49
erishishning samarali yo’llarini qidirish kabi chora-tadbirlar yig’indisi ko’rinishida
bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy siyosatning maqsadi - barcha fuqarolar hayot sifatini oshirish va
aholining
hayotiy
ehtiyojlarini
qondirishni ta’minlaydigan mexanizmlar
yordamida, turli ijtimoiy manfaatlar muvozanati asosida ijtimoiy muhit va ijtimoiy
kelishuvni yaratish.
Ijtimoiy siyosat - ijtimoiy masalalarni echish maqsadida butun aholini, barcha
ho’jalik va boshqaruv tuzilmalari sub’ektlari kuchini birlashtirishga qaratilgan
davlatning ijtimoiy sohadagi faoliyati.
U fuqarolarning yaxshi yashash sharoitlari, jamiyat hayotida erkin ishtirok
etishda huquqlarini davlat nazorati orqali amalga oshiradi (qonunchilik, dasturiy -
maqsadli, moddiy - moliyaviy va h.k.). Shuning uchun ijtimoiy siyosatni ishlab
chiqish va amalga oshirish mexanizmi integral hisoblanadi. U davlat mafkurasi,
huquq, ijtimoiy standartlar, iqtisodiy vositalar, madaniyat, psixologiya,
demografiyani o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish qator tamoyillariga tayanadi. Ulardan eng
muhimi - aholining ko’pchiligi uchun ijtimoiy ne’matlar va ijtimoiy standartlar
tuzimining shakllanishidir.
Ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish tamoyillariga quyidagilar kiradi:
jamiyat ijtimoiy doktrinasini qabul qilish;
ijtimoiy maqsadlarni aniqlash (uzoq muddatli, qisqa muddatli, va bugungi);
shu asosda minimal ijtimoiy xavfsizlik kafolatlarini aniqlash.
Bu chora-tadbirlar ijtimoiy siyosatni ishlab chiqishning
Dostları ilə paylaş: