12.3. Motivatsion resurslardan foydalanishning O’zbekistondagi ahvoli Bugungi kunda bu masala ikki nuqtai nazardan baholanmoqda:
1. Shu sohadagi omillarning bahosi; 2. Yuqori mansabdor shaxslarning
bahosi. Bu ikki baho bir biriga zid fikrlarni ilgari surmoqda, mana shu holat
boshqaruvdagi inqirozning asosiy sababidir. Jamiyat uchun bu muammoni echish
yo’llaridan biri xorijda keng qo’llanilayotgan «ijtimoiy qatnashish» printsipiga
rioya qilishdir. Bu printsipning asosiy mazmuni davlat o’z vazifalarining bir
qismini mahalliy boshqaruv organlariga berish orqali turli mulkchilik shakllarini
yaratishi. Bunday siyosat Rossiyada 1919 yilda «komunal xo’jalik» yaratish
davrida amalga oshirilgan. O’sha yillarda mahalliy xo’jalik sohalarida odamlar
mustaqil faoliyat yuritgan. Aynan shu davrda yangiliklarni amaliyotda qo’llash
sur’atlari tezlashgan. Bunday urinishlar keyinchalik ham amalga oshirilgan. Bu
urinishlarning asosiy maqsadi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlarni tezlashtirish va
mahalliy xo’jaliklarning o’z-o’zini rivojlantirish asosla-rini yaratishdir.
Biroq eski ma’muriy-buyruqbozlik tizimi barham topgani yo’q, balki yangi
ko’rinishda davom etmoqda. Fundamental fanlar asosan yirik texnopolislarda
rivojlantirilgan, bu esa rivoj-lanishning eng qoloq usullaridan biridir.
Faqatgina boshqaruvning markazdan joylarga berish orqa-ligina turli
hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojla-nishiga erishish mumkin. O’zgarishlar
hududlarni va mehnat jamoalarni iqtisodiyotning aktiv sub’ektlariga aylantiradi.
O’z navbatida bu sub’ektlar hududlardagi intellektual resurslardan foydalanish
darajasini oshiradi.
Qisqa xulosalar
Zamonaviy sharoitlarda faoliyatga bo’lgvn motivatsiya tarkibi va tuzilishning
o’zgarishi. Mulkchilik shakllaridagi revolyutsiya va faoliyatga bo’lgan
motivatsiya. Korporativ va intellektual mulkchilinadhamiyatining oshishi -
mehnatga bo’lgan motivatsiyani o’zgartirishning asosiy sababi. Aholining
xokimiyat organlariga bo’lgan ishonchini oshirish motivatsiyasi. Yangi
motivatsion
imkoniyatlar
va
ularni
amalga
oshirish
uchun
ijtimoiy
texnologiyalarning ilmiy foydalanish.