«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

13.3.Inson resurslarni boshqarishning yangi shakli 
 
Raqobatda ustunlikka erishish bu yangilanishga qo’yilgan birinchi qadam. 
Boshqaruvning yangi yo’nalishiga ko’ra menejer quyidagi maxsus xususiyatlarga 
ega bo’lishi kerak. 
Qo’l ostidagilarga e’tibor.
 
Ishchilarga g’amho’rlik qilish, ularni samarali 
mehnat qilishga undash, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish kabi boshqaruvning 
asosiy vazifalaridan biridir. Boshqaruvchini ishchilarga nisbatan «ochiq eshiklar» 
siyosatini olib borishi korxona yuksalishining garovidir. 
Iste’molchilar talabini o’z vaqtida o’rganish va ularni qondirishga 
intilish.
Talabni doimiy o’rganish bu menejerning asosiy vazifalaridan biri bo’lib, 
yangiliklarni qo’llash orqali iste’molchilar talabini o’z vaqtida qondirish imkonini 
beradi. 
Faoliyat jarayonida tashkiliy madaniyatni shakllantirish. 
Samarali tashkiliy madaniyat tarkibiga quyidagilar kiradi: 
a) o’zaro fikr almashish; 
b) shaxsga bo’lgan e’tibor; 
v) buyuk insonlarni tan olish; 
g) turli urf-odatlarni hurmat qilish va ishonish; 
d) yozilgan qonun-qoidalarga rioya qilish; 
e) ishchilar qilayotgan har bir ish boshqalar uchun muhim-ligini ko’rsatish. 
Rejalashtirishga 
strategik 
yondashish. 
Barcha 
imkoniyatlar 
va 
kamchiliklarni o’rgangan holda tuzilgan uzoq muddatli reja korxonalarning doimiy 
hamroxi bo’lishi kerak. Boshqaruvchilar korxona faoliyatining texnik, ijtimoiy, 


119 
siyosiy va madaniy aspektlarini bir butun holatda ko’rib chiqishi kerak. Bu 
aspektlarning har biri o’zaro to’ldiruvchi bo’lishi kerak. Shu bilan bir qatorda 
zamonaviy menejer muammolarni echishda o’z qo’l ostidagilarni fikrlarini ham 
inobatga olishi kerak. 
Yuqorida keltirilgan faktlar inson resurslarini boshqa-rishning yangi 
shakllarini ishlab chiqarishni taqozo etadi. Bunday jarayon faqatgina yuqori 
madaniyatli tashkilotlarda samarali tadbiq qilinishi mumkin. 
Yapon tajribasi ta’siri ostida AQSh menejerlari qaror qabul qilishni 
individual variantidan kollektiv usuliga o’tishmoqda. 
Tashkilotda motivatsion iqlimning mavjudligi menejerni o’z faoliyatiga 
bog’liq xususiyatlarni rivojlantirishga undaydi. Bu nuqtai nazarda kelib chiqqan 
holda kuchli menejer o’z-o’zini obyektiv baholashga intiladi. 
Qisqa xulosalar 
Ijtimoiy menejer-qobiliyatli ijodkor shaxs sifatida. Ijtimoiy menejerning 
shaxsiy sifatlari. Ijtimoiy liderlik. Ijtimoiy menejerni o’zini-o’zi anglash va o’zini-
o’zi rivojlantirishning zamonaviy imkoniyatlari. Ijtimoiy menejer uchun kerak 
bo’ladigan asosiy sifatlar. Ijtimoiy menejerning o’z-o’zini anglash va o’z-o’zini 
rivojlantirishning innovatsion texnologiyalari. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin