140
chiziqlaridagi
A
,
B
,
C
nuqtalardan keyingi ishlab chiqarish
nuqtalarida har bir
qo‘shimcha sarflangan ishlab chiqarish omili (mehnat sarfi), ishlab chiqarish hajmini
kamaytiradi.
Ishlab chiqarish egri chiziqlarining o‘ngga yuqoriga siljishi ushbu qonunni
ishlashini ma’lum ma’noda sezdirmaydi.
Xuddi mana shu holat, ya’ni
mahsuldorlikning kamayish qonunini qisqa muddatli orliqdagi va uzoq muddatli
oraliqdagi (texnologiyalarning takomillashuvi sharoitida)
ishlash mohiyatidagi
anglashmovchiliklar ingliz iqtisodchi olimi Tomas Maltusni (1766-1834) yer sharida
aholining uzuluksiz o‘sishi kelajakda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkinligi
to‘g‘risidagi bashoratiga sabab bo‘ldi. Maltusning ushbu
bashorati asosida omil
mahsuldorligining kamayish qonuni yotadi. Maltus yer sharidagi qishloq xo‘jaligida
ishlatiladigan yerlarning nisbatan cheklanganligi va unda mehnat qiladigan aholining
o‘sib borishi pirovardda mehnat unumdorligini kamayishiga olib keladi va
cheklangan yer oshib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan yetarli darajada ta’minlay
olmaydi, deb faraz qiladi, ya’ni chekli va o‘rtacha mahsuldorlikning kamayishi bilan
aholining o‘sib borishi umumiy ocharchilikka olib keladi.
Ma’lumki, Maltus xatoga yo‘l qo‘yadi (lekin, uning
mehnat unumdorligining
kamayish to‘g‘risidagi fikri to‘g‘ri bo‘lsada). Jahondagi ishlab chiqarish taraqqiyoti
shuni ko‘rsatadiki, ikkinchi jahon urushidan keyingi
yillarda oziq-ovqat ishlab
chiqarish hajmi jahon bo‘yicha oshib bormoqda.
Dostları ilə paylaş: