq bolalar qo‗shig‗ini kuylaydilar. 
Boshlovchi: 
Mana, bolalar, yomg‗ir ham yog‗ib o‗tdi. Qarang, 
quyosh charaqlab chiqdi. Voy, eshik taqillayapti. Qaray-chi, kim ekan? 
(Kamalak qizchani boshlab kiradi.) Bolajonlar, kamalakoy 
mehmon bo‗lib kelibdi. Kiraver, kamalakoy! 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin