Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra tolali optik aloqa
tizimlari
magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi.
Magistral tolali optik aloqa tizimlari signallarni 1000 km ga, zona tolali optik
aloqa tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar tolali optik aloqa tizimlari
shahar telefon tarmog‘ini bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki , signallarni
bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha
uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi.
Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentini
oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha)
zichlashtirishdir. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli
modulyatsiyali
(telefon, televideniye, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish
imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini
tashkil etishni ta’minlaydi[10].
Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu
usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 0,8....1,8 mkm
diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10
nm ni tashkil
etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: