127
raisining birin chi o‗rinbosari
lavozimida, 2000—2002-yillarda yu.
Rajabiy nomidagi toshkent musiqa-pedagogika bilim yurti direktori
lavozimida ham ishladi. 1961-yili toshkentdagi 99-maktab
qoshida respublikada ilk bor o‗zbek bolalar õor jamoasini yaratdi. bu
õor jamoasi tobora rivojlanib, Respublika bolalar ijodiy markazining
«boychechak» õor studiyasiga aylandi. 1970-yili
Davlatimizning
respublikada qo‗shiq va õor san‘atini rivojlantirish haqidagi qaroriga
asoslanib, O‗zbekiston teleradiokompaniyasi qoshida namunali
bolalar õor jamoasi tashkil qilindi.
bu jamoaga shermat yormatov
badiiy rahbar va bosh dirijor qilib tayinlandi. keyinchalik bu õor
jamoasini sh.yormatov «bulbulcha» ashula va raqs ansambliga
aylantirdi. Hozirgi kunda bu ansamblning shuhrati butun olamga
mashhur. unda 700 dan ziyod turli yoshdagi bolalar ishtirok etadi.
kompozitor sh.yormatovning ijodida qo‗shiq janri ustivor turadi.
Jumladan: «g‗ildiragim» «islom bobo», «Oymomajon rom bo‗ldi»,
«bu go‗zal o‗lka», «Dadamlarga o‗xshasam», «Qor», «sumalak», «Oy
vata nim» kabi qo‗shiqlar, «maysa», «boychechak», «Qari chumchuq
chaqimchi», «yalpiz», «Dorboz», «keldi navro‗z» kabi o‗zbek xalq
qo‗shiqlarini bolalar xori uchun qayta ishladi. O‗smirlar
uchun
«assalom hayot» nomli vqismli kantata, bolalar xalq termalari asosida
vokal-xoreografik suitasini yaratdi. uning qo‗shiqlari turli nota
to‗plamlari va «musiqa» darsliklariga kiritilgan. sh.yormatov
hammualliflikda umum ta‘lim maktablari uchun musiqa darsliklarini
yaratdi va nashrdan chiqardi.shermat yormatov O‗zbekistonda xizmat
ko‗rsatgan artist, «sog‗lom avlod uchun» ordeni, O‗zbekiston xalq
artisti faxriy unvoni bilan mukofotlangan.
Dostları ilə paylaş: