O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

RUSTAM ABDULLAYEV(1947) 
 


128 
O‗zbekiston Respublikasi san‘at arbobi, Respublika Davlat 
mukofoti sovrindori, kompozitor Rustam Abdullayev zamonaviy 
o‗zbek musiqa san‘atining zabardast ijodkorlaridan biridir. sharq va 
g‗arb mumtoz musiqiy san‘atlarining an‘analari izidan borib, turli
janr va shakl larda musiqiy asar yaratib, vatanimiz musiqiy 
madaniya tining rivojlanish jarayoniga samarali hissa qo‗shib 
kelmoqda.Rustam abdullayev 1947-yil 12-fevralda xorazm viloyati 
xiva shahrida ziyolilar oilasida tug‗ildi. Otasi abdulla Otajonov va 
onasi gavhar matyoqubovalar far zandlarining musiqaga qiziqishini 
sezib, musiqa maktabiga olib borishdi. Rustam abdullayev o‗rta ta‘lim 
maktabida o‗qib yurgan yillari, musiqa maktabiga qatnab, rubob
chalishni o‗rgandi. 1962-yil Hamza nomidagi toshkent musiqa 
bilim yurtiga o‗qishga kirdi. O‗quv yurtida Rustam musiqiy qobiliyati,
mehnatkashligi bilan boshqalardan ajralib turar edi. O‗quv 
yurtining nazariy bo‗limida Rumil vildanovdan kompozitorlik 
mutaxassisligidan 
saboq 
oldi. 
1965-yili 
toshkent 
Davlat
konservatoriyasiga o‗qishga kirib, taniqli kompozitorlar Rumil 
vildanov va boris giyenkadan tahsil olib, 1972-yili fortepiano uchun 
konsert bilan muvaffaqiyatli bitirdi. R.Abdullayev konservatoriyada 
o‗qib yurgan yillaridayoq iqtidorli kompozitor va mohir pioninochi 
sifatida tanila boshladi. Qozog‗istonda o‗tgan «O‗zbekiston
adabiyoti va san‘ati» kunlarida qatnashib, o‗zining fortepiano
konsertini simfonik orkestr bilan ijro etdi va muvaffaqiyat
qozondi. shuningdek, gruziyada, moskva shahrida o‗tkazilgan yirik 
anjumanlarda «xirosima faryodi» va «Hijron» nomli asarlari bilan 
ishtirok etib, laureat unvoniga sazovor bo‗ldi. R.abdullayev 1974-yil 
toshkent Davlat konservatoriyasi asissentura-stajirovka o‗qishiga
kirdi. professor boris zeydmandan saboq oldi. 1976-yildan boshlab, 
toshkent Davlat konservatoriyasida bastakorlik kafedrasida, 1995-
yildan buyon O‗zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi lavozimlarida 
ishlab kelmoqda. Rustam abdullayev turli janrlarda qator musiqiy 
asarlar yaratdi. bular orasida uchta yirik asari sahna yuzini ko‗rib,
shinavandalar olqishiga sazovor bo‗ldi. Jumladan: «sadoqat» nomli 
operasi, «shoshma quyosh» nomli balet oratoriyasi va «xiva ordeni» 
nomli operasi. kompozitor R.abdullayevning ijodida simfonik, vokal-
simfonik, fortepiano musiqalari asosiy o‗rin egallaydi. 3 ta simfonik 
poema, 
fortepiano 
uchun 
10 
ga 
yaqin 
asarlar 
shular 
jumlasidandir.ubutun 
dunyo 
bo‗yicha 
o‗tkazilgan 
«yosh 
kompozitorlar»ning ko‗rik-tanlovlari va festivallarida ishtirok etib, 


129 
ko‗p marotaba imukofot va laureatlik unvoniga sazovor bo‗ldi.20 ga
yaqin davlatlarda asarlari ijro etilib, Respublika va xalqaro ko‗rik-
tanlovlar laureati bo‗lib, olqishlarga sazovor bo‗lmoqda. O‗zi ham
kompozitor va ijrochi sifatida ishtirok etib, musiqa muxlislari 
e‘tiborini qozonmoqda.so‗nggi yillar ichida R.abdullayev romans va 
qo‗shiq janrlarida barakali ijod qilib kelmoqda. uning qo‗shiqlari xalq
hofizlari, dutorchilar ansambli, estrada qo‗shiqchilari ijrosida
ommalashib ketmoqda. Bular: «to‗ylaring muborak», «turon
turnalari», «go‗zal vatanim», «piyola» kabi asarlardir. O‗zbekiston
teleradiokompaniyasi qoshidagi «bulbulcha» bolalar xor jamoasi 
uchun mazmundor, jozibali qo‗shiqlar yaratib kelmoqda. Jumladan: 
«Olam gulga to‗laversin», «charxpalak», «parvozdagi qushchalar», 
«mustaqillik lolalarimiz», «Do‗stlik qo‗shig‗i», «shodlik va tinchlik», 
«Qoshiq-qoshiq», 
«gullola» 
kabi 
juda 
ko‗p 
qo‗shiqlarni 
yaratdi.kompozitor Rustam abdullayev O‗zbekiston Respublikasi 
san‘at arbobi faõriy unvoniga va Respublika Davlat mukofotiga 
sazovor bo‗ldi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin