Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod



Yüklə 139,5 Kb.
tarix01.11.2022
ölçüsü139,5 Kb.
#67015
01 Nomzod annotatsiyasi


Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod
(fan yo‘nalishi)



Sotvoldiyeva Mohiraxon Bahromjon qizi


Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi fakulteti 4-bosqich talabasi
2000-yil 10-fevralda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek.
Fan yo‘nalishining IT texnologiyalar, Tibbiyotda Axborot texnologiyalari, Zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohalarida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2015-yil Osiyo chempionatining saralash bosqichida sportning "TAEKWONDO" yo‘nalishi bo‘yicha oltin medali sohibi va shu yili o‘tkazilgan Osiyo chempionatida kumush medali sohibi.
2017-yil viloyat kubogida oltin medaliga va xuddi shu musoboqada “Til’’ yo‘nalishi bo‘yicha oltin medali sohibi.
2017-yil IV Open “Ahmad al-Ferghaniy” Xalqaro chempionatida oltin medali sohibi.
2019-yil O‘zbekiston chempionatida kumush va bronza medali sohibi.
2022-yil 21-24 may kunlarida Toshkent shahrida bo‘lgan BAEK MUN JONG Cup nomli xalqaro chempionatida bronza medaliga va yana bir qancha musoboqalarda faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda.

2020-2021 o‘quv yilida Sotvoldiyeva Mohiraxon Bahromjon qizi o‘quv va jamoat ishlaridagi faolligi, tashabbuskorligi va intiluvchanligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 martdagi “Toshkent axborot texnologiyalari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g`risida”gi PQ-2834-son qaroriga muvofiq ta’sis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyaga sazovor bo‘ldi.


2021-yil 3-5 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Dubay future foundation assambleyasi, Yoshlar ishlash agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Online HACKATHON da IThink jamoasi bilan birgalikda faol ishtirok etildi hamda xalqaro sertifikatga ega bo'ldi.
2022 yilda Technovation Uzbekistan da The Masterminds aʼzosi sifatidagi ajoyib ishlari hamda "Aqliy yordam" loyihasini ishlab chiqilganligi uchun Tara Chklovski Technovation asoschisi va bosh direktori tomonidan guvohnoma bilan taqdirlandi.
2022 yil 8 may kuni O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida “Technovation Girls Uzbekistan” va “UniSat Uzbekistan” dasturlarining yakuniy tadbiri bo'lib va unda respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovda faol ishtirok etdi va sertifikatlarni qo'lga kiritdi.
2022 yilning 27-29 may kunlari “Digital central asian digital hackathon” bo`lib o`tdi va “Masterminds” jamoasi azosi sifatida qatnashib sertifikatga ega bo‘ldi.
2022-yil 24-25 sentyabr kunlari Samarqand viloyatida, “Best Publication” ilmiy-izlanish markazi tomonidan “Tashabbuskor islohotchi” xalqaro tanlovi o‘tkazildi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) miqyosida tashkil etilgan mazkur tanlovda, mamlakat ravnaqi yo‘lida samarali ilmiy faoliyat olib borayotgani uchun “Tashabbuskor islohotchi” Ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.
2022-yilning 4-avgust kuni Farg`ona viloyati Politexnika institutida "Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli" haftaligi doirasida tashkil qilingan "Ixtirochi ayol-2022" tanlovining yakuniy bosqichida faolligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi
2022-yil 6-iyun kuni Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida o‘tkazilayotgan “INNOWOMENWEEK” xotin- qizlarning innovatsiya haftaligi doirasida “TECHNОWOMANUZ” forumida faol ishtirok etgani uchun sertifikat bilan taqdirlandi hamda universitetning innovator ayoli deb tarif berildi.
2020-2022 yillar davomida filial o‘qituvchilari bilan hamkorlikda elektron hisoblash mashinalari uchun 5 ta O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan “EHM uchun dastur” guvohnomalarini qo‘lga kiritdi.
IT texnologiyalar, Tibbiyotda Axborot texnologiyalari, Zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohalariga doir Yuqori infofaktorli ilmiy-jurnallarda, Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi ilmiy jurnallarda va ilmiy-amaliy konferensiya hamda anjumanlarda faol ishtirok etib, mutaxassislar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.
2019-2022 o‘quv yillari mobaynida Respublika va Xalqaro miqyosdagi ilmiy nashrlarda 60 ta ilmiy maqolasi va tezislari chop etilgan.
Axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, universitetning
internetdagi veb-sahifasiga muntazam ravishda sohaga doir ilmiy yangiliklar
va o‘z maqolalarini o‘zbek, rus va ingliz tillarida kiritib boradi.
Jamoat ishlaridagi faolligi va izlanuvchanligi bilan tengdoshlari o‘rtasida alohida ajralib turadi.
Mamlakatimizda IT texnologiyalar, Tibbiyotda Axborot texnologiyalari, Zamonaviy ta’lim texnologiyalari sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan Zamonaviy masofaviy ta’lim, Tibbiyotda axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi borasidagi ishlarni aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishda faollik ko‘rsatmoqda.
Yüklə 139,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin