342
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan
oshirib yuborilsa
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga
to‘lovlari kamayishi mumkin.
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘prok mahsulot ishlab chiqarishni
ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak.
Jaxon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar
nisbatiga karab u yoki bu
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet
daromadida 90 foizga yakin bO‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti
mavjudligidan darak beradi.
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona
soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi
o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni
talab etadi.
Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat
idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo‘linishi asosida kelib
chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O‘zlarining bajaradigan
muhim vazifalaridan
kelib chiqib, O‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bO‘lishi kerak.
Respublika xukumati umumdavlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni
saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy
ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun
uning budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‘lishi shart. QQS, aksiz solihi, yuridik
shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar
respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki,
respublika budjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish
uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi- yu, ajratma etmasa subvensiya yoki
subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‘z manbalari (soliqlar i)
kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning xojati kolmaydi.
Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo‘ladi, budjetga tulanishi
lozim bo‘lgan to‘lovlardir.
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab
belgilanib, ularga
doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga
yakin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘likni saqlash,
madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi.
Lekin bu soliqlar va yig‘imlar ularning budjet Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi,
holos. Keyingi vaktlarda mahalliy budjetlar daromadlari salmog‘ini 50-60 foizga
343
etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy budjetlar daromadlarini
kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega
bo‘lgan mahalliy xukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin.
Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy
soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag‘at shu xududning budjetiga tushadi.
Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu budjetlarning
daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir.
Bu masalani yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek xududdan
respublika budjetiga
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig‘i va
boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o‘z xududlaridagi soliqlar to‘liq
undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat
budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning
iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: