O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

NADIM NORXO‗JAYEV (1947) 
 
O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan
madaniyat xodimi, O‗zbekiston
Davlat konserva toriyasi professori,
kompozitor 
nadimnorxo‗jayev
o‗zining jozibali musiqiy asarlari,
ayniqsa, estrada va bolalar uchun
yaratgan qo‗shiqlari bilan el-yurt 
hurmatiga 
sazovor 
bo‗ldi.nadim 
norxo‗jayev 1947-yil 24-dekabrda 
toshkent shahrida ziyolilar oilasida
tug‗ildi. nadimning ota-onalari
o‗g‗illarining musiqaga qiziqishini sezib, umumta‘lim maktabining
5-sinfidan R.glier nomidagi maxsus musiqa maktab-internatiga
berdilar va u bu yerda tanbur chalishni o‗rgana boshladi. 
nadimning musiqa nazariyasi va bastakorlikka qiziqishini inobatga
olgan holda, uni 1963-yili Hamza nomidagi musiqa bilim yurtiga 


137 
o‗tkazishadi. mashhur kompozitor Rumil vildanovdan musiqa 
sirlarini o‗rgandi. 1967-yili simfonik orkestr uchun bastalagan 
«suita»si bilan a‘lo baholarga o‗qishni bitirdi. O‗sha yili Toshkent 
Davlat konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o‗qishga
kirdi. bu oliy dargohda kompozitorlik bo‗yicha georgiy musheldan,
cholg‗ulashtirishdan aleksandr kozlovskiydan saboq oldi 
n.Norxo‗jayev konservato riyani imtiyozli diplom bilan bitirib, 
bekobod musiqa bilim yurtiga ishga yo‗llanma oldi. Harbiy xizmatni 
o‗tab yurgan davrda vokal-cholg‗u estrada ansamblini tashkil etib, 
konsertlar bera boshladi. U o‗z faoliyatida qo‗shiq janriga ko‗proq 
ahamiyat berdi. 1968—1972-yillarda musiqa maktabida, 1972—1975-
yillari bekobod musiqa bilim yurtida, musiqa maktabida o‗qituvchi va 
bo‗lim mudiri bo‗lib ishladi. 1975—1976-yillarda «melodiya» 
firmasining ovoz yozish studiyasida bosh muharrir vazifasida ishladi. 
a. Qodiriy nomidagi toshkent Davlat madaniyat institutida o‗qituvchi, 
katta o‗qituvchi, dotsent bo‗lib, ayni paytda yu. Rajabiy nomidagi 
toshkent pedagogika bilim yurtida o‗qituvchi, 1998-yildan buyon 
toshkent Davlat konservatoriyasi estrada ijrochilik kafedrasi mudiri, 
2003-yildan professor lavozimida ishlab kelmoqda.n.norxo‗jayev 
fortepiano uchun 3 ta pyesa, 4 ta preludiya, 2 ta variatsiya, sonatina, 
«luqmalar» nomli miniaturalar turkumi, so‗zsiz qo‗shiq, fortepiano 
uchun 2 ta sonata, skripka va fortepiano uchun pyesa, torli kvartet, 
fortepiano va simfonik orkestri uchun «konsertino», ivqismli simfonik 
suita, iqismli simfoniya va ko‗pgina qo‗shiqlar yaratdi.n.norxo‗jayev 
ijodida qo‗shiq ustuvor ahamiyat kasb etadi. uzamondosh shoirlar 
bilan hamkorlikda 00 dan ortiq estrada va bog‗cha bolalari hamda
maktab o‗quvchilariga atab qo‗shiqlar yaratdi. yosh bastakorning
bolalar uchun 1975-yilda yozgan «Hakkalar» ilk estrada qo‗shig‗i
«paxtaoy» nomli vokal cholg‗u ansambli ijrosida mashhur bo‗lib 
ketdi. Jumladan, «yaxshi bola», «Dangasa», «eh, orzular», «antiqa 
musobaqa», «Diyor madhi», «balig‗im», «salom bergan bolalar», 
«sayyoraxon», «chamandagi gullarmiz», «boboxo‗roz», «Dono bola» 
kabi qo‗shiqlari «bulbulcha» bolalar xori ijrosida omma lashib ketgan. 
bolalar xori uchun «Hafta» kantatasi, «Daraxtlar suhbati» õor suitasi, 
o‗zbek xalq qo‗shiqlarini xor uchun qayta ishladi. «Osmondagi oy», 
«chori chambar», «kavushim», «chuchvara qaynaydi» qo‗shiqlari 
shular jumlasidan.nadim norxo‗jayev O‗zbekistonda xizmat 
ko‗rsatgan 
madaniyat 
xodimi 
faxriy 
unvoni 
bilan 
taqdirlangan.Respublika «Ofarin — 2000» ko‗rik-tanlovi sovrindori, 


138 
O‗zbekiston bastakorlar uyushmasi qo‗shiq sho‗basi raisi, 
respublikamizda o‗tkazilayotgan turli ko‗rik-tanlovlarda jyuri 
hay‘atlarining faol ishtirokchisi. 

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin