«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Uchinchi bosqich
- munitsipal hamjamiyatlar, mahalliy o’z-o’zini boshqarish 
organlari. Markaz ularning kafolati ostida mahalliy muammolarni echish uchun 
resurslar va hokimiyat vakolatlarini beradi. Mahalliy hamjamiyatlarni rivojlanti-
rishda innovatsion strategiya zarur. Bu mahalliy resurslardan to’g’ri foydalanish 
imkonini beradi. Chet el va davlat kreditini olish, munitsipal mulk va mahalliy 
xo’jalikni rivojlantirishda turli usullar mavjud. 
 
4.3.Ijtimoiy siyosat samaradorligini baholash mezonlari 
 


52 
Markazlashgan holda, ijtimoiy rivojlanish fondlari tuzilgan, aholini ijtimoiy 
himoyalash alohida dasturlari qo’llab-quvvatlangan, ilmiy ishlar qilingan. Lekin, 
bu ishning natijalari etarli bo’lmagan: ijtimoiy ehtiyojlarga mablag’lar va 
resurslarni taqsimlashning tenglashtirilgan tamoyili amal qilardi, qator regionlarda 
amaldagi ijtimoiy me’yorlardan ortda qolish kuzatilardi. Dastur va loyihalar 
ko’pincha moddiy-moliyaviy ta’minot va aniq amalga oshirish mexanizmiga ega 
bo’lmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyatning ijtimoiy yangilanishiga 
yo’naltirilgan qator tamoyil va mezonlarni sanab o’tamiz:
1
Bozor xo’jaligini yaratish - maqsad emas, balki har bir fuqaroga loyiq 
hayotni ta’minlash vositasi. Shuning uchun, bozor mexanizmlarini kiritib, davlat 
birinchi navbatda ijtimoiy ustuvor yo’nalishlarini aniqlab, aholini ijtimoiy 
himoyalash chora-tadbirlarini ta’minlashi zarur. 
2
Jamiyatni ijtimoiy sog’lomlashtirishga aholini ijti-moiy himoyalash tizim 
va tamoyillarini o’zgartirish orqali erishish mumkin. Uning amalga oshirilishi 
jamiyatning, shuningdek, barcha ijtimoiy - siyosiy institutlarning nazoratida 
bo’lishi kerak. 
3
Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud resurs-larni ekspert baholash 
mexanizm va mezonlarini ishlab chiqish zarur. 
4
Iqtisodiyot nafaqat bevosita ishlab chiqarish zaxira-lariga, balki aholining 
ko’pga kechiktirilgan ijtimoiy ehtiyoj-lariga «qaratilishi» zarur.
5
Ijtimoiy ustuvor yo’nalishlar byudjet, soliq, inves-titsion siyosat asosida 
bo’lishi zarur. 
6
Eng kam yashash darajasi, «iste’mol savatini ta’minlash» - davlat 
siyosatining eng asosiy yo’nalishlaridan biri. 
7
Davlat darajasida xususiylashtirish siyosatiga ijti-moiy-iqtisodiy baho
berish, uni davlat mulkining ustuvor manfaatlari nuqtai-nazaridan
 
o’tkazilishini 
ta’minlash muhim. 
8
Regional siyosatning yo’nalishlaridan biri-aholining bandlik tizimini 
yaratish, ishlovchilarning malakasini oshirish va yangi ish joylarini yaratish 
lozimligidir. 
9
Ijtimoiy sohaning ahvoli ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan biriga rioya 
qilmaslik shakllanayotgan jamiyat farovon-ligi tizimini buzadi. 
Ijtimoiy soxaning xolati bir qancha omillardan tashkil topib, jamiyatning 
g’amxo’rligini shakllangan tizimi asosida rivojlanadi. 
Jamiyatning turli qatlamlari o’rtasidagi muvozanatni ta’minlovchi asosiy 
omillar quyidagilar: 

mazkur xududdagi tabiiy iqlim sharoitlari; 

davlat boshqaruvi tizimidagi sub’ektlarning o’zaro munosabatlari; 


53 

regional boshqaruv sub’ektlarining iqtisodiy erkinlik darajasi va xarakteri 
(qonunchilik munosabatlari tizimida); 

ichki bozorning rivojlanish darajasi; 

davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanganligi darajasi; 

butun ishlab chiqarish, shuningdek, mehnat qurollari va anjomlarining 
rivojlanganlik darajasi; 

davlat doirasida regionlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarning ahvoli; 

markaziy va regional hokimiyat organlarida regional manfaatlarning 
namoyon bo’lish darajasi; 

davlat miqyosida ijtimoiy boshqaruvning ilmiy asosi mavjudligi; 

mustaqil regional ijtimoiy siyosatning mavjudligi; 

iste’mol va davlatdagi barcha ijtimoiy ta’minot manbalari yordamida 
ularni qondirish imkoniyatlari hisobi, regional marketingning rivojlanganlik 
darajasi; 

mahalliy bozorning rivojlanganligi va hududda hududiy menejmentning
mavjudligi. 
Umumdavlat va regional ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga 
oshirishda yuqorida sanab o’tilgan va boshqa omillarning hisobi - aholining 
barcha qatlamlari manfaatlarini ularni turli mulk shakllariga munosabatini hisobga 
olgan holdagi asosiy sharti. Bunda davlat hokimiyat organlari barcha mulk 
shakllarining rivojlanishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishlari kerak. 
Qisqa xulosalar 
Ijtimoiy siyosatning mazmuni va mohiyati, uni ishlab chiqish va amalga 
oshirish mexanizmlari va tamoyillari. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirish 
samaradorligini baxolash mezonlari. Ijtimoiy siyosat va munitsipal ijtimoiy 
menejmentni amalga oshirish zarurati. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin