O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

ABDURAHIM 
MUHAMEDOV(1923—1980) 
 
O‗zbekistonda 
xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi,
kompozitor 
abdurahim 
muhamedov 
xxasr 
o‗zbek 
musiqasi 
tarixida 
yorqin 
iz 
qoldirdi. uo‗ziga xos ovozi bilan 
musiqa ijodkorligiga 50-yillarda 
kirib keldi. uning yaratgan ajoyib 
lirik, ommabop xor qo‗shiqlari, 
milliy uslubda yozgan simfonik 
va musiqiy sahna asarlari musiqa 
mada 
niyatimizni 
boyitdi.abdurahim 
muhamedov 
1923-yil 10-dekabrda Toshkent 
shahrida novvoy oilasida tug‗ildi. tug‗ma iste‘dod egasi tasviriy 
san‘at va musiqa bilan qiziqdi, qalam va moybo‗yoqda har xil 
rasmar chizdi. Havaskorlik to‗garagida mandolina, doira, damli 
cholg‗ulardan alt, bariton chalishni o‗rganib, orkestrda ishtirok 
etdi. 1938-yilda 7-sinfni bitirib, toshkent sanoat texnikumiga 
o‗qishga kirdi. O‗qishni bitirgach, harbiy xizmatga chaqirildi, 
urushda qatnashib og‗ir yarador bo‗ldi. 1944-yili toshkentga 
qaytdi. bir yildan so‗ng O‗zbek Davlat filarmoniyasi qoshidagi
O‗zbek xalq cholg‗ulari orkestriga ishga qabul etildi, keyinchalik 
O‗zbekiston radiosi o‗zbek xalq cholg‗ulari orkestriga ishga 
o‗tdi.1950-yili toshkent musiqa texnikumining o‗zbek xalq cholg‗ulari 
bo‗limida o‗qidi va musiqa bastalashga quziqdi. toshkent Davlat 
konserva 
toriyasining 
tayyorlov 
bo‗limida 
kompozitorlik 
mutaxassisligidan saboq oldi. «yoshlik» simfonik poemasi bilan
o‗qishni bitirdi. yo‗llanma bilan O‗zbekiston madaniyat vazirligi 
san‘at bosh boshqarmasida inspektor vazifasida ish boshladi.
1956—1957-yillarda toshkent Davlat xotin-qizlar pedagogika bilim 
yurtida 
musiqa 
o‗qituvchisi, 
1958—1960-yillarda 
toshkent 
telestudiyasida musiqa muharriri bo‗lib ishladi. 1974—1975-o‗quv 
yilida nizomiy nomidagi toshkent Davlat pedagogika institutining 
musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan dars berdi.a.muhamedov
ijodiy faoliyatining ilk davridan boshlab, zamon ruhiga mos


123 
qo‗shiqlar yaratishga e‘tiborini qaratdi. muqimiy nomidagi musiqali 
drama teatrida «Jon qizlar». «gavhari shamchiroq», «Olifta» musiqali 
komediyalarini yaratdi. yakkaxon va xor uchun ko‗plab qo‗shiqlar 
bastaladi. bular: «Jon qizlar», «yetti qiz», «shohi so‗zana», «Qirg‗iz 
qiziga» «seni eslayman», «go‗zal farg‗ona», «Jon, O‗zbekiston», 
«sportchilar qo‗shig‗i» kabi ommaviy asarlardir. a.muhamedov bolalar 
uchun ham jozibali, original qo‗shiqlar yaratdi.
«yulduzcha», «archa qo‗shig‗i», «Qo‗g‗irchog‗im allayo», 
«kapalak», «tantiq qiz» kabi qo‗shiqlari jajji ijrochi va tinglovchilar 
qalbidan joy olgan. simfonik orkestr uchun poema va vals, o‗zbek 
xalq cholg‗u asboblari va fortepiano uchun o‗zbek xalq qo‗shiqlarini 
qayta ishladi. uning qo‗shiqlari kuyining mayinligi va milliy koloriti 
bilan ajralib turadi.abdurahim muhamedov O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan san‘at arbobi va O‗zbekis tonda xizmat ko‗rsatgan 
artist unvonlari bilan taqdirlangan. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin