39
Boshqaruv mutaxassisining aqliy madaniyati degan tushunchaga ham e’tibor
berish lozim. U boshqaruv faoliyatida muvaffaqiyatlarga eltuvchi qator kasbiy
bilimlar, uslubiy fikrlashga ega bo’lishi kerak. Mutaxassisning aqliy madaniyati
masalalari ilmiy adabiyotlari endigina muhokama qilinmokda, bu munosabatda
birinchi qadam tashlanmoqda. Lekin hayot hozirdan uning shakllanishining aniq
mexanizimini talab qilmoqda.
Hozirgi vaqtda aqliy mulk rivojlanishini himoyalashda boshqaruvning ilmiy
salohiyatidan foydalanish va shakllantirish muhim ahamiyat kasb etmokda. Texnik
va axborot bilan bir qatorda, ular jamiyat aqliy
salohiyatining muhim
tarkibini tashkil etadi.
Boshqaruv maslahati sohasida xizmatlar xajmi juda tez o’smoqda. Masalan,
AQShda hozirgi paytda 3,5 mlrd. dollarni tashkil etib, xar yili 15% ga ortib
bormoqda. Bu sohada AQShda 50 mingga yakin yuqori malakali
maslahatchilar
ishlamoqda. Ular 3ta yirik va 4 mayda assotsiatsiyalarga birlashgan.
Boshqaruv maslahatlari berish - rivojlanish strategiyasini o’zgartirishga,
qo’shimcha o’sish manbalarini topishda murakkab muammolarni echish uchun
rahbarlarga mutaxassis yordamidir. Bu bilan u o’z-o’zini tashkil etish va
rivojlantirish mexanizmini yuritadi. Maslahatchi - ijtimoiy menejer, umumijtimoiy
va umuminsoniy ne’matlar tashuvchisi, u jamiyat hayotini turli jabhalariga yaxshi
moslashadi
6
.
Tashkilotdagi holatni majmuaviy baholashdagi maslahatlarda u butun hayoti
davomida to’plagan bilimlarini ishga soladi. Juda ham murakkab masalalarni
echish uchun u eng yuqori toifali ekspert va mutaxassislarni jalb qiladi.
Dostları ilə paylaş: