«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Kibernetik modellashtirish



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

 
8.2.Kibernetik modellashtirish 
 
Kibernetik 
modellashtirish 
boshqaruvni 
maqbullashtirish 
keng 
imkoniyatlarini ochib beradi. Yirik olimlar hisobicha, kibernetik yondashuvning 
xarakterli jixati bo’lib murakkab obyektlar asosiy parametlarini o’rganish 


80 
maqsadida ularni soddalashtirish va shu asosida
 
ularning chuqur mohiyatini ochish 
hisoblanadi. 
Modellarni mukammallashtirish jarayonini ularni mun-tazam to’ldirish yoki 
ishlab chiqilishi jarayoni sifatida ko’rib chiqish foydali. Odatda eng oddiy 
modellardan boshlashadi. 
Hozirgi vaqtda fan va amaliyot xarakteri va mo’ljallanishi bo’yicha turli 
modellashtirish uslublari va shakllariga ega. Bu holda bizni faqat bevosita 
boshqaruvga xizmat qiluvchi modellar qiziqtiradi. Murakkab tizimlarni boshqarish 
uchun yangi modellarni ishlab chiqish zarur.
Bu sohaga matematikani kiritish katta ahamiyatga egaligiga hech shubha 
yo’q. Matematik modellashtirish modellar aniqligini oshirishda texnik vositalar va 
zamonaviy uslublardan foydalanishga imkon beradi. Bu bilan bir qatorda, ijtimoiy 
hodisalarning sifat tomonlarini ham modellashtirish kerak. Ularning xususiyatlarini 
falsafa, sotsiologiya va umumiy fanlar majmuasi ochib beradi. 
Modellashtirish uslubi an’anaviy uslublar va vositalar bilan o’rganish 
mumkin bo’lmagan murakkab obyektlarda qo’llaniladi. Model faqatgina yangi 
bilim manbai sifatida o’zining yaratilishini oqlaydi. 
Istiqbolli model bir martalik emas, ko’p martalik xarakatga ega bo’ladi. Har 
qanday holatda boshqaruv sub’ekti istiqbolli model chegaralarida harakat qilishi 
mumkin. Bu unga istalgan natijalarni ta’minlaydi. Masalan, iqtisodiy va ijtimoiy 
mexanizm bo’yicha me’yoriy xujjatlar bunday istiqbolli model sifatida xizmat 
qilishi mumkin. 
Hozirgi vaqtda ijtimoiy tizimlarni boshqarishda bashorat qilish muhim o’rin 
egallaydi. Har qanday, xattoki eng elementar qaror ham ma’lum bir oldindan 
ko’rishni nazarda tutadi. Chunki bu qarorda kelajakdagi harakat loyihalashtiriladi. 
Global va strategik xarakterdagi qarorlarni tanlash jamiyatning mazkur sohadagi 
asosiy rivojlanish yo’nalishlarini to’g’ri ko’ra bilish va ularning qonuniyatlariga 
mos harakat qilishini talab qiladi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin