«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Yordamchi-texnik personal



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Yordamchi-texnik personal
- rahbarlar va mutaxassislar faoliyatiga xizmat 
ko’rsatuvchi hodimlar. Ularni qoida bo’yicha, alohida boshqaruv operatsiyalariga 
qarab tasniflanadi. Bunday hodimlarga kotiblar, mashinistlar, texniklar va 
boshqalar kiradi. Texnik hodimlar tor va aniq kasbiy tayyorgarlikka ega, rahbarlar 
va boshqaruv mutaxassislariga texnik yordamni ta’minlash, xususan, boshqaruv 
qarorlarini qayta ishlash va amalga oshirish yordamida ta’minlashga chaqirilgan. 
Boshqaruv kadrlarini bunday tasniflash har bir hodimga aniq talablar qo’yish 
va bunday hodimlarni tanlash, tayyorlash va ishlatish tizimini tashkil etishga 
imkon beradi. 


100 
Bevosita menejerning qo’l ostida bo’lgan odamlar soni boshqaruv me’yori 
yoki nazorat sohasi deyiladi. Agar bevosita menejerning qo’l ostidagi odamlar soni 
ko’p bo’lsa, u yuqori boshqaruv me’yoriga ega bo’ladi, bu son kichik bo’lsa, 
menejerning boshqaruv me’yori pas bo’ladi. Tabiiyki qo’yilgan maqsadlarga 
erishish uchun qancha kam menejer talab qilinsa, ular shuncha yuqori boshqaruv 
me’yoriga ega bo’ladi.
Boshqaruv me’yorining shakllanishiga qator omillar ta’sir etadi. Ular orasida 
boshqaruvchining individual psixologik qobiliyatlari kasb darajasi va hodimlar 
madaniyati, ularni rag’batlantirish turlari va kasbiy faoliyati bor. Odatda yuqori 
malakali hodimlar kichik malakali hodimlarga nisbatan kamroq boshqaruvga 
muxtoj. Shuning uchun, deyarli olim bulgan tashkilot menejeri yuqori boshqaruv 
me’yoriga ega bo’lishi mumkin.
Boshqaruv me’yori tashkilotdagi ierarxik darajalar soni bilan, ya’ni uni 
vertikal tuzilmasi yuqori yoki tekisligi bilan aniqlanadi. Yuqori tuzilma past 
boshqaruv me’yori va ko’p ierarxik darajalarga ega bo’ladi, tekkisi esa yuqori 
boshqaruv me’yori va kam ierarxik darajalariga ega bo’ladi. Yuqori tuzilmalar 
ko’p mablag’ talab qiladi, ish muomalasi va qarorlar qabul qilishni sekinlashtiradi, 
majburiyat va mas’uliyat
 
aniqligini qiyinlashtiradi. Har qanday ijtimoiy tashkilotda 
rasmiy tuzilmalardan tashqari o’zaro munosabatlar tizimi mavjud. Ular norasmiy 
guruhlarda shaxslararo darajada hodimlar o’rtasida paydo bo’luvchi o’zaro 
aloqalar tarmog’idan iborat norasmiy tashkiliy tuzilma sifatida xarakterlanadi. Bu 
ijtimoiy loyihalashtirish, rasmiy va norasmiy tuzilmalarning maqbul variantini 
yaratish sohasining mutaxassislari bo’lgan ijtimoiy menejerlarining diqqat 
markazidagi obyektdir. 
Boshqaruv tuzilmasi shunday bo’g’inlarni o’z ichiga oladi: umumiy 
boshqaruv tuzilmasi, aniq boshqaruv organlari tizimi, boshqaruv kadrlari va 
boshqaruvning texnik vositalari. Bazaviy boshqaruv tuzilmasi - chiziqli funktsional 
boshqaruv 
kombi-natsiyasi 
asosida 
shakllanadi. 
Boshqaruv 
organlari 
boshqaruvning eng asosiy elementi hisoblangan boshqaruv kadrlaridan 
shakllanadi. 
Boshqaruv tuzilmasining keyingi tarkibiy qismi - boshqaruv mehnati 
samaradorligini oshirishni ta’minlovchi texnik boshqaruv vositalaridir. 
Qisqa xulosalar 
Ijtimoiy menejment tizimi elementlari, ularning ijtimoiy aloqadorligi. 
Ijtimoiy menejment tizimining asosiy elementlari. Ijtimoiy menejmentning 
tashkiliy tuzilmasi. Ijtimoiy menejment funktsiyalari. Ijtimoiy menejment kadrlari 
va me’yorlari. Ijtimoiy menejment tizimini takomillashtirish yo’llari. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin