O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/105
tarix24.10.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#160595
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta\'lim vazirligi m

Tana salohiyati
(sog‗likning jismoniy jihati ) – sog‗likning jismoniy 
holatini rivojlantirish qobiliyati,. 
Jamiyat salohiyati
(sog‗likning ijtimoiy jihati ) – insonning ijtimoiy 
sharoitlarga optimal moslashish qobiliyati, kommunikativ layoqatlilik darajasini 
doimiy oshirib borish, barcha insoniyatga tegishli tuyg‗ularni yaratish. 
Yaratuvchilik salohiyati
(sog‗likning ijodkorlik jihati ) – insonning 
cheklangan bilimlari doirasidan chiqib, hayot faoliyatida ijodkorlikni aks ettirishi,
Axloqiy salohiyat
(sog‗likning axloqiy jihati ) –insonning axloqiy tabiatini 
rivojlantirish qobiliyati . 


222 
Salomatlikning mohiyati– bu individning hayotiy qobiliyati bo‗lib, hayot 
qobiliyati darajasini miqdorini belgilaydi. Bunday miqdoriy bahoning zaruriyati 
mashhur jarroh akademik. N.M.Asomov tomonidan ko‗rsatilgan. Uning fikricha 
sog‗lik miqdorini asosiy funksional tizim zaxira quvvati miqdori kabi aniqlanadi. 
Bu zaxira quvvati zaxira koeffitsienti ham deb nomlanib, o‗zida funksiyaning 
maksimal darajasining me'yoriy miqdoriga nisbatini aks ettiradi.
2.Sog‘likni belgilovchi omillar
sog‗liqni mustahkamlovchi (salomatlik 
omillari) va uning yomonlashtiruvchi (xatar omillari) ga bo‗linadi.
Barcha omillarning ta'sir ko‗rsatish sohasiga ko‗ra ular to‗rtta asosiy 
guruhga birlashtirilgan: 1) turmush tarzi omillarifaktorы obraza jizni (umumiy 
ta'sirning 50%); 2) tashqi muhit omillari (umumiy ta'sirning 20%); 3) biologik 
omillar(irsiyat) (umumiy ta'sirning 20%); 4) tibbiy xizmat ko‗rsatish omillari
(umumiy ta'sirning 10%). 
Sog‗liqni mustahkamlovchi turmush tarzining asosiy omillariga quyidagilar 
kiradi: yomon odatlarning yo‗qligi; ratsional ovqatlanish; adekvat jismoniy 
yuklamalar ; sog‗lom ruhiy muhit; o‗z sog‗ligiga e'tiborli bo‗lish; oila qurish va 
farzand ko‗rishga yo‗naltirilgan jinsiy axloq . 
Sog‗likni yomonlashtiradigan turmush tarzining asosiy omillari quyidagilar: 
chekish, alkogol, giyohvandlik, toksikomaniya, dori vositalaridan noto‗g‗ri 
foydalanish, ovqatlanishda miqdor va sifat munosabatlarining buzilishi, 
gipodinamiya, giperdinamiya; stress holatlari; tibbiy faoliyatning yetishmasligi; 
jinsiy kasalliklar va rejalashtirilmagan homiladorlikka olib keluvchi jinsiy axloq. 
Sog‗likni belgilovchi asosiy tashqi muhit omillari: ta'lim va mehnat 
sharoitlari, ishlab chiqarish omillari, moddiy-maishiy sharoit, iqlim va tabiiy 
sharoit, atrof muhitning tozalik darajasi. Asosiy biologik omillar irsiyat, 
organizmning yosh, jins va konstitutsional xususiyatlaridir. Tibbiy yordam omillari 
aholiga tibbiy xizmat ko‗rsatish sifati bilan belgilanadi.
3
. Turmush tarzi- bu inson hayot faoliyatining ma'lum shaklidir. Turmush 
tarzi uning mehnat faoliyati, bo‗sh vaqtdan faoydalanish shakllari, moddiy va 
manaviy ehtiyojlarni qondirish, jamiyat hayotiga qatnashish, axloq me'yor va 


223 
qoidalarini qamrab olgan insonning kundalik hayot xususiyatlari bilan 
xarakterlanadi. 
 
Turmush tarzini tahlil qilganda faoliyatning turli shakllari ko‗rib chiqiladi : 
kasbiy, ijtimoiy, ijtimoiy-madaniy, maishiy va boshqa. Ijtimoiy, mehnat va 
jismoniy faoliyat asosan o‗rganiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarning katta 
darajasida turmush tarzi ma'lum insonning faoliyat motivlari, uning ruhiyati 
xususiyatlari, sog‗ligining holati va organizmning funksional imkoniyatlariga 
bog‗liq bo‗ladi. Bu ayniqsa turli insonlarning turmush tarzi ko‗p qirrali ekanligi 
bilan tushuntiriladi.
Inson turmush tarzini belgilovchi asosiy omillar quyidagilar: insonning 
umumiy madaniyat darajasi, ta'lim darajasi, hayotining moddiy sharoiti, yosh va 
jins xususiyatlari, inson konstitutsiyasi, sog‗lik holati, ekologik muhit, ish, 
kasbining xususiyati, oilaviy munosabatlar va oilaviy tarbiya xususiyatlari, inson 
odatlari, biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari
Hayot tarzi va inson salomatligi o‗zaro aloqasi sog‗lom turmush tarzi 
tushunchasi sanaladi.
Sog‗lom turmush tarzi inson salomatligi va rivojlanishi uchun eng yaxshi 
sharoitlarda kasbiy, ijtimoiy va maishiy vazifalarni bajarishga xos bo‗lgan 
narsalarni birlashtiradi.
Sog‗lom turmush tarzi sog‗likni mustahkamlash va rivojlantirishga 
mo‗ljallangan inson faoliyatining belgilangan yo‗nalishini aks ettiradi. Bu shaklda 
sog‗lom turmush tarzi uchun turli kasalliklar paydo bo‗lishini oldini olish uchun 
kuchlarni birlashtirish muhimdir: ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik bilan 
kurash, noto‗g‗ri ovqatlanish, ziddiyatli munosabatlar, sog‗lom turmush tarzi 
shakllanishi va inson hayotining turli tomonlarini aks ettiruvchi ko‗p qirrali 
tendensiyalarni ajratish va rivojlantirish muhim.


224 
So‗nggi yillarda sog‗lik hayot sifati bilan yanada ko‗proq bog‗lanmoqda. 
Hayot sifati deganda individning hayotiy muhim tomonlari va ehtiyojlarini 
qondirish, biologik va ijtimoiy hayotda faolliga imkoni beruvchi sharoitlar 
mavjudligi tushuniladi. Bu tushuncha hayot sifati tushnchasining sub'ektivligini 
qayd etib, o‗z ichiga hayotning ham ijobiy ham salbiy jihatlarini oladi. Hayot 
sifatining asosiy parametrlari quyidagilar: 

Jismoniy va ruhiy harakat qilish, moddiy hayot (daromad, uy).

Ijtimoiy munosabatlar, manaviy hayot (kelajakka mo‗ljallangan, diniy, 
individual e'tiqod)

Atrof muhit mustaqilligi darajasi
Hayot sifatini pasaytiruvchi turmush tarzi va sharoiti omillari bevosita 
biologik va stress ta'sirni ko‗rsatadi. Stress kuchi individning o‗z taqdirini 
belgilashda imkoniyatlari kamligi va cheklanganligi sharoitida katta bo‗ladi. Bu bir 
qator sabablar bilan bog‗liq: yaqin insonini yo‗qotish, jismoniy yoki ruhiy 
zo‗ravonlik, o‗zining yoki yaqinlarining og‗ir kasalligi, ish joyini yo‗qotish xavfi 
va ishsizlik. Ishlab chiqarishdagi va oilaviy nizolar. Tabiiy va texnogen ofatlar.
Inson salomatligi uchun xavf tug‗diruvchi biologik omillarga ortiqcha tana 
massasi, gipodinamiya. Noto‗g‗ri ovqatlanish, ruhiy yoki jismoniy zo‗riqishlar, 
alkogol, tamaki iste'moli kiradi. Sog‗liq uchun yuqori xavf tug‗diruvchi insonlar 
gurug‗iga quyidagilar kiradi: 

Yaqin insonidan ayrilgan, oilasi buzilgan shaxs; 

Notinch oilalarning bolalari.

Jismoniy, ruhiy va jinsiy zo‗ravonlik qurbonlari; 

Davriy somatik va og‗ir ruhiy kasalga chalingan insonlarning 
yaqinlari ye; 

Uysizlar, ishsizlar va qashshoqlar; 

Yopiq turdagi muassasalardagi shaxslar (internat, qamoqxona.). 
Millat sog‗ligini baholash uchun umumiy salomatlik tushnuchasidan 
foydalaniladi. Umumiy salomatlik aholining sog‗lomlik darjasi, kasalliklar. 


225 
Ayniqsa ijtimoiy kasalliklarning tarqalganligini, o‗z joniga qasd qilishni 
xarakterlaydi (yuqumli, ruhiy, alkogolizm va narkomaniya,). 
Aholi salomatligi ham alohida individ, ham butun jamiyat va davlat uchun 
eng katta boylik sanaladi. Davlatning millat sog‗ligiga munosabatining asosiy 
ko‗rsatkichlari orasida ekologik holat, ishlab chiqarishda hayot faoliyati 
xavfsizligini ta'minlash bo‗yicha xalqaro standartlarga rioya qilish, fuqarolar 
sog‗ligi masalasida qonunchilikka rioya qilish, tibbiy va ijtimoiy-sog‗lomlashtirish 
yordamidan foydalanish va uning sifati mavjud.
Sog‗lom turmush tarzining ilmiy asoslari valeologiyaning asosiy 
qoidalaridan iborat. Valeologiya (lotincha sog‗lomlashtirish) o‗zida sog‗likni 
saqlash va mustahkamlashda ilmiy bilimlar yig‗indisini aks ettiradi. Bu nisbatan 
yangi ilmiy-pedagogik yo‗nalish bo‗lib, aholi ayniqsa yoshlarni sog‗lomlashtirish 
zaruriyati bilan paydo bo‗ldi. Bugungi kunda valeologik bilim jismoniy madniyat 
o‗quv fanlari dasturiga kiritilgan.
Valeologiyaning asosiy qoidalariga muvofiq insonning turmush tarzi uning 
qanday yashashnini belgilovchi hayot usulini aks ettiradi.
Sog‗lom turmush tarzining asosiy ijtimoiy tamoyillari quyidagilar: turmush 
tarzi estetik bo‗lishi kerak, turmush tarzi axloqiy bo‗lishi kerak, turmush tarzi 
irodali bo‗lishi kerak.
Turmush tarzining asosiy biologik tamoyillari quyidagilar: turmush tarzi 
yosh bo‗yicha bo‗lishi kerak, turmush tarzi harakatchanlikni ta'minlashi kerak, 
turmush tarzi mustahkam bo‗lishi kerak, turmush tarzi uyg‗un bo‗lishi kerak.
Sog‗lom turmush tarzining ijtimoiy va biologik tamoyillari mohiyatini tahlil 
qilib, ko‗rish mumkinki. Ularning ko‗pchiligiga rioya qilish insonning jismoniy 
madaniyatini shakllantirish uchun shart sanaladi.
Talaba yoshlar turmush tarzi o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib. yosh 
xususiyati, o‗quv faoliyatining o‗ziga xosligi, maishiy, dam olish va boshqa 
omillarga bog‗liq bo‗ladi. Talabalar sog‗lom turmush tarzining asosiy elementlari 


226 
quyidagilar; mehnat, dam olish, ovaqtlanish, uxlash tartibini belgilash, sanitar-
gigienik talablarga javob breuvchi toza havoda bo‗lish, harakat faolligining 
individual maqsadli tartibini tashkil etish yo‗li bilan jismoniy mukammalikka 
erishish;shaxs sifatida rivojlnishga ta'sir ko‗rsatuvchi mazmunli bo‗sh vaqt, o‗zini 
buzuvchi axloqiy hayotdan voz kechish (kashandalik, alkogol, giyog‗vandlik, 
gipodinamiya), jinsiy axloq madaniyati, shaxslararo munosabat va jamaodagi 
axloq, o‗zini boshqarish va o‗zini tashkil qilish. Hayotda manaviy, ruhiy 
uyg‗unlikka erishish, organizmni chiniqtirish va uni tozalash.
Optimal harakat faolligi muhim ahamiyatga ega. Sog‗lik va faol harakat bu 
bugungi kundagi yaqin tushunchalardir. Zamonaviy jamiyatda, ayniqsa katta 
shaharlarda jismoniy madaniyatdan tashqari harakat faolligini sun'iy oshirish va 
sog‗liqni mustahkamlash uchun deyarli boshqa vosita qolmadi. Jismniy mashqlar 
jismoniy mehnatda, zamonaviy insonning harakat faolligidagi kamchiliklarni 
to‗ldirishi kerak. Ko‗pgina odamlar jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanishga 
xoxishlar yo‗q bo‗lib. ular buni vaqt yetishmasligi bilan izohlaydilar. Shu o‗rinda 
quyidagi hikmatli so‗zni keltirib o‗tish zarur: «Sport bilan shug‗ullanishga qancha 
kam vaqt sarflasang, davolanishga shuncha ko‗p vaqt talab etiladi». 
20-asr insonlarga elektr, radio, televideniya, zamonaviy transport va boshqa 
ko‗plab boyliklarni berdi. Tibbiyot insonni yuqumli kasalliklardan xalos qilib, 
ko‗pgina kasalliklarni davolash uchun vosita va usullarni berdi. Shu bilan birga 
joriy asr harakat faolligining kamayishi, asabiy-ruhiy va boshqa stresslarning 
ko‗payishi, atrof muhitning kimyoviy ifloslanishi va boshqa salbiy hodisalarga olib 
keldi. Hayotning o‗zida sezilarga o‗zgarishlar paydo bo‗ldi.
Yana bugungi kun bilan taqqoslaganda inson oldin hayoti uchun zarur 
bo‗lgan barcha narsani zi tayyorlagan (yoqilg‗i, ovqat zaxiralari).). Iste'mol og‗ir 
jismoniy mehnat va tabiiy kuchlar bilan kurash asosida bo‗lib, inson o‗zini tiklash 
to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilgan. Bugungi kunda inson o‗z sog‗ligi to‗g‗risida doim 
ham qayg‗urayotgani yo‗q. Inson o‗z sog‗lining faqat iste'molchisi bo‗lmoqda, 
yaratuvchisi emas.


227 
O‗zining ishlab chiqarish faoliyatida ekologik muammolar paydo bo‗lib. 
inson tabiatning bir qismi ekanligini unutdi va endi bor kuchini uni saqlashga 
yo‗naltiradi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin