105
8-bob. BOZOR VA TAVAKKALCHILIK
8.1. Noaniqlik sharoitida tanlov
Kelajakka
taalluqli
har
qanday
harakat
noaniq
natijaga
ega.
Daromadlarimizning bir qismini bankka depozitga joylashtirganimizda bankdan pulni
qaytarib oladigan davrda uning xarid quvvati qancha b o‘lishini bilmaymiz,
negaki
o‘tadigan davr oralig‘ida inflyasiya sur'atlari qanchalik o‘sishi bizga noma'lum. Yoki
biror maqsadda bankdan uzoq muddatli kredit olib, uni kelgusida oladigan
daromadlarimizdan
qoplashni
rejalashtiramiz.
Ammo
kelgusida
oladigan
daromadlarimiz har doim ham aniq bo‘lavermaydi.
Bugun xarid qilingan aksiyaning bo‘lg‘usi qiymati ham bizga noma'lum,
chunki biz aksiyasini xarid qilgan aksiyadorlik
kompaniyasining kelgusidagi
moliyaviy holati, obro‘-e'tibori va dividend siyosati fond bozorlarida aksiya
qiymatiga kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Tadbirkorlik faoliyati — tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan amalga
oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda)
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat. Demak, tadbirkorlikka
yoki daromad olish
uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga
bog‘liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik,
noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat.
Noaniqlik sharoitida iste'molchilar
tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va
bu qabul
qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan
bog‘liq
bo‘lishi
mumkin.
Noaniqlik
cheklangan
resurslarni
samarasiz
taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi.
Shu vaqtgacha biz barcha ko‘rsatkichlar (narx, iste’molchi
daromadi, ishlab
chiqarilgan mahsulot miqdori, olinadigan foyda, xarajatlar) aniq berilgan deb keldik.
Lekin, real hayotda bozor sub’ektlari tomonidan qabul qilinadigan qaror noaniqliklar
bilan bog‘liq. Ma’lumki, to‘g‘ri qaror qabul qilishning asosiy sharti - bu axborot.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot bo‘lmaganda
qaror
qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida axborot to‘liq bo‘lmasa,
qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo‘qotishlarga olib keladi.
Ushbu yo‘qotishlar
Dostları ilə paylaş: