O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Yoshlar bilan ijtimoiy ish texnologiyasi



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Yoshlar bilan ijtimoiy ish texnologiyasi
. Yoshlar bilan ijtimoiy ishning 
texnologiyasi- ijtimoiy xizmat ko‗rsatish texnologik omborining qismi bo‗lib, 
aholining ijtimoiy-demografik toifasining muammosi bo‗lmasdan, aynan yoshlar 
bizning mamlakatning kelgusi taqdirini belgilaydi. Ijtimoiy ishning paydo bo‗lishi 
birinchi navbatda yoshlar bilan ishlashda moddiy resurslarning cheklanganligi, 
ijtimoiy maishiy kuchli sferaning pasayishi, pionerlik va komsomol tashkilotlari 
faoliyatining tugatilishi sababli qiyinchilik tug‗dirdi, ammo ijobiy jihatlariga 
e'tibor bersak bolalar va o‗smirlarning bosh vaqtlari va dam olishini tashkil qilish, 
shuningdek ularning harbiy-vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyasining o‗sganini 
ko‗rish mumkin. Yoshlar bilan ijtimoiy ish O‗zbekiston Respublikasida yoshlarga 
oid davlat siyosati va aholiga ijtimoiy xizmat ko‗rsatish tizimi orqali amalga 
oshiriladi. 
O‘zini tekshirish uchun savollar? 


204 
 
1.
 
Ijtimoiy texnologiyalar deganda nima tushuniladi? 
2.
 
Ijtimoiy texnologiyalarning turlarini ayting va ularga tavsif bering . 
3.
 
Ijtimoiy ishda ijtimoiy texnologiyalarning o‗ziga xosligi nimadan iborat

4.
 
Ijtimoiy ishdagi texnologiyalar turlarining ayting va ularning mazmunini 
aniqlang . 
5.
 
Yoshlar bilan ishlashning asosiy texnologiyalari. O‗zbekiston 
Respublikasidagi ish tajribasi. 
 
8-Mavzu.Ijtimoiy ish nazariyasi va amaliyotida kasbiy layoqatlilik
1.
 
Ijtimoiy xodimlarning kasbiy ahamiyati
2.
 
Ijtimoiy xodimning kasbiy vazifalari 
3.
 
Ijtimoiy xodimlarning majburiyatlari va huquqlari 
 
1.
Zamonaviy ijtimoiy ish xususiyati yuqori darajadagi professionallikni 
talab qilib, bu mazkur sohaning amaliy faoliyatida mutaxassislarni kasbiy 
tayyorlash vositasida shakllanadi. Ma'lum ishchining professionalligi kasbiy 
shakllanishining uzoq jarayonida o‗zini namoyon qilishi natijasi bo‗lib, individual 
o‗ziga xosligi va sharoitlarning o‗ziga xosligi bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy soha bo‗yicha mutaxassisning kasbiy shakllanishi –bu maqsadli va 
uzluksiz rivojlanuvchi jarayon bo‗lib, ijtimoiy ish sohasida amaliy. Ta'lim va 
tadqiqot faoliyati bilan bog‗liq, insonda kasbiy bilimlar, ko‗nikma, malaka va 
shaxsiy sifatlar, kasbga malakaviy va axloqiy tamoyillarni shakllantirishga 
mo‗ljallangandir. Mazkur jarayon asosida ijtimoiy o‗zgarishlar nazariyasiga 
integral uslubiy yondashuv yotadi.
Mutaxassisning kasbiy shakllanishi professionallashuv jarayonining tarkibiy 
qismi bo‗lib, jamiyat va shaxs vositasida kasb to‗g‗risidagi ma'lum tushunchalar 
shakllanadi.


205 
Ijtimoiy ishdagi professionallashuv funksional ahamiyatga ega bo‗lgan 
ixtisoslashgan mashg‗ulotlar sifatida ijtimoiy ishga xos kasbning asosiy belgilarini 
bosqichma-bosqich shakllantirishni namoyon qiladi. Ular quyidagilar: 
birinchidan, ijtimoiy xodimlar uchun yangi ish joylarini yaratuvchi yangi 
turdagi muassasalar va ularning faoliyatini tartibga soluvchi me'yorlarni 
tasdiqlashda;
ikkinchidan mazkur mutaxassislarni tayyorlashni amalga oshiruvchi o‗quv 
muassasalari tarmog‗ini yaratishda;
Uchinchidan, ijtimoiy ish sohasida amaliy faoliyatni nazariy asoslovchi fan 
tarmoqlarining paydo bo‗lishida.
Kasbiy tayyorlash tizimi shakllanib, assotsiatsiya, bosma nashrlar ta'sis 
etilib. Axloq kodeksi yaratilgandan so‗ng jamiyatda faoliyat shakli sifatida kasb 
paydo bo‗lgani to‗g‗risida gapirish mumkin.
Rossiya 
jamiyatida 
ijtimoiy 
ishning 
professionallashuvi 
uning 
institutsionallashuvi bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, G‗arbiy yevropa va AQSh 
ga qaraganda qariyb yuz yildan so‗ng paydo bo‗ldi.
Moddiy yordam ko‗rsatishga yo‗naltirilgan xayriya faoliyati muhtojlarga 
ixtiyoriy va beg‗araz mulk, pul, ishni ko‗rsatishda aks etadi. Insonda xayriya 
faoliyatini takomillashtiruvchi asosiy motiv faqatgina diniy emas balki manaviy 
asoslarga ega bo‗ladi. Qayd etish kerakki bu tashqi majburlov natijasi emas, balki 
ixtiyoriy va aqliy faoliyat bo‗ladi.
Ijtimoiy ishda institutsionallashuv O‗zbekistonda tartibli xarakterga ega va 
kasbning tarkibini tashkil etuvchi ham xalqaro standartlarga va o‗zining aholini 
ijtimoiy himoya qilishning tarixan shaklangan turlariga asoslanadi.
2.
Kasbiy lug‗atlarda ijtimoiy xizmat bo‗yicha mutaxassisning lavozim 
majburiyatlariga quyidagilar kirishi ko‗rsatilgan: yordamga muhtoj insonlarni 
aniqlash, muammoni hal qilishga yordam berish va ijtimoiy himoyani ta'minlash, 
ijtimoiy; oilaviy tarbiyada yordam berish va voyaga yetmagan bolalari bor ayollar, 
nogiron va nafaqaxo‗rlarning uy mehnati bo‗yicha mehnat shartnomalarini tuzish, 


206 
oila va nikoh bo‗yicha psixologik va pedagogik maslahatlar o‗tkazish, asotsial 
ahloqli voyaga yetmagan bolalar bilan tarbiyalash ishlari. 
Bundan tashqari mutaxassis ixtisoslashgan o‗quv-tarbiya muassasalari va 
ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan shaxslarni ijtimoiy moslashuvi va 
sog‗lomlashtirish bo‗yicha ishlarni tashkil etadi, oila, yoshlar, o‗smirlar va bolalar 
markazlari, klub va assotsiatsiyalarni yaratish bo‗yicha faoliyatda ishtirok etadi.
Yordamni tashkil etish va amalga oshirish bilan bir qatorda mutaxassis 
mijozning o‗z kuchini rivojlantirishni rag‗batlantirib, turli tashkilotlarda uning 
manfaatlarini aks ettiradi, ijtimoiy muammolar mavjudligi to‗g‗risida hokimiyat 
organlari va boshqarmalariga xabar beradi, ularning hal qilish uchun yordam 
ko‗rsatadi.
Mutaxassisning kasbiy majburiyatlari uning ahamiyatiga asoslanib, u 
ijtimoiy advokat, vositachi, ijtimoiy pedagog, maslahatchi, mijoz mobilizatori, 
ijtimoiy xizmat faoliyatining tashkilotchisi, ekspert sifatida qatnashadi. Mijoz o‗z 
vazifalarini ijtimoiy ish muassasalari, korxona va tashkilotlar, ta'lim, madaniyat va 
tibbiyot muassasalari, uy va kichik tumanlarda ishlab bajaradi, shuningdek xususiy 
amaliyot bilan shug‗ullanadi. Mutaxassis faoliyati uning kasbiy faoliyatida 
professional vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan ma'lum operatsiyalar 
yig‗indisini aks ettiradi. Uning faoliyati mazmuni bo‗yicha quyidagilarga 
bo‗linadi:

Vositachilik vazifasi 
(
yordamni ta'minlash vaboshqaruv organlari, boshqa 
ijtimoiy muassasalarda muammolarni hal qilishda qatnashish),

Huquqiy himoya vazifasi (mijoz huquqini himoya qilish va unga yordam 
ko‗rsatish uchun qonunlar va boshqa huquqiy hujjatlardan foydalanish),

Axborot vazifasi (ijtimoiy ishto‗g‗risida axborotlar bilan ijtimoiy 
yordamga muhtojlarni ta'minlash ),

Ruhiy. Pedagogik, ijtimoiy-tibbiy, ijtimoiy-maiishiy vazifa (aholining 
turli toifalariga yordam zarurligini aniqlash va mos yordamni ko‗rsatish)
Texnologiyalar foydalanilishiga ko‗ra quyidagilarga bo‗linadi:


207 

Tashxislash vazifasi 
(
ijtimoiy tashxisni qo‗yish, guruh yoki individning 
muammolari mazmunini aniqlash),

Bashoratlash vazifasi (ijtimoiy jarayonlar rivojlanishini bashorat qilish va 
ijtimoiy axloqning modellarini ishlab chiqish),

Profilaktik vazifa

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin