«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
Nazorat savollar: 
Boshqaruvning ilmiy uslublaridan yanada to’laroq foydalanish zarurati nima 
uchun paydo bo’ladi? 
Ijtimoiy menejment ilmiy uslublari mohiyatini ochib bering. 
O’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini tartibga solish va ijtimoiy me-nejmentning ilmiy 
uslublari o’rtasidagi munosabatlar qanday? 
Boshqaruvning o’zbek amaliyotida boshqaruvning ilmiy uslub-larini qo’llash 
darajasi qanday? 
 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
Boshqaruvning ilmiy uslublari. Kibernetik 
modellashrish. Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish. Axborotlashtirilgan boshqaruv 
tizimlari.


89 
9-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT TIZIMI 
 
REJA: 
 
9.1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari 
9.2. Boshqaruv funktsiyalari 
9.3.Boshqaruv tuzilmasi 
9.4.Boshqaruv kadrlarini guruhlarga bo’linishi 
 
9.1. Ijtimoiy menejment mexanizmlari 
 
Ijtimoiy menejment mohiyati uning tizimi tuzilmasini aniqlaydi. U 
quyidagilardan iborat: boshqaruv sub’ektlari, boshqaruv obyektlari, boshqaruv 
jarayoni va boshqaruv tizimi mexanizmlari. 
Boshqaruv sub’ektlariga aholi, hokimiyat organlari, mahalliy o’z-o’zini 
boshqarish organlari, jamiyatning fuqarolik institutlari, menejment instituti kiradi. 
Boshqaruv obyektlariga esa ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy soha, ijtimoiy 
resurslar kiradi. 
Ijtimoiy menejment mexanizmlari ijtimoiy maqsad-lilik, boshqaruv uslublari 
(iqtisodiy, ma’muriy-tashkiliy, yuridik, ilmiy va boshqalar)ga yo’naltirilgan. Ular 
orasida butun boshqaruv ta’sirlari tizimida birlashtiruvchi bo’lgan ijtimoiyliklar 
alohida ajratiladi. Ularga mehnatga munosabat, inson hulq-atvori bo’yicha chora-
tadbirlar yig’indisi kiradi.
Boshqaruv jarayoni va ijtimoiy menejment tizimi mexanizmi ijtimoiy tashhis, 
axborotni yig’ish, taxlil qilish va saqlash, ularni boshqaruv sub’ektlariga uzatish va 
boshqaruvning turli darajalarida ijtimoiy me’yorlar bo’yicha boshqaruv sub’ektlari 
faoliyatini nazorat qilishni amalga oshirish uslublaridan iborat. 
Ijtimoiy maqsadlarni yanada samaraliroq amalga oshirish va ijtimoiy
menejment tamoyillarini amalga oshirish uchun quyidagi ilmiy uslublarni qo’llash 
muhim: 
- Ijtimoiy loyihalashtirish va dasturlash; 
- Zamonaviy hisoblash vositalari, birinchi navbatda, kompyuter texnikasi 
asosida ijtimoiy axborotni yig’ish va tahlil qilish, ularni qayta ishlash va saqlashda 
matematik uslublardan foydalanish; 
- Odamlarni mehnatga, hayotga, maqsadga muvofiq hulq-atvorga jamiyatga 
rag’batlantirishni yaratish; 
- Shaxsning, shuningdek, menejerlarning hayot kuchini faollashtirishga 
mo’ljallangan psixologik ta’sir (maxsus treninglar va o’yin uslublari); 
- Ijtimoiy boshqaruvning kundalik va istiqboldagi muammolariga yaroqli 
fundamental fanlar, kibernetika, sinergetika va boshqa sohalarda, tadqiqotlarda 


90 
olingan bilimlardan foydalanish. 
Ijtimoiy menejment tizimi doirasida echiladigan muammolar majmuiga 
faqatgina tizimli yondashuv, uning nazariyasi va amaliyotini bugungi kunda 
ijtimoiy boshqaruv oldida turgan vazifalar darajasiga ko’tara oladi. Aynan shuning 
uchun ham ijtimoiy menejment sohasidagi bo’lajak mutaxas-sislar har bir 
o’rganilayotgan fanda muammoni hal qilish va uni echish uslublarini qidirishning 
ijtimoiy jihatlarini qidirishlari kerak. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin