KOMIL KENJAYEV (1939)
Ko‗p qirrali kompozitor
komil kenjayev musiqaning turli
janr va shakllarida rang-barang
jozibali asarlar yaratdi. uning
simfonik orkestr uchun, turli
cholg‗u ansambllar uchun, teatr,
va ayniqsa, estrada orkestri va
vokal-cholg‗u ansambllari uchun
musiqalari, qo‗shiqlari musiqa
shinavan dalarining olqishlariga
sazovor bo‗ldi. u pedagoglik va
jamoatchilik faoliyati bilan zamonaviy o‗zbek professional musiqa
125
san‘atiga ulkan hissa qo‗shdi.komil kenjayev 1939-yil 21-dekabrda
Dushanbe shahrida ziyolilar oilasida tug‗ildi. komil bolaligidan musi
qaga qiziqdi. 1947-yili o‗rta ta‘lim maktabiga o‗qishga kirdi. 1953-yili
bolalar musiqa maktabining fortepiano sinfida saboq ola boshladi va
Dushanbe musiqa bilim yurtida o‗qishni davom ettirdi. 1960-yili
toshkent Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga
o‗qishga kirib, professor boris zeydman sinfida tahsil oldi. uturli janr
va shakllarda musiqa bastaladi. 1965-yili «lirik simfoniya» asarini
taqdim etib, konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi va mustaqil ijodga
yo‗llanma oldi.kompozitor k.kenjayev mehnat faoliyatini 1957-yilda
Dushanbe shahridagi 24-bolalar bog‗chasida sozandalikdan boshladi.
1960—1961-yillarda
toshkentdagi
maktablarda
musiqa
o‗qituvchisi bo‗lib ishladi. konser vatoriyani bitirgach, tojikiston
Respublikasining «xo‗jand» musiqa bilim yurtida musiqa
nazariyasidan dars berdi.1966—1972-yillari O‗zbekiston madaniyat
vazirligining san‘at bosh boshqarmasidagi repertuar kollegiyasida
musiqa muharriri lavozimida ishladi. 1972—1973-yillari mannon
uyg‗ur nomidagi teatr va rassomchilik institutida musiqa nazariyasi
fanidan dars berdi. 1973—1984-yillarda R.m.glier nomidagi
maxsus musiqa maktab-internat direktori lavozimida ishladi.
1984—1986-yillari m.ashrafiy nomidagi toshkent Davlat
konservatoriyasida rektor lavozimida ishladi. kompozitorning
mustaqil ijodiy faoliyati konservatoriyani bitirgandan so‗ng, 1965—
1980-yillarda jo‗sh urdi va barakali ijod qildi.1965-yili simfonik
orkestr uchun «yoshlik» uverturasi, 1966-yili torli cholg‗u orkestr
uchun «simfoniyetta», 1967-yili violonchel va orkestr uchun
«konsert», o‗zbek xalq cholg‗u asboblari uchun 2 ta suita va
«konserttino», 1969-yili «Olmos otin», «umirxo‗janing nayrangi»,
1982-yili «Oq buloq parizodasi» kabi musiqali dramalarni yaratdi.
Respublika Davlat Qo‗g‗ir choq teatrida «Ovdagi hodisa», «kenja
qiz» asarlarini yozdi. bolalar xor jamoasi uchun «kelajak bizniki»,
«biz tinchlikni istaymiz», «kichkintoymiz — gijingtoymiz», «yerga
dovrug‗ solamiz», «sen bilan do‗stlashdim», «paxtaoy», «O‗zbek
qizlari», «kimki bo‗lsa yig‗loqi», «baõtiyorlar qo‗shig‗i», «bir jahon
bolalarmiz», «ikkisiz, ikki yilsiz», «beshga teng birinchi», «Õat
yozaman do‗stimga», «paõtajonim»kabi bolalar uchun 100 ga yaqin
qo‗shiqlar yaratdi. u1982—1984-yillar O‗zbekiston bastakorlar
uyushmasining bolalar musiqa komissiyasi raisi, 1982—1987-yillari
taftish komissiyasi raisi sifatida faoliyat ko‗rsatdi.komil kenjayev
126
O‗zbekiston va estoniya hukumatlarining faxriy yorliqlari va
O‗zbekiston Respublikasi xalq ta‘limi a‘lochisi nishoni bilan
mukofotlangan.
Dostları ilə paylaş: |