«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


d) har bir funktsional  bo’g’inning yagona boshqaruv jarayonida ishtirok etish xarakterining aniq  namoyon bo’lishi;  e)



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

d)
har bir funktsional 
bo’g’inning yagona boshqaruv jarayonida ishtirok etish xarakterining aniq 
namoyon bo’lishi; 
e)
boshqaruvning xar bir bo’g’inida jamoalar «kirish» va 
«chiqish» manbalari sonining eng kam bo’lishi
27

Menejmentning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv tuzilmasi sxemasida, ish 
jadvallarida, tuzilmaviy bo’linmalar to’g’risidagi holatlarda, shuningdek, 
bajaruvchilar uchun lavozim instruk-tsiyalarida hujjatlashtiriladi. 
Zamonaviy tashkiliy dizaynlar
Microsoft Windows 7 mazkur mahsulotning turli xil sohalarida ishlayotgan 
minglab ishchilarning uch yillik mehnati mahsulidir. Bu yondashuv undan oldingi 
dastur – Windows Vista ning ishlab chiqarish jarayoniga mutlaqo ziddir, chunki 
avvalgi dasturda har bir jamoa alohida ishlagan va o’z fikrlarini bir-birlari bilan 
baham ko’rishmagan. Vista dasturida har bir guruh tomonidan yaratilgan 
dasturlash kodi alohida ishlaganda juda samarali bo’lgan, ammo boshqa dasturlar 
bilan birgalikda foydalanilganda esa texnik muammolarga sabab bo’lgan. 
Dizaynning mana shu tomonlari va guruhlar o’rtasidagi muloqotning sustligi 
mahsulotni taqdim etishning kechikishiga va nosozliklar bilan chiqishiga sabab 
bo’lgan.Kompaniya prezidenti Stiv Balmer mazkur xatoni qaytarmaslikka qaror 
qildi. Buning natijasida esa, “Windowsni qayta shakllantirib, Microsoft o’rtadagi 
to’siqlarni olib tashladi” – ya’ni, samarali va foydali ishlashga olib keluvchi 
tashkiliy to’siqlarni olib tashladi. 
Jamoa strukturasi
 
- Bu nima? 
Bu shunday strukturaki, bunda butun bir tashkilot guruhlar yoki 
jamoalardan tashkil topgan bo’ladi. 
- Foydali jihatlari 
Ishchilar ish jarayonida faolroq ishtirok etishadi. 
Funktsional sohalarda to’siqlar kamroq bo’ladi. 
- Zararli jihatlari 
Buyruqlar chiqarishning aniq tizimi mavjud emas. 
Jamoalarning yanada yaxshiroq ishlashi uchun bosim yuzaga keladi. 
Matritsa-loyiha 
strukturasi
 
- Bu nima? 
Matritsa – bu shunday strukturaki, bunda turli xil sohalarda ishlovchi 
mutaxassislarni bir loyiha ustida jipslashtiradi. Bir loyiha nihoyasiga 
etganidan so’ng esa, keyingi loyihaga o’tiladi. 
- Foydali jihatlari 
Tabiiy o’zgarishlarga moslasha oladigan “suyuq va o’zgaruvchan” 
dizayn. Qaror qabul qilishning tez amalga oshirilishi. 
- Zararli jihatlari 
Insonlarni bir loyiha ustida jipslashtirishning qiyinligi. Vazifalar va 
shaxsiyat bilan bog’liq konfliktlar. 
To’siqsiz struktura
 
- Bu nima? 
Shunday strukturaki, bunda u sun’iy ravishda gorizontal yoki vertikal 
27
Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 280-310-betlar. 


93 
to’siqlar bilan chegaralanmagan. Tashkilotlarning virtual turlarini o’z 
ichiga oladi. 
- Foydali jihatlari 
Yuqori darajada o’zgaruvchanlik va talablarga javob berish. 
Iqtidorni osonlik bilan yuzaga chiqaradi. 
- Zararli jihatlari 
Nazoratning sustligi. 
Muloqotning qiyinligi. 
O’rganish strukturasi
 
- Bu nima? 
Bu strukturada ishchilar muntazam ravishda yangi bilimlarni o’rganib 
borishadi va bu bilimlarni ish jarayonlarida qo’llashadi. 
- Foydali jihatlari 
Bilimlar butun tashkilot bo’ylab baham ko’riladi. Bu esa raqobatda 
ustunlikka olib keladi. 
- Zararli jihatlari 
Bilimlarni tarqatayotgan ba’zi ishchilarga bog’lanib qolish. 
Bir vaqtning o’zida katta miqdorda tajribali ishchilarning nafaqaga 
chiqishiga to’g’ri kelib qolishi.q 
 
Xuddi Stiv Balmerga o’xshab, ko’pchilik menejerlar an’anaviy dizaynlarning 
kundan-kunga murakkablashib borayotgan dinamik va kompleks sharoitlarga mos 
kelmasligini ta’kidlashmoqda. Aksincha, tashkilotlar innovativ va moslashuvchan 
bo’lishlari kerak. Shuning uchun ham menejerlar ish jarayonini samarali tashkil 
qilish uchun kreativ yo’llarni qidirmoqdalar. Bunday zamonaviy dizayn jamoa 
strukturasi, matritsali va loyihaviy strukturani, to’siqsiz strukturani va o’rganish 
strukturasini o’z ichiga oladi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin