«Ijtimoiy menejment» fanining sillabusi


Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari



Yüklə 4,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/330
tarix24.10.2023
ölçüsü4,12 Mb.
#160566
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   330
Ijtimoiy menejment 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

11.2.Ijtimoiy resurslarning xususiyatlari 
 
Ijtimoiy resurslar barcha resurslarning yadrosi hisob-lanadi, undan 
foydalanmay turib boshqa resurslardan unumli foydalanib bo’lmaydi. 
Ijtimoiy resurslar bir qator o’ziga xos tomonlarga ega. Bu tabiiy
 
resurslar 
bilan taqqoslanganda yaqqol ko’rinadi. 
Birinchidan,
tabiiy resurslar emiriladi, ijtimoiy resurslar esa sezilarli 
darajada o’zgarmaydi. 
Ikkinchidan,
bu resurslar ishlatilgan sari kamayish emas, balki ko’payish 


106 
xususiyatga ega.
Uchinchidan,
 
tabiiy resurslarni uzoq saqlash imkoniyati bo’lsa, ijtimoiy 
resurslar uzoq vaqt foydalanilmagandan so’ng qadrsizlanadi. 
To’rtinchidan,
ijtimoiy resurslarning «etarlilik- etar-sizlik» mezonni ancha 
murakkab hisoblanadi va xozircha etarlicha ishlab chiqilmagan.
Beshinchidan

ular nafaqat xilma-xillik, balki o’zaro o’rinbosarlik 
hususiyatiga ham ega. 
Ijtimoiy resurslarning o’ziga xos hususiyatlaridan biri - bu ulardan to’g’ri 
foydalanish va optimallashtirish imkonini beradi. Bugungi kunda boshqarishning 
barcha tabaqalarida ijti-moiy resurslardan foydalanish darajasi juda past. Ayniqsa, 
mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari tomonidan motivatsion resurslardan 
foydalanish juda sust amalga oshirilmoqda. 
Tadqiqotlarga ko’ra, mahalliy aholining o’z atrofida sodir bo’layotgan 
voqealardan xabardorlik darajasi juda past. Boshqa resurslar ahvoli bundan yaxshi 
emas. 
Yukoridagilardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy resurs-lardan foydalanishni 
optimallashtirish eng dolzarb muammo-lardan biri bo’lib qolmoqda. 
Bu muammolarni xal etishda quyidagi printsiplarga asoslanish maqsadga 
muvofiq: 
a) komplekslilik printsipi; 
b) maqsadni amalga oshirish printsipi; 
v) manfaatlarni moslashtirish printsipi; 
g) ko’p darajali tahlil printsipi; 
d) me’yorlilik printsipi; 
Ko’p darajali tahlil printsipi korxona ko’lamini aniqlash orqali unga qaysi 
ijtimoiy resursdan foydalanish ko’proq naf keltirishini aniqlaydi. 
Maqsadni amalga oshirish printsipi, maqsadni aniq belgi-lash, muqobil 
variantlarni belgilash va ijtimoiy resurslardan optimal foydalanishni o’z ichiga 
oladi. 
Komplekslilik printsipi - barcha ijtimoiy resurslardan ko’p tomonlama 
foydalanishni ta’minlaydi. Manfaatlarni moslashtirish printsipining asosiy sharti 
bir birini rad etuvchi tendentsiyalarni neytrallashtirish. 
Me’yorlilik printsipining asosiy maqsadi ijtimoiy resurslardan foydalanishni 
boshqa maqsad, vazifalar va qadriyatlar bilan uyg’unlikda amalga oshirishni 
ta’minlash. 
Ijtimoiy resurslarning har birini qo’llash uchun aniq ijtimoiy texnologiya 
ishlab chiqish kerak. Masalan, motivatsion resurslardan foydalanish 3 bosqichda 
amalga oshiriladi: qadriyat-lar, qoidalar va motivlar. 
Odamlar sog’ligi, moddiy farovonlik, oila va oilaviy munosabatlar, ertangi 


107 
kunga ishonch kabilar mahalliy jamiyat-ning asosiy qadriyatlari hisoblanadi. 
Mahalliy xalq bu qadriyat-larga erishish uchun aktiv faoliyat yuritishlari mumkin. 

Yüklə 4,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   330




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin