66
-
aniq - tarixiy.
Bu ijtimoiy boshqaruv munosabatlarini ularga ta’sir
qiluvchi omillar ta’sirida o’zgarish va rivoj-lanish xolatida bo’lgan jarayonlar
sifatida o’rganishga
imkon beradi;
-
majmuaviy.
Bu boshqaruv munosabatlarini o’rganishda iqtisodiy, huquqiy,
ijtimoiy - psixologik va boshqaruv muno-sabatlari taxliliga boshqa yondashuvlar
o’zaro aloqadorligini nazarda tutadi;
-
jihatli.
Bu biror bir mahsus fan (falsafa, siyosiy iqtisod,
sotsiologiya,
psixologiya va h.k.) tomonidan mahsus tadqiqot qilinadigan munosabatlar ostida
namoyon bo’ladigan boshqaruv munosabatlarining bir tomoni,
bir xususiyatini
o’rganishga imkon beradi;
-
tizimli.
Bu ham boshqaruvchi, ham boshqariluvchi tizim-chalarni umumiy
maqsadli elementlar bilan birlashgan yagona majmua sifatida qarashga, tizimnmng
xususiyatlari, uning ichki va tashqi aloqalarini aniqlashga imkon beradi.
Ijtimoiy
menejmentning
samarali
usullariga
modellash-tirish
(turli
ko’rinishdagi modellar qo’llaniladi: fizik, grafik, matematik va boshqalar), tajriba-
sotsiologik va psixologik (so’rovlar, testlar, kuzatuvlar va boshqalar), shuningdek,
iqti-sodiy-ijtimoiy usullar (dasturlash, o’yinlar
nazariyasi, axborot nazariyasi va
boshqalar) kiradi.
Uslubiy tadqiqotlarning asosiy maqsadi xodisalar,
tizim-lar va boshqaruv
jarayonlari xaqida bilim olish uchun yanada samarali yo’llar, yondashuvlar va
usullarni ishlab chiqishdan iborat.
Boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalar, ya’ni
bevosita ijtimoiy
boshqaruvning sub’ekt va obyekti o’rtasidagi munosabatlar;
- boshqaruvchi tizim ichidagi boshqaruv munosabatlari: boshqaruv
pog’onalari, darajalari o’rtasida (vertikal aloqa); har bir pog’onaning boshqaruv
bo’g’inlari o’rtasida (gorizontal aloqa);
- rahbar va qo’l ostidagilar o’rtasidagi munosabatlar:
har bir boshqaruv
zvenosida, turli boshqaruv bo’g’inlarida.
Undan tashqari, ijtimoiy boshqaruv munosabatlari quyidagilarga bo’linadi:
- soha, region, sohalararo, hududiy - sohaviy, hududlararo;
- tashqi (atrof muhit bilan munosabatlar) va ichki (tizim elementlari
hamkorligi munosabatlari);
- tizimlararo va aralash, shuningdek, jamoaviy va individual;
- vaqtinchalik va doimiy, bevosita va bilvosita;
- chiziqli, funktsional va aralash.
Dostları ilə paylaş: