O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

Muxtor Ashrafiy (1912—1975)
 
Muxtor ashrafiy, O‗zbekiston xalq artisti, xalqaro va Respublika
mukofotlari sovrindori, kompozitor, dirijor, muallim, yirik jamoat 


110 
arbobi.muxtor ashrafiy 1912-yil 11-iyunda Buxoroda tug‗ildi, juda 
yoshligidan boshlab musiqaga qiziqdi. ashrafiy bolaligida madrasada, 
so‗ngra yangi tipdagi boshlang‗ich maktabda ta‘lim oldi. 1924-yilda 
musiqa texnikumida va maorif institutida o‗qidi.1928-yilda samarqanddagi
O‗zbek musiqa va xoreografiya institutiga o‗qishga kirdi. mana shu 
yillarda uning dastlabki ijodiy ishlari — bir ovozli xorlar va qo‗shiqlari 
yaratilgan edi. 1929-yilda u Sh. Ra mazonov va T.Sodiqov bilan birgalikda 
«sadrash» marshini yaratdi va o‗zi talabalar simfonik orkestriga dirijorlik 
qildi.1930-yilda muxtor ashrafiy O‗zbek Davlat musiqali drama 
teatrining bosh dirijori qilib tayinlandi.1934—1937-yillar davomida u 
moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasida taniqli bastakor 
n.vasilenkodan musiqa ijodi nazariyasi bo‗yicha ta‘lim oldi.1937-yilda 
moskvada bo‗lib o‗tgan O‗zbek san‘ati dekadasiga dirijor qilib tayinlandi. 
toshkentga qaytib kelgach, o‗zbek opera va balet teatrining bosh dirijori va 
badiiy rahbari lavozimiga tayinlandi.1939-yil muxtor ashrafiy s.vasilenko 
bilan birga «bo‗ron» operasini yozdi (k.yashin librettosi), oradan bir yil
o‗tgandan keyin esa, bu ikkala bastakorning boshqa bir asari —
«ulug‗ kanal» operasi yaratildi (k.yashin va m. Rahmonov librettosi). 
ulug‗ vatan urushi yillarida muxtor ashrafiy «Jangga boraman»,
«Qasam», «sevgilimga salom», «Jangda botir bo‗l» kabi vatanparvarlik 
ruhidagi qo‗shiqlar, «turon», «ulug‗ kanal» va «sherali» asarlaridagi
ayrim nomerlar asosida skripka bilan fortepiano uchun kichik pyesalar 
yaratdi.1958-yil fevral oyida toshkentda ashrafiyning «Dilorom» operasi 
(k.yashin va m.muhamedov librettosi) sahnaga qo‗yildi. so‗ngra 1962-
yilda uning boshqa bir operasi — «shoir qalbi» (izzat sulton
librettosi) yaratildi. m.ashrafiy 1964-yilda b.bargi pyesasi asosida
«mirzo izzat Hindistonda» sahna asarini yozdi. 1963—1964-yillarda 
sadriddin ayniy xotirasiga bag‗ishlab «temur malik» simfonik poema 
ropsodiyasini, «bayram uverturasi»ni, «sadoqat» (Habibiy she‘ri), «ajoyib 
tun» (ya. Qurbon she‘ri) va «ko‗zlari ofatijon» (t.to‗la she‘ri) qo‗shiqlarini 
yozdi.bastakor 1965—1970-yillar mobaynida «sevgi tumori» baletini, 
simfonik orkestr va ovoz uchun «Ona mehri» romansini, «Jangovar 
kunlarda» vokal simfonik poemasini, simfonik orkestr uchun 
«subhidamda» xoreografik manzaralarini yaratdi. «Dilorom» va «shoir 
qalbi» operalari musiqalari asosida simfonik orkestr uchun ikkita suita 
yozdi. bundan tashqari kompozitor «momaqaldiroqda tug‗ilganlar», 
«koniyuta g‗orining siri», «Dilorom» (film-balet) va «Qadimgi qal‘a 
afsonasi» kinofilmlariga musiqalar bastaladi.1964—1966-yillarda yangi 
tashkil topgan samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari


111 
va bosh dirijori, 1966—1971-yillarda alisher navoiy nomidagi akademik
katta opera va balet teatri badiiy rahbari va bosh dirijori, 1971-yildan 
umrining oxirigacha toshkent Davlat konservatoriyasi rektori vazifalarini
bajardi. m.ashrafiy O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist, O‗zbekiston
xalq artisti faxriy unvonlariga sazovor bo‗lgan. u«shuhrat» ordeni, ikki 
marta Davlat mukofoti, Hamza nomidagi respublika Davlat mukofoti, 
J.neru nomidagi Hindiston Davlat mukofoti, Jamol abdul nosir nomidagi 
misr Davlat mukofoti sovrindori. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin