74
muammolari birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Mehnat jamoasi tashkilotning o’z-
o’zini boshqarish tizimiga kirgandagina o’z-o’zini boshqarish imkoniyati
tug’iladi.
Umuman, odamlarni majmuaviy rag’batlantirish texnikasi uchta asosiy guruh
usullaridan iborat:
3.
ishlovchilarga yo’naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi: a)
ishlovchi oldiga anik maqsadlarni qo’yish (masalan, ishlab chiqarish me’yorini
oshirgan ishchilarga mukofotlar to’lanadi); b) xulq-atvor modifikatsiyasi (inson
xulq-atvorini yaxshilash maqsadida mukofot va jazo qo’llash); v) qayta tayyorlash
(istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan o’qitish);
10
ishga yo’naltirilgan usullar. Bular: a) ish joylarini mukammallashtirish va
ishlovchilar faoliyati sohasini kengay-tirish; b) egiluvchan ish grafigi (bunday ish
rejimida ishlovchi, ish boshlash va tugatish vaqtini mustaqil rejalashtiradi; v) uy
ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish (ofisga ulangan telefon, kompyuter
yoki faksda uyda ishlash); g) ishdan bo’shatishlar sonini kamaytirish uslublari
sifatida ish vaqtini qisqartirish va funktsional og’irlikni bo’lish;
tashkilotga yo’naltirilgan usullar.
Ularga quyidagilar kiradi: a) xizmatchilar
vakolatlarini kengaytirish (ishlovchi-larga tashkilotning kundalik ishlarida
qatnashish uchun keng imkoniyatlar berish); b) maqsadlarga erishishda ishtirok
etish (jamoa ishining muvoffaqiyatli natijalari uchun muntazam pul mukofotlari
olish).
Dostları ilə paylaş: