O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

 
Nazorat uchun savollar 
 
1.
Ijtimoiy ish bo‗yicha mutaxassis kasbi qachon kiritildi ? 
2.
Ijtimoiy xodimlarning lavozim majburiyatlarini ayting. 
3.
Ijtimoiy hizmatlar bo‗yicha mutaxassis qanday shaxsiy sifatlarga ega 
bo‗lishi kerak? 
67
Ижтимоий ходимнинг касбий муҳим сифатлари. ref-24217.zip. 


211 
4.
Ijtimoiy ish bo‗yicha mutaxassisning kasbiy layoqati mezonlarini 
aniqlang. 
 
 9-Mavzu . Ijtimoiy ishning axloqiy-insonparvar manbalari. Ijtimoiy 
xodimga ma'naviy-axloqiy talablar
1.
 
Insonparvarlik tarixiy o‗zgaruvchi qarashlar tizimi
2.
 
Ijtimoiy ish nazariyasida insonning hayotiy makoni va vaqti
Insonparvarlik 
14-16-asrlarda 
adabiy-falsafiy 
va 
madaniy 
harakat 
sifatida.Insonparvarlik tamoyillari va axloq me'yorlarining o‗zaro aloqasi.
Insonparvarlik tarixiy o‗zgaruvchi qarashlar tizimi sifatida insonning shaxsi, uning 
huquqi erkinligi, baxti, rivoji va o‗z qobiliyatlarini namoyon qilishi sifatida o‗z 
qadrini tan olinishidir. Ijtimoiy adolatlilik tamoyillari va tengsizlik muammosi, 
jamiyatning tabaqalanishi. Insonparvar g‗oyalar tashuvchisi sifatida ijtimoiy 
xodimning ahamiyati. 
Ijtimoiy ishning axloqiy asoslari va davlat tomonidan belgilangan inson 
huquqlarini amalga oshirish chegarasi. Axloqiy boshqarishning asosiy tamoyillari. 
Xudbinlik va altruizm – hayotiy yo‗nalish tamoyillari. Burch muammosi ijtimoiy 
xodim kasbiy faoliyatini harakatlantiruvchi mexanizm sifatida. Ijtimoiy xodimning 
shaxsiy sifatlari, uning o‗z qadrini bilishi, o‗zini nazorat qilish qobiliyati
Inson ijtimoiy ish ob'ekti va sub'ekti sifatida. Ijtimoiy ish nazariyasi va 
amaliyoti uchun prinsipial ahamiyatga ega organik yagona biogen, psixogen va 
sotsiogen element sifatida inson muammolarini maqsadli tushunish. Ijtimoiy 
xizmat insonning tabiatga munosabatisiz va dunyoqarashisiz o‗z vazifalarini 
samarali hal qila olmaydi.
Inson dunyoni anglashda hayot maqsadlari va o‗ylari to‗g‗risidagi 
tasavvurlar, uning qarashlari katta o‗rinni egallaydi. Hayot qadri shaxs va 
jamiyatning mos kelishi, shaxs va jamiyatning hayotiy maqsadlari mosligiga 
bog‗liq bo‗lib, jamiyat tuzilishi xususiyati va shaxsning individual xususiyatlari 
ba'zan qarama-qarshi bo‗lishi mumkin. Ammo shaxsni jamiyatning qarama-


212 
qarshisiga qo‗yish doimo o‗zini oqlamaydi. Shaxs va jamiyat ajralmasdir, – qad 
etadi V.Solovyov, –ular bir-birini talab qiladi.
Ijtimoiy xizmat strategiyasi inson, uning maqsadi, universalligi va 
individualligini o‗rganishdan iborat. Amaliyotda ijtimoiy xizmatning ko‗pgina 
modellari yordam ko‗rsatishning texnologik jihatlariga asoslanadi. Ijtimoiy ishning 
samaradorligi insonning hayot faoliyati maqsadlari, uning iqtisodiy, ijtimoiy-
psixologik omillar ta'sirida o‗zgarishiga bog‗liq. Inson dunyosini shakllantirish- 
murakkab bilash jarayoni, dunyoqarashlarni ijodiy o‗zlashtirish, ijtimoiy sifatlar, 
jamiyat tomonidan yaratilgan bilim va ko‗nkmalarni egallashdir.
Insonning faol, ijodiy tabiati turlicha o‗zgaradi va ijtimoiy xizmatning 
nazariyasining turli modellarida va amaliy tashkil etishda hisobga olinadi. Insonni 
shaxs sifatida tushunish insonparvar psixologiya rivojlanishiga sabab bo‗ldi.
(K.Rodjers, A.Maslou, V.Frankl .). Anglashning barcha yo‗llari ijtimoiy madaniy 
fenomen eng avvalo insonni turli tomondan o‗rganishda foydalanilgan.
Insonparvarlik hayotiy faoliyat shakli va ijtimoiy ish asosidir. Insonparvarlik 
inson turmushi va dunyosining ontologik shakllaridan biridir. Insonparvarlik 
insonlarni sevish, inson qadriga hurmat sifatida ko‗rib chiqilib, inson 
imkoniyatlarining fundamental asosidir.
Insonparvarlik dunyoqarash tizimi va qarashlar yig‗indisi sifatida uning turli 
tariflari asosida yotadi. Fundamental ontologiya nuqtai nazaridan insonparvarlik 
nimagadir nisbatan birinchi bo‗lmasligi mumkin.
Insonparvarlik 
g‗oyalarining 
rivojlanishida 
o‗rta 
asr 
sharq 
mutafakkirlarining ilmiy ishlari katta o‗rin tutadi.
O‗rta asr yaqin va o‗rta sharq olimlari xudo va inson, inson va tabiat 
munosabatlari muammosini ishlab chiqishga katta ulush qo‗shishgan.
«Inson, – deydi Beruniy, – bilim. Tajribasiz, haqiqatni yolg‗ondan 
ajratishni o‗rganmasdan nimagadir e'tiqod qila olmaydi.»
68

Yirik o‗rta sharq olimi Abu Ali Ibn Sino bunga katta ulush qo‗shgan. U 
o‗zining ―ko‗rsatmalar va o‗gitlar‖ asarida shunday yozadi: individuum, o‗zini 
68
Абу Райхан Беруний Танланган асарлар. 1-5. – Ташкент. 1971-1975. 


213 
inson deb hisoblashga nisbatan yuqori bo‗lishi kerak.Odatda inson to‗g‗risida 
o‗ylanganda uning tanasi, tashqi organlari ko‗z oldiga keladi. Ammo olim 
aytadiki insonning mohiyatini kuzatishlar asosida belgilaydi.
69

Forobiy o‗z asarlarida inson va uning tarbiyasi muammosiga turlicha 
yondashgan. Aynan bu muammolar uning falsafiy tizimi tarkibini tashkil etadi. 
Podobno tomu, kak logika doljna ob'yasnyat prinsipы chelovecheskogo 
poznaniya, govoril on, etika doljna ukazыvat osnovnыe pravila povedeniya 
cheloveka. Velikiy ensiklopedist utverjdal, chto tolko chelovecheskiy razum 
reshaet, chto xorosho i chto ploxo
70

Forobiy fikricha tarbiya jarayoni tajribali o‗qituvchi tomonidan 
boshqariladi. Yo‗naltiriladi.U shunday 
yozadi : «Individning turli 
xususiyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, har bir inson baxt va moddiyatni 
o‗zicha tushunadi. Buning uchun o‗qituvchi va murabbiy talab qilinadi.».
Ibn Sina yoshlarni tarbiyalash va o‗qitishda o‗qituvchining ahamiyatiga 
katta e'tibor beradi. U o‗qituvchi shaxsiga bir qator talablarni shakllantiradi: 1. 
o‗qituvchi bolalar bilan muloqotda me'yorga rioya qilishi kerak; 2. o‗qituvchi 
o‗quvchining hayotiga katta e'tibor berishi kerak; 3. o‗qitish jarayonida o‗qituvchi 
bolalar bilan ishlashning turli usullari va shakllarini qo‗llashi kerak; 4. o‗qituvchi 
har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olishi va o‗z ishidan qoniqishi 
kerak. 
Olim o‗qituvchidan uning fikrlari barcha uchun tegishli bo‗lishini talab 
qiladi. Har bir so‗z mimika va harakat bilan ifodalanishi kerakki, bolalarda hissiy 
jalb qila olish kerak. Insonparvar pedagogik madaniyat g‗oyalarining paydo 
bo‗lishi yirik sharq ma'rifatparvari Alisher Navoiy ijodi va ilmiy faoliyati bilan 
bog‗liqdir. Uning mahalliy madaniyat sohasidagi faoliyati turlicha: o‗zbek 
adabiyotining asoschisi, mutafakkir, olim, rassom, bastakor, davlat arbobi. 
Navoiy g‗oyalari yuqori insonparvarligi bilan ajralib turadiyu U insonni 
jahondagi oliy mavjudot deb atab, bola oilaga xursandchilik olib keladi deb 
69
Ф. Сулаймонова Шарк ва Гарб. – Тошкент. 1997. 
70
Абу Наср Фароби Фозил одамлар шаҳри. Ташкент: Ибн Сино. 1997. 


214 
hisoblaydi. U qayd etadiki, bolani yaxshi yoki yomon deb ajratish mumkin emas, 
shuning uchun bunda o‗qituvchining ahamiyati kattadir. O‗qituvchi faqatgina 
bilimini takomillashtirmasdan balki barchaga namuna bo‗lishi kerak.
71

Navoiy insonning muhim sifatlaridan biri deb mehnatsevarlikni biladi. 
Mehnat insonni yuksaltiradi va mexnat orqali inson ma'lum darajaga erishadi.
Insonparvarlik hayot faoliyati shakli sifatida insonparvarlik va 
noinsoniylik, yaxshilik va yomonlik. Erkinlik va zo‗ravonlik, munosabatlarining 
yig‗indisida kuzatiladi. Insoniylik, g‗amxo‗rlik. Sevgi, hurmat, mas'uliyatlilik, 
axloqiy qonun, burch tushunchalarida namoyon bo‗ladi. 
Anglash tizimi sifatida insonparvarlikning falsafiy asoslaridan biri qadr-
qimmat tushunchasidir.
Insoniy bilishning gumanistik xususiyati jamiyatni demokratik tashkil etish 
tuzilmalarida namoyon bo‗lib, faqatgina sharoitni bartaraf etishga tayyorlik 
emas,balki kasallikka olib keluvchi sabablarni tugatishni aks ettiradi.
Shaxslararo va guruhlararo munosabatlarda insonparvarlik darajasi tarixan 
yuksaldi. Insonparvarlikning ijtimoiy sharoitidan tashqari ma'lum sotsio biologik 
va shaxsiy asoslar to‗g‗risida ham gapirish mumkin bo‗lib, insonparvar 
dunyoqarashni qabul qilish yoki qabul qilmaslikda ko‗rinadi. Bunda gap altruzim 
va xudbinlik to‗g‗risida boradi. Altruizm- insonning hayotiy yo‗nalganlik tamoyili 
bo‗lib, insonning boshqa insonlar farovonligi to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilishiga 
asoslangan bo‗lib, altruist uchun o‗z manfaatidan boshqalarniki ustun turadi. 
Xudbinlik – insonning o‗zi to‗g‗risida qayg‗urishiga asoslangan hayotiy 
yo‗nalganlik tamoyilidir, bunda xudbin boshqalarning manfaat va ehtiyojlarini 
buzgan holda o‗z ehtiyojlarini qondirish to‗g‗risida o‗ylaydi.
Ijtimoiy ishning insonparvar asoslari. Ijtimoiy xizmat boshqa kasblarga 
qaraganda axloqiy tanlov va etik axloq doirasida joylashadi. Shuning uchun 
bunday omillar inson axloqini jamiyat axloqi kabi tartibga solish, individual 
axloqiy nazorat ijtimoiy ishning axloqiy tartibga soluvchisi bo‗ladi. Jamiyat 
71
А. Навоий Хайрат ул – Аброр. – Тошкент: Янги аср авлоди. 2009. 


215 
axloqiga yagona talabdan tashqari ijtimoiy xizmat maxfiylik va bag‗rikenglik kabi 
kasbiy etika tamoyillari bilan ham tartibga solinadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin