O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

 
Xurshida Hasanova Tursunova 
O'zbekiston Bastakorlar uyushmasiga yosh 
kompozitor Xurshida Hasanova Tursunova) 2000 
yil qabul qilindi. U musiqa maktabida o'qib yurgan 
paytlarida yaratgan ilk ―Pilla qurtim ― qo'shig'i 
―Bulbulcha‖ xor jamoasi ijrosida yangraganida 
musiqa san'atimizga yana bir yorqin iste'dod sohib, 
bo'lg'usi kompozitor kirib kelayotganidan nishona 
bo'lgan edi. Uning fortopiano, skripka, fleyta, 
goboy, klarnet, torli cholg'u asboblar ansambllariga, simfonik 
orkestrga, xor jamoalari uchun yaratgan musiqa asarlari, ayniqsa, 
estrada 
va 
bolalar 
qo'shiqlari 
rang-barangligi, 
dilkashligi, 
hayotbaxshligi bilan ajralib turadi. Kompozitor har bir estrada va 
bolalar qo'shiqlarini mazmundor va jozibali bo'lishiga intilib, 
tinglovchining yuragiga yaqin bo'lgan ta'sirli vositalarni izlab topishga 
harakat qilib, inson qalbidagi xilma-xil kechinmalarni lirik holda 
ifodalay olmoqda. Xurshida Otaboyevna Hasanova (Tursunova) 
san'atkor oilasida 1967 yilning 7 sentyabrida tug'ildi. U bolaligidan 
musiqaga muhabbat qo'ydi. 1974 yili umumta'lim maktabiga o'qishga 


142 
bordi. Bir yildan so'ng T. Sodiqov nomidagi Toshkent shahar bolalar 
musiqa 
maktabining 
fortepiano 
hamda 
A.Mansurov 
sinfida 
kompozitorlik mutaxassisligidan ham tahsil oldi. 1982 yili maktabni 
a'lo baholarga bitirib, Hamza nomidagi Toshkent musiqa bilim 
yurtining 
musiqa 
nazariyasi 
bo'limiga 
o'qishga 
qabul 
qilinadi. Kompozitorlik mutaxassisligidan ham saboq oladi. 1986 yili 
mazkur o'quv yurtini imtiyozli diplom bilan bitirdi va M.Ashrafiy 
nomidagi Toshkent davlat 
konservatoriyasining 
kompozitorlik 
fakultetiga kirib dotsent M.Mahmudov sinfida mutaxassislikdan saboq 
oladi. Ustoz rahbarligida turli janr va shakllarda asarlar bastaladi. U 
1991 yili konservatoriyani imtiyozli diplom bilan tugatdi. Yo'llanma 
bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 
musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan 1998 yilga qadar dars berdi. 
1998-99 yillarda konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida 
o'qituvchi lavozimida ishladi. 1999 yildan buyon Toshkent shahar 
qo'shimcha ta'lim majmuasi qoshidagi ―Sevinch‖ vokal studiyasida 
musiqa 
rahbari 
lavozimida 
ishlamoqda. 
2000 
yildan 
konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida o'qituvchiligini 
davom ettirmoqda. Kompozitor X.Hasanova 1991-2001 yillarda 
fortepiano uchun ―Variasiyalar‖, ―Pyesalar‖, ―Sonatino‖, fortepiano va 
simfonik orkestr uchun bir qismli ―Konsert‖, simfonik poema, torli 
orkestr uchun 4 qismli syuita, jo'rsiz xor uchun E.Vohidov so'ziga 
―Iltijo‖ ikki qismli turkum xor, skripka, fleyta, goboy, klarnet, fagot 
kabi cholg'ular, fortepiano jo'rligida yozilgan pyesalar, yog'ochli-
damli cholg'ular kvartetiga ―Kvartet‖ larni yaratdi. X.Hasanova 1998 
yildan buyon zamonaviy estrada va bolalar qo'shiqchilik san'atiga 
e'tibor qaratib, 30 dan ortiq turli mavzularda zamondosh shoirlarning 
so'zlariga estrada qo'shiqlari va bolalar uchun qo'shiqlar yaratdi. 
O'zbekistonda 
xizmat 
ko'rsatgan 
artist, 
estrada 
xonandasi 
K.Razzoqova 
repertuaridan 
quyidagilar; 
―Chinni 
gullar‖, 
―Sog'inaman‖, (N.Narzullaev so'zi), ―Yetolmayman‖ (M.Yo'ldoshev 
so'zi), ―Kuz gullari‖ (Humoyun so'zi), ―Rostini ayting‖ (E.Oxunova 
so'zi), ―Alangadan nido‖ (M.Yo'ldoshev so'zi), ―Sevinch‖ bolalar 
vokal guruhining repertuarida esa quyidagi qo'shiqlar o'rin olgan; 


143 
―O'zbekiston jannat‖ (D.Rajab so'zi), ―Tabassum qil‖ (N.Narzullaev 
so'zi), ―Sevinch‖ (S.Muzaffarov so'zi), ―Turnalar‖ va ―Vatan‖ 
(H.Rahmat so'zi), ―Kamalak‖ (P.Mo'min so'zi), ―Humo qushi‖ 
(O'.Hoshimov so'zi), ―Sog'lom avlod‖ (U.Qo'chqor so'zi), ―Lola‖ 
(I.Muslim 
so'zi), 
―Majnuntol‖ 
(I.Jiyanov 
so'zi) 
va 
boshqalar. Kompozitor 
X.Hasanova 
2000 
yilda 
Navro'zga 
bag'ishlangan qo'shiq ko'rik-tanlovida ―Turnalar‖ qo'shig'i uchun 2-
darajali mukofotga sazovor bo'ldi. 2000- 01 yillarda Navro'z va 
Mustaqillik bayram dasturlarida uning ―Turnalar‖ ―Sog'lom avlod‖ va 
―Lola‖ qo'shiqlari yangradi. 2000 yilda chegara qo'shinlari tomonidan 
uyushtirilgan 
askar 
qo'shiqlari 
ko'rik-tanlovida 
―Chegaramiz 
harbiylari‖ uchun eng yaxshi bastakor nomini olishga sazovor bo'ldi. 
U ―Zumrasha‖ kinojurnaliga va ―Archa, archa, archajon‖ videofilmiga 
musiqa va 9 dan ortiq qo'shiqlar bastaladi. 
967-yilning 7-sentabrida Xurshida Hasanova tug‘ildi.1974-yili umum 
ta‘lim maktabiga o‘qishga bordi. 
1975-yili T. Sodiqov nomidagi Toshkent shahar Bolalar musiqa 
maktabining fortepiano sinfida hamda kompozitorlik 
mutaxassisligidan Avaz Mansurov sinfida tahsil oladi.1982-yili 
maktabni a‘lo baholargabitirib, Hamza nomidagi Toshkent musiqa 
bilim yurtining musiqa nazari-yasi bo‘limiga o‘qishga qabul qilindi. 
So‘ng M.ASHRAFIY nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining 
kompozitorlik fakultetiga kirib saboq oladi. Konservatoriyani 
imtiyozli tugatib yo‘llanma bilan Nizomiy nomidagi TDPU ning 
musiqa fakultetida musiqa nazariyasidan 1998-yilga qadar dars berdi. 
2000-yildan konservatoriyaning musiqa nazariyasi kafedrasida 
o‘qituvchi lavozimida ishladi.Shu bilan bir qatorda kompozitor 
Toshkent shahar o‘shimcha ta‘lim majmuasi qoshidagi Sevinch vokal 
studiyasida musiqa rahbari lavozimida ishlamoqda. 1991-2000-
yillarda fortepiano uchun ―Variatsiyalar‖,‖Pyesa-
lar‖,‖Sonatina‖,fortepiano va simfonik orkestr uchun bir qismli 
―Konsert‘‘,simfonik poema ,torli orkestr uchun 4qismli syuita ,jo‘rsiz 
xor uchun E.Vohidov zo‘ziga ―Iltijo‖ ikki qismli turkum hor, 


144 
skripka,fleyta,goboy,klarnet,kabi cholg‘ular yog‘ochli damli 
cholg‘ular kvartetiga ―Kvartet‖larni yozgan. Uning ilk asari ―Pilla 
qurtim‖ qo‘shig‘I bo‘lgan. 
ESTRADA VA BOLALAR UCHUN YOZGAN QO‘SHIQLARI 
Estrada xonandasi K.Razzoqova repertuaridan quyidagilar: 1.Chinni 
gullar,
2.Sog‘inaman, 
3.Yetolmayman, 
4.Kuz gullari, 
5.Rostini ayting 
6.Alangadan nido 
―Sevinch‖ bolalar vocal guruhining repertuari-dan esa quyidagi 
qo‘shiqlar o‘rin olgan: 
1.O‘zbekiston Jannat (Dildosh Rajab so‘zi) 
2.Tabbasum qil (N.Nazrullayev so‘zi) 
3.Sevinch (S.Muzaffarova so‘zi) 
4.Turnalar 
5.Vatan (X.Rahmat so‘zi) 
6.Kamalak (P.Mo‘min) 
7.Humo qushi(O‘.Xoshimov so‘zi) 
8.Sog‘lom avlod (O‘.Qo‘chqorov) 
9.Lola (I.Muslim so‘zi) 
10.Majnuntol (I.Jiyanov so‘zi) va boshqalar. 
Kompozitor X.Hasanova 2000-yilda Navro‘zga bag‘ishlangan qo‘shiq 
ko‘rik tanlovida ―Turnalar‖qo‘shig‘I uchun 2-darajali mukofotga 
sazovor bo‘ldi.2000-2001- yillarda Navro‘z va Mustaqillik bayram 
dasturlarida 
uning: 
―Turnalar‖,‖Sog‘lom 
avlod‖,va 
―lola‖ 
qo‘shiqlari 
yangradi. 
2000-yilda yana ―Chegaramiz harbiylari‖degan asari uchun eng 
yahshi bastakor nomini olishga muyassar bo‘ldi 


145 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin