Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi (1-mashg’ulot) Bosqichlar,
vaqti
Faoliyat mazmuni
O’qituvchi
Talaba
1-bosqich.
Kirish
(10 min.)
1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o’quv natijalarini e’lon
qiladi ularning ahamiyatini va aktualligini asoslaydi.
1.2. Amaliy munozara tarzida o’tishini e’lon qiladi.
1.3. Bilimlarni faollashtirish maqsadida “Siz qanday yangi,
iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullangan, boshqaruv maktabi
namoyondalari bilan tanishdingiz?” savoli bilan murojaat
qiladi.
1.4. Munozara qoidalarini eslatadi.
Mavzuni yozadilar
va savollarga javob
beradilar
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
2.1. Talabalarni munozara savollari bilan tanishtiradi:
- Boshqaruv inqiloblari mazmuni nimadan iborat?
-Ularning biri boshqasidan nimasi bilan farqlanadi?
-Zamonaviy menejerlik inqilobining mohiyati nimadan
iborat?
-Ijtimoiy menejmentning turli maktablarida boshqaruv
kontseptsiyalarining xususiyatlari qanday?
2.2. Talabalar munozarasini tashkil etadi.
Har bir javobning mazmuniga va mantiqliligiga e’tibor
beradi. Savolllar berishni taklif etadi. Turli nuqtai nazarlar
tinglanadi va umumlashtiradi. Har bir savol muhokamasi
umumiy xulosa bilan tugaydi.
2.3. Talabalarning qo’shimcha savollariga javob beradi.
2.1. Eshitadilar va
javoblarni
tayyorlaydilar.
2.2.
Talabalar
savollarga
o’z
nuqtai
nazarlarini
bildiradilar,
qo’shimchalar
qiladilar va savollar
beradilar.
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
3.1. Amaliy mashg’ulotini yakunlaydi savollar bo’yicha
xulosalar chiqaradi, munozara ishtirokchilarini baholaydi.
3.2. Mustaqil ish uchun vazifa beradi. (Mavzu bo’yicha
topshiriqlar)
Eshitadilar.
Xulosalarni yozib
oladilar.
Topshiriqni
oladilar.