82
ishlab chiqarish funktsiyasi bilan bog’liq bo’lmay, u oliy rahbariyat qarorlari
xarakteriga ta’sir qilishi mumkin.
Rahbarlik qarorlarini tayyorlash bo’yicha ishlarni muvo-fiqlashtirish yo’llari
va vositalari ko’rib chiqilayotganda aniq ijtimoiy va sotsiologik tadqiqotlar rolini
ham ko’zda tutish kerak. Ular orqali rahbarga uning faoliyatida yordam beruvchi
o’rganilayotgan obyekt to’g’risida axborot yig’ish ta’minlanadi, uning xarakterli
jihatlari va rivojlanish tendentsiyalari ochiladi, xulosa va takliflar shakllanadi.
Sotsiologik tadqiqotlar nafaqat u yoki bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish
va qabul qilishga yordam beradi, balki ularni insonlarga ta’sir qilish mexanizmini
o’rganishga, bu qarorlarni turli ijtimoiy kategoriyalar qabul qilinish xarakteriga,
boshqaruv qarorlari odamlar fikrlarida qanday joylashishini, ularni xulq-atvorida
qanday aks etishini, ijtimoiy hodisalar rivojida, ijtimoiy guruhlar va jamoa-lardagi
munosabatlarda, shahslararo munosabatlarda qanday aks etishini kuzatishga ham
yordam beradi.
Aniq ijtimoiy tadqiqotlarda anketalash uslubi tez-tez qo’llaniladi. Bu uslub
o’rganilayotgan jarayonlar va xodisalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari to’g’risida
axborot beradi. Bunday axborot juda zarur, lekin jarayon va xodisalarning chuqur
mohiyatini ochish uchun etarli emas. Zamonaviy bosqichda xaqiqatni aniq
o’rganishning barcha uslublari va vositalaridan foydalanishga intilish juda muhim.
Dostları ilə paylaş: