O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 11,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/110
tarix24.10.2023
ölçüsü11,99 Mb.
#160378
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARIDA MUSIQA TARBIYASI (1)

HABIBULLA RAHIMOV(1946) 
 
Zamonaviy o‗zbek professional musiqa san‘atining 
namoyandalaridan biri Habibulla Rahimov turli mavzu, shakl va
janrlarda xilma-xil, barkamol asarlar yaratib, musiqa 
shinavandalarini xushnud etib kelmoqda.Habibulla Rahimov 1946-yil
31-oktabrda tojikiston Respublikasi xo‗jand viloyati ning nav 
tumanida taniqli sozanda g‗aybulla Rahimov oilasida tug‗ildi.


130 
to‗ng‗ich farzand bo‗lgan Habibulla ota kasbini bolaligidan egallay 
boshladi. sadirxon Hofiz nomidagi xo‗jand Davlat musiqa bilim 
yurtida tahsil oldi. g‗ijjak chalish bilan bir qatorda, unda kuy 
bastalashga ishtiyoq tug‗iladi. musiqa bilim yurtini bitirgach 
ustozlarining maslahatiga binoan, 1964-yili m.ashrafiy nomidagi 
toshkent Davlat konservatoriyasi kompozitorlik fakultetining
tayyorlov bo‗limiga o‗qishga kirib, boris giyenko sinfida tahsil
oladi. 1974-yili Davlat imtihoniga shoir to‗lqin so‗ziga yakkaxonlar, 
xor va simfonik orkestr uchun «Osvensim» nomli oratoriyasini taqdim
etdi. 
1974—1976-yillarda 
konservatoriyada 
asissentura-
stajorlikda professor boris zeydman sinfida kasb malakasini oshirdi. 
H. Rahimov konservatoriyada o‗qish bilan bir paytda 1969—
1974-yillarda Respublika damli cholg‗ular maktab-internatida musiqa 
nazariyasi fanidan o‗qituvchilik qildi. 1977—1989-yillarda a. Qodiriy 
nomidagi toshkent Davlat madaniyat institutida o‗qituvchi, katta 
o‗qituvchi, dotsent lavozimlarida ishladi. «partitura o‗qish va 
cholg‗ulashtirish» fanidan dars berdi. 1989-yildan boshlab 
O‗zbekiston Davlat konservatoriyasida ushbu fan bo‗yicha talabalarga 
saboq berib kelmoqda. H. Rahimov yaratgan simfonik va vokal-
simfonik asarlar O‗zbekiston milliy simfonik orkestri repertuarini 
yanada boyitdi. simfonik orkestr uchun: «simfonik poema», ibn sino
she‘rlariga «beshta ruboiy», ovoz va simfonik orkestr uchun 
uvaysiy g‗azallariga «beshta» romans, «sayil bayram» uverturasi,
«segoh» simfoniyasi, «Rost», «Raqs» va «tong» kuylari, ud va 
kamer orkestri uchun «fantaziya», dutor va kamer orkestr uchun 
«Qo‗shtor», rubob va orkestr uchun «arabcha poema»larni yaratdi.
H. Rahimov o‗zbek cholgu orkestri uchun ham bir qator asarlar
yaratdi. Jumladan: «Qo‗shiq va raqs», «armug‗on», «naqsh va 
tarona», «tarona va ufor» pyesalari, «muborakbod» uverturasi, 
«yoshlik bayrami» konsertinosi, «noma‘lum askar xotirasi» poemasi, 
«yaponcha raqs» va navoiy g‗azallariga «poema» kabi qator
musiqiy asarlarni yaratdi. kompozitor damli cholg‗ular uchun ham
10 dan ziyod asarlarni yozdi. 1975-yili uyg‗un bilan hamkorlikda
«parvona» nomli ilk musiqali dramasini yaratdi. «kelin tanlov», 
«mushkul savdo» musiqali komediyalari 1997-yili sahna yuzini 
ko‗rdi. «Ona qalbi», «alpomish va barchinoy» operalarini yaratdi. H. 
Rahimov ijodida qo‗shiq va romanslar alohida o‗rin tutadi. Jumladan: 
«sog‗inganda» «uzoqda», «bo‗ron», «mening sevgim», «yulduzlar» 
kabi romanslar. fortepiano uchun 18 ta xalq kuylarini moslashtirdi, 16 


131 
ta asardan iborat «albom», g‗ijjak va fortepiano uchun «ballada» va
sonatalar yaratdi. H. Rahimov respublikamizda o‗tkazilgan eng
yaxshi qo‗shiq tanlovining ko‗p yillar sovrindori. kompozitor 
bolalar uchun «Do‗mboqchalar qo‗shig‗i», «Oy bo‗lamiz — toy 
bo‗lamiz», «buõoro», «samarqand» «sho‗x bolaman», «muchal 
qo‗shig‗i», «men g‗unchaman», «tilla qo‗ng‗iz» va «bolalar» kabi 
qo‗shiqlarga kuy bastaladi.Habibulla Rahimov «shuhrat» medali
bilan mukofotlandi, O‗zbekiston Respublikasi san‘at arbobi 
unvoniga sazovor bo‗ldi.

Yüklə 11,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin