«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Nazorat savollar: 
«Ijtimoiy resurs» nima? 
«Ijtimoiy resurs»larning boshqa resurslardan farqi nima? 
Nima uchun jamiyatda ijtimoiy resurslar ahamiyati ortib bormoqda? 
Nima uchun ijtimoiy resurslar eng kam talab qilinadigan resurslar qatoriga 
kiradi? 
Ijtimoiy resurslardan optimal foydalanish yo’llari nimadan iborat? 
Tayanch so’z va iboralar: 
Resurs. Komplekslilik prinsipi. Me’yorlilik 
prinsipi. Motivatsiya. Innovatsiya.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


109 
12-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENTNING MOTIVATSION
RESURSI 
 
REJA: 
 
12.1. Motivatsion faoliyat tushunchasi 
12.2. Motivatsiya muhitini yaratish texnologiyalari 
12.3. Motivatsion resurslardan foydalanishning O’zbekistondagi ahvoli 
 
12.1.Motivatsion faoliyat tushunchasi 
 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chi qarishni tabiiy rivojlantirish 
imkoniyati bo’lmaganligi sababli ijtimoiy chora-tadbirlardan keng foydalanish 
talab etiladi. 
Ishlab chiqarish va jamiyatning butun intellektual imkoniyatlari o’rtasidagi 
bog’liqlikning yo’qligi o’tish davrining eng katta muammolaridan biridir. Bu holat 
esa, jamiyatning zamonaviy bozordan uzoqlashtirmoqda. Ishlab chiqarish vosita-
larini kollektiv va aralash mulkchilik tasarrufiga
 
o’tkazish iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish imkoniyatini beradi. Bu o’z navbatida «yashirin» iqtisod uchun katta 
to’siq bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida korxonalarning samarali faoliyatiga 
soliq tizimining mukammal emasligi ham sabab bo’lmoqda. Juda ko’p holatlarda 
qarorlar jamiyatga foyda keltirish nuqtai nazaridan qabul qilinmaydi. Ko’pgina 
tadbirkor rahbarlar qonunda belgilangan hususiy, kollektiv, aralash mulkka 
asoslangan imtiyozlardan o’z maqomini har 2-3 yilda almashtirish orqali uzoq 
muddat foydalanmoqda. 
Ishlab chiqarish rivoji uchun huquqiy asoslar bo’lishi kerak. Qonunchilikdagi 
ma’lum bir kamchiliklar sababli davlat mulkiga asoslangan korxonalar boshqalarga 
nisbatan murakkab ahvolga tushib qoldi. Odamlarning ko’pchiligi rivojlanish 
uchun boshqarishning ma’muriy buyruqbozlik usulidan foydalanishni taklif 
etishadi. Lekin, ma’muriy buyruqbozlik usuli tartib intizomni kuchaytirgani bilan 
unda iqtisodiy manfaatdorlik yo’q. 
Mamlakatning sanoat ishlab chiqarish sohasi boshqaruv sub’ektlari 
tomonidan iqtisodiy nochor ahvolga keltirilgan. Iqtisodiy rivojlanish uchun 
ijtimoiy boshqaruvning nazariy va amaliy asoslarini tiklash zarur. 
Bu masalani echishning yagona yo’li, g’arbda keng qo’llani-ladigan 
innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni qo’llash. Masalan: «Natija bo’yicha» 
universal texnologiya odamlarning turmush darajasini yaxshilash va ijtimoiy 
tizimlarni tashkillashtirish darajasini yuksaltirish orqali halqni intellektual va 
jismoniy rivojlantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan»
1



110 
Bu nazariyaning asosiy printsiplari va texnologik ta’mi-noti Rossiya sanoat 
sotsiologlari tomonidan ishlab chiqilgan lekin amalda tadbiq qilinmagan. 
Bu nazariyaning asosiy maqsadlari uning asosiy resurs-laridan kelib chiqqan 
holda belgilanadi: 
ishchilarning ijodiy potentsiali; 
rahbarga bo’lgan talablar; 
har bir a’zoning natija uchun kurashishi; 
erkin tanlash jarayonida ijodiy imkoniyatlarni qo’llash. 
Ishga bo’lgan ijodiy stimul yaratish bu jamiyatga qilingan hayriya yoki 
«modda» emas, balki ijtimoiy faktorning mehnatga ta’sir darajasini ortib borishi 
bilan bog’liq qadamdir. Bu sohadagi qoloqlik davlatning dunyo bozoridagi o’rnida 
juda tez o’z aksini topadi. Bu holat mamlakatning jahon bozorida o’z mavqeini 
yo’qotish, informatsion va texnik tobeinligini oshirishga olib kelishi mumkin.
Bugungi kunda, jamiyat tez rivojlanishi uchun, mulkga odamlarni birgalikda 
egalik qilishni ta’minlash orqali ularning mehnatga bo’lgan munosabatini 
o’zgartirish va tovarlar sifatini oshirish kerak. Bu esa o’z navbatida yangiliklarni 
tezroq joriy etilish imkonini beradi. 
Mamlakatni rivojlantirishning yangi texnologiyasi jahon va mahalliy 
tajribaga asoslangan holda yaratilgan. Bu texno-logiyaning asosiy printsipi mehnat 
kollektivlarining mustaqil-ligini ta’minlash orqali ularni ishlab chiqarish 
vositalarining haqiqiy egalariga aylantirish. Mehnat kollektivlarining musta- 
qilligi huquqiy ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Sobiq Ittifoqdagi iqtisodiy islohotlarni inqirozga uchrashining asosiy sababi 
ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan hukumatning korxonalariga mustaqil 
xo’jalik yuritishga imkon bermaganligidir. Kolxoz va sovxozlarni isloh qilish 
yo’llari turlicha bo’lishi mumkin, lekin ularning asosiy maqsadi, erni o’z egasiga 
berishdan iboratdir. 
Ishlab chiqarishni hususiylashtirish tabiiy
 
ravishda mahalliy o’z-o’zini 
boshqarish tizimiga ham ta’sir ko’rsatadi. Hududiy korporativ mulkchilikni 
shakllantirish mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-texnik bazasini 
yaratadi, ya’ni xalqning o’zi turli yig’in referendumlarda qaysi boshqaruv organi, 
qanday masalalarni hal etishini belgilaydi. Aynan shu omil asosida, mahalliy 
moliyaviy struktura tashkil topadi, ya’ni moliyaviy zahiralar chet-eldagi banklarga 
emas, balki raqobat-bardosh tovarlarni ishlab chiqarishni moliyalashtirishga jalb 
etiladi. 
Yuqorida keltirilgan barcha iqtisodiy choralar jamiyatda ishchi, mulkdor, 
tadbirkor kabi mehnatga layoqatli o’rta qatlamni yaratishga qaratilgandir. Bu esa 
o’z navbatida ichki bozorni rivojlantirishning asosiy mezonidir

Mehnat va tabiat resurslaridan samarali foydalanish jamiyatdagi ahvolni 


111 
tubdan o’zgartirish imkonini beradi, ya’ni aholi turmush darajasini oshirish va 
xavsizligini ta’minlashga turtki bo’ladi. Mehnat jamoalari, mahalliy 
birlashmalarning daromad manbaining bo’lishi va moliyaviy resurslarning 
to’planishi turli hududlarning intellektual potentsialidan to’laroq foydalanish 
imkonini beradi. Shuning uchun ham, jamoalardagi o’z-o’zini boshqarish 
to’laligicha ma’muriyat zimmasiga yuklatilgandir. 
Bu muammo dunyo tajribasidan kelib chiqqan holda davlat mulkining bir 
qismini bosqichma-bosqich korporativ mulkka aylantirish orqali o’z echimini 
topishi mumkin. Davlat mulkini korporativ mulkka aylantirish oldingi iqtisodiy 
islohotlar davrida ham, keyingi xususiylashtirish jarayonida ham talab darajasida 
amalga oshirilmadi. 
Mulkchilikning ijara ko’rinishi korporativ mulkga o’tish-ning iqtisodiy asosi 
hisoblanadi. Ijara qishloq xo’jaligida juda samarali qo’llanilmoqda. Unda mehnat 
jamoasi davlatdan er va ishlab chiqarish vositalarini ijaraga oladi. Ijaraga oluvchi 
xo’jalik sub’ekti mulkni iqtisodiy mas’uliyat evaziga mustaqil tasarruf etish 
huquqiga ega. Ijaraga olish tajribasiga ega xo’jalik sub’ektlari mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarishda faolroq va ildamroq qatnashishmoqda. Bunday holat 
nafaqat markaz bilan pereferiyalar
 
o’rtasidagi munosabatlarni, balki boshqaruv 
tizimini tubdan o’zgartiradi, ya’ni boshqaruvda ma’muriy buyruqbozlik usulidan 
asta-sekin voz kechish imkonini beradi. Bu esa markaziy boshqaruv organlarining 
huquq va majburiyatlarini aniq belgilashni taqozo etadi. Buning natijasida 
jamiyatning siyosiy holatida ham tub o’zgarishlar yuz beradi, ya’ni huquq va 
majburiyatlar yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga belgilanadi.
Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy asos-siz hech qaysi davlat 
rivojlana olmaydi. Bu holat ayniqsa Sobik Ittifoq davlatlariga xosdir. Buning 
uchun har bir aholi punktidan markazgacha bo’lgan boshqaruv organlarining 
o’zaro munosabatlari tizimini o’zgartirish talab etiladi. Hududiy viloyat boshqaruv 
organlarining vakillari mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining roziligi bilan 
tashkil etilishi kerak. Hududiy boshqaruv apparati tuman, shaxar vakillar kengashi 
belgilagan vazifalarini bajarishi kerak. O’z navbatida vakillar kengashi esa mehnat 
birlashmalari tomonidan tartibga solinishi kerak. 
Boshqaruv quyidan yuqoriga bo’lganda, uning har bir bo’g’inining faoliyati 
ma’lum organlar tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa ularning aholi oldidagi 
mas’uliyatini oshiradi. Farb munitsipal menejmenti tajribasiga ko’ra mahalliy 
mehnat birlashmalarining boshqaruv apparati mahsus shartnoma asosida 
boshqaruvchi mutaxassislar tarkibidan tashkil topadi. Boshqaruv apparatining 
o’zgarishi boshqaruvchilarga o’z mutaxasisliklari bo’yicha boshqa bo’g’inda o’z 
faoliyatlarini davom ettirish
 
imkonini beradi. Bu esa boshqaruv apparati a’zosi 
bo’lishga bo’lgan intilishni ma’lum darajada pasaytiradi. 


112 
Yuqorida 
boshqaruv 
munosabatlarining 
byurokratiya, 
pora-xo’rlik, 
korruptsiya, mas’uliyatsizlik kabi unsurlariga barham berishga qaratilgan 
zamonaviy mexanizmi ko’rib chiqildi. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin