83
ishtirokini nazarda tutadi. Aynan inson qo’shimcha axborotni hisobga olib, turli
variantlar bahosi asosida ohirgi hal qiluvchi qarorni qabul qiladi.
Zamonaviy ilm-fan va texnika insonni rad etmay va uni almashtirmay,
ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda katta rol o’ynaydi. Davriy fan-texnika yutuqlari
boshqaruvni
maqbul-lashtirish, boshqaruv muammolarini echish jarayonlarini
muvo-fiqlashtirishda
yangi imkoniyatlarni ochadi. Tabiiyki, bu imkoniyatlar
ijtimoiy munosabatlar xarakteriga bog’lik holda turlicha amalga oshiriladi.
Bu yo’nalishda elektron hisoblash texnikasining imkoniyat-lari haqiqatdan
ham juda katta. EHMlarni boshqaruvda etarlicha qo’llanilmasligini
sabablaridan
biri shundan iboratki, ular ma’muriy tizimlar faoliyatini yaxshilash uchun
ishlatiladi, lekin ijodiy masalalarni hal qilishga mo’ljallanmagan. Buni EHMlarni
boshqaruvda qo’llash tajribasini o’tkazgan amerikalik tadqiqotchilar ham tan
olishadi. EHMlar amerikaliklar biznesida ma’muriy va
hisob ishlarini bajargani
bilan, ular hozirgacha kompaniyalarning muhim tezkor muammolariga etarlicha
ta’sir qila olmaydi. Aynan shu erda EHMning o’lkan salohiyatli imkoniyatlari
yotibdi.
Hozir echilishi kerak bo’lgan asosiy nazariy va amaliy muammo shundan
iboratki, boshqaruv bo’yicha muhim faoliyat - strategik qarorlar qabul qilishga
zamonaviy boshqaruv texni-kasini qanday kiritishi kerak.
Bu boshqaruvda tub
o’zgarish uning samaradorligini sifatli oshirish manbai bo’ladi.
Elektron hisoblash texnikasining axborotni qayta ishlash va qarorlar qabul
qilish jarayonida rolining ortishi taxlil va qarorning insoniy uslublari chetlatiladi
degani emas. Bunday uslublar sirasiga axborotni filtrlash va baholash, muqobil-
larini tanlash model va raqamli shakllardan foydalanish kabilar kiradi.
Baholash
va qaror qabul qilish inson uslublari keyin ham o’z ahamiyatini saqlab qoladi,
lekin elektron hisoblash texnikasi ochib beradigan imkoniyatlar hisobiga boyitiladi
va kuchaytiriladi.
Dostları ilə paylaş: