134
abdurayimovga shogirdlikka berishdi. 1958-yili u Hamza nomidagi
toshkent musiqa bilim yurtining xor dirijorligi bo‗limiga qabul
qilindi. 1962-yil toshkent Davlat konservatoriyasi
xor dirijorligi
fakultetiga o‗qishga kirdi. 1964—1968-yillarda Qo‗ldosh mamirov
toshkent harbiy garnizoni qoshidagi ikromjon bo‗ronov rahbarlik
qilgan o‗zbek ashula va raqs ansamblida naychi bo‗lib harbiy
xizmatni ado etdi.Bastakor va xor dirijori Qo‗ldosh mamirov mehnat
faoliyatini
talabalik davridan boshlab, umumta‘lim maktablarida
musiqadan dars berdi. 1964-yili toshkent o‗quvchilar saroyida o‗zbek
xalq cholg‗u ansambliga, 1968—1970-yillarda a.gagarin nomidagi
O‗quvchilar saroyidagi o‗zbek xalq cholg‗ulari
ansambliga rahbarlik
qildi. 1970-yildan buyon nizomiy nomidagi toshkent Davlat
pedagogika universitetining musiqa fakultetida xor dirijorligi
kafedrasi mudiridan dekan, professorlikkacha bo‗lgan yo‗lni
bosib
o‗tdi. 1987-yili moskvada «boshlang‗ich sinf musiqa darslarida
o‗quvchilarning aõloqiy hislarini tarbiyalash» mavzusida yozgan
dissertatsiyasini yoqladi va pedagogika fanlari nomzodi ilmiy
darajasiga ega bo‗ldi.Qo‗ldosh mamirov navoiy g‗azallari bilan
kuylanadigan 40 ta ashulani notaga yozdi. 80 ta xalq qo‗shig‗i va
maqom shu‘balarini o‗z ichiga olgan «O‗zbek xalq qo‗shiqchiligi
majmuasi»ni tuzdi. O‗z asarlaridan qo‗llanmalar tayyorladi. «Quyosh
yurtim», «Ohanglarda hayot nafasi», «Ona allasi» kabi to‗plamlarni
chop etdi. yakka xonanda va vokal ansambli bilan orkestr jo‗rligida
quyidagi asarlarni yaratdi: «yo‗lim boshlar», «sevinch yoshlarim»,
«go‗zalim madhiyasi», vokal-cholg‗u ansambli ijrosida «bahor»,
«nigohimni uzolmayman», «Qo‗shiqqa navbat», «Ona yurt qo‗shig‗i»
asarlarini yaratdi. ular asosida xor akapella (jo‗rsiz xor) uchun
«lahza-lahza», «miltiraydi bir mitti yulduz», «O‗zbekiston — ona
yurt», «O‗zbekiston taronasi» asarlari ko‗rik-tanlovlarida sovrinli
o‗rinlarni egalladi. xor va o‗zbek xalq cholg‗ulari orkestri uchun
«istiqlol», «yor qani», «go‗zal toshkent qizlari», «Dugona kelibdur»,
yakka xonanda va orkestr uchun «bahor sarvinoz», «anhor labida» va
boshqalar. Dramaturg n. Qurbonov bilan «O, meni qora ko‗zlarim»
nomli musiqali drama va kino rejissor
zulfiqor musoqov bilan
hamkorlikda «Qaldirg‗och» kinofilmiga musiqa bastaladi. u100 dan
ortiq kattalar va bolalar uchun qo‗shiqlar yaratdi. bulardan tashqari 6
ta
she‘riy
poema,
200
ga
yaqin
she‘rlar,
to‗rtliklar,
«payg‗ambarnoma» nomli she‘riy roman muallifi. Q.mamirov
talabalar va maktab o‗quvchilari nafosatini aõloqiy jihatdan
135
tarbiyalash muammolari bo‗yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib
bormoqda. ilmiy izlanishlar samarasi sifatida 20 ga yaqin maqola,
dastur, tavsiya, qo‗llanmalar yaratishga erishdi. besh qismili «Õor
dirijorligi» õrestomatiyasini yozdi. turli ilmiy-amaliy va ilmiy-uslubiy
anjumanlarda o‗z ma‘ruzalari bilan qatnashib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: