79
8-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING ILMIY USLUBLARI -
UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSI
REJA:
8.1.Boshqaruvning ilmiy uslublari
8.2.Kibernetik modellashtirish
8.3.Ijtimoiy tizimlarni bashorat qilish
8.4.Axborotlashtirilgan boshqaruv tizimlari
8.1.Boshqaruvning ilmiy uslublari
Boshqaruvchi tizimning o’z-o’zini rivojlantirish maqsadida boshqaruvning
murakkab texnikasidan foydalanish: a) uslublar yig’indisi yordamida (iqtisodiy,
ma’muriy-tashkiliy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy); b) ularni ilmiy mazmun
bilan, birinchi navbatda ijtimoiy loyihalashtirish bilan to’ldirish mumkin.
Ilmiy uslublarning
kuchi shundan iboratki, ular tahlil xajmi to’g’risida
ishonchli ma’lumot olishga imkon beradi, bilimlarni
ishonchli tekshirishni
ta’minlaydi, obyektning kelajakdagi holatini bashorat qilishga imkon beradi, ta’sir
qilish vositalarini ko’rsatadi. Ular ijtimoiy sohada qarorlar qabul qilish jarayonini
maqbullashtirishi mumkin.
Modellashtirish, bashorat qilish, ekspert baholash kabi ilmiy uslublar ko’p
asrlik tarixga ega.
Lekin har holda, boshqaruvning zamonaviy instrumentariysini
ilmiy texnik inqilob, uning davrlik natijalari bilan bog’lashga etarlicha asos bor.
Uning kuchi faqatgina asrlar davomida ishlatilayotgan an’anaviy uslublar va
vositalar samaradorligini oshirish va yangilashida emas, balki ilmiy-texnik inqilob
boshqaruv uslublari va vositalari inqilobining asosi sifatida ko’rib chiqiladi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ijtimoiy jarayonlarni
modellashtirish tobora
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ba’zida modelni turli aniq xodisalar va jarayonlarga mexanik qo’yiladigan
shablon yoki prototip sifatida tushiniladi. Bunday tushunish noto’g’ri. Amaliy
muammolarni hal qilishda yaxshi natijalarga erishish uchun doimo «buyurtma
bo’yicha ishlash» zarur, ya’ni, model ma’lum jarayonning o’ziga
xos belgilarini
aks ettirishi kerak. Turli modellar umumiy belgilarga ega bo’lishi mumkin.
Modellashtirish va boshqaruv ana shu belgilar bilan aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: