«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar: 
11
«Ijtimoiy menejment uslubi» tushunchasi mazmunini ochib bering. 
12
Umumiy boshqaruv tizimida ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik uslublarning 
ahamiyati qanday? 
13
Nima uchun turli boshqaruv uslublari yig’indisidan foydalanish muhim? 
14
Qanday boshqaruv uslublarini qo’llash orqali bugungi kunda odamlarni 
mehnatga rag’batlantirish amalga oshiriladi? 
Tayanch so’z va iboralar:
Boshqaruv uslubi. Ko’rsatmali ta’sir. Intizomiy 
ta’sir. O’z-o’zini boshqarish.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
21
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012.
 
46-50-betlar 


79 
8-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING ILMIY USLUBLARI - 
UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSI 
 
REJA: 
 
8.1.Boshqaruvning ilmiy uslublari 
8.2.Kibernetik modellashtirish 
8.3.Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish 
8.4.Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari 
 
8.1.Boshqaruvning ilmiy uslublari 
 
Boshqaruvchi tizimning o’z-o’zini rivojlantirish maqsadida boshqaruvning 
murakkab texnikasidan foydalanish: a) uslublar yig’indisi yordamida (iqtisodiy, 
ma’muriy-tashkiliy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy); b) ularni ilmiy mazmun 
bilan, birinchi navbatda ijtimoiy loyihalashtirish bilan to’ldirish mumkin. 
Ilmiy uslublarning kuchi shundan iboratki, ular tahlil xajmi to’g’risida 
ishonchli ma’lumot olishga imkon beradi, bilimlarni ishonchli tekshirishni 
ta’minlaydi, obyektning kelajakdagi holatini bashorat qilishga imkon beradi, ta’sir 
qilish vositalarini ko’rsatadi. Ular ijtimoiy sohada qarorlar qabul qilish jarayonini 
maqbullashtirishi mumkin. 
Modellashtirish, bashorat qilish, ekspert baholash kabi ilmiy uslublar ko’p 
asrlik tarixga ega. Lekin har holda, boshqaruvning zamonaviy instrumentariysini 
ilmiy texnik inqilob, uning davrlik natijalari bilan bog’lashga etarlicha asos bor. 
Uning kuchi faqatgina asrlar davomida ishlatilayotgan an’anaviy uslublar va 
vositalar samaradorligini oshirish va yangilashida emas, balki ilmiy-texnik inqilob 
boshqaruv uslublari va vositalari inqilobining asosi sifatida ko’rib chiqiladi. 
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish tobora 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Ba’zida modelni turli aniq xodisalar va jarayonlarga mexanik qo’yiladigan 
shablon yoki prototip sifatida tushiniladi. Bunday tushunish noto’g’ri. Amaliy 
muammolarni hal qilishda yaxshi natijalarga erishish uchun doimo «buyurtma 
bo’yicha ishlash» zarur, ya’ni, model ma’lum jarayonning o’ziga xos belgilarini 
aks ettirishi kerak. Turli modellar umumiy belgilarga ega bo’lishi mumkin. 
Modellashtirish va boshqaruv ana shu belgilar bilan aniqlanadi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin